Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
VOYAGA YETMAGAN ShAXSLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 10-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda) 13-moddasining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 122-modda:
birinchi qismidagi “uch yilgacha” degan soʻzlar “ikki yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻsha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 127-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining ruscha matnidagi “nesovershennoletnix” degan soʻz “nesovershennoletnego” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 34-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 1881-moddasi) sodir etgan boʻlsa, ish materiallari koʻrib chiqish uchun sudga topshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi moddalarda nazarda tutilgan qoʻshimcha jazo choralaridan biri qoʻshilishi mumkin”;
2) quyidagi mazmundagi 471 va 472-moddalar bilan toʻldirilsin:
“471-modda. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar berish —
mansabdor shaxsga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
472-modda. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzish
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat), farzandlikka berishda, ularga vasiylik (homiylik) belgilashda yoxud ularni yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tayinlangan tegishli davlat muassasasiga joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 188-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) quyidagi mazmundagi 1881-modda bilan toʻldirilsin:
“1881-modda. Voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish
Voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 245-moddaning birinchi qismi “47” raqamidan keyin “471, 472” raqamlari bilan, “187-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlardan keyin esa “188, 1881-moddalarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 246-moddadagi “188” raqami chiqarib tashlansin;
7) 247-moddadagi “47, 188-moddalarida” degan soʻzlar “47-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 248-moddaning:
birinchi qismidagi “188-moddasi (voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli ishlar bundan mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi 1-bandidagi “188” raqami chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda) 149-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Muassasalarning (maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganligidan xabardor boʻlgach, yetti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart. Vasiylik va homiylik organi bunday maʼlumotlarni olgan kundan eʼtiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramogʻidan mahrum boʻlganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal boʻlguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi shart.
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik, shuningdek bunday bolalarni joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan muassasalarning rahbarlari va organlarning mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”.
5-modda. Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 16-aprel,
OʻRQ-153-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 117-modda)