Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 11.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1789
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 11.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1789
Дата вступления в силу
21.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
URUGʻChILIK FERMER XOʻJALIKLARIDA YETIShTIRILGAN BOShOQLI DON EKINLARINING SUPERELITA VA ELITA URUGʻLARINI TOʻLIQ HAJMDA XARID QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-aprelda 1789-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-sentabrdagi PQ-693-son “2008-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilish toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 9-son, 461-modda) bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan Urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlarini toʻliq hajmda xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 24-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2/8-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 24-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 24-martdagi 2/8, 26-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlarini toʻliq hajmda xarid qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2008-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 13-sentabrdagi PQ-693-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 9-son, 461-modda) muvofiq urugʻchilik fermer xoʻjaliklarida boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlaridan yetishtirilgan urugʻlik donni toʻliq hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hamda qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik oʻrnini tovar don bilan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlaridan yetishtiriladigan urugʻlar hajmini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda kelgusi yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don ekinlari navlarining urugʻliklari hajmiga boʻlgan talabni, navlarni hududlar boʻyicha joylashtirilishini va undan olinadigan hosilning prognoz hajmlarini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshoqli don urugʻligi ekilgan maydonlarda ekilgan urugʻlik donni urugʻlik uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻiga asosan aprobatsiya oʻtkaziladi. Aprobatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, don mahsulotlari korxonalari hamda “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”ning joylardagi boʻlimlari xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan aprobatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Aprobatsiya komissiyalari tomonidan boshoqli don urugʻligi ekilgan maydonlarda oʻtkazilgan aprobatsiya natijalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining boshoqli don ekinlari urugʻlarini navlar boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi hosil yili boshida qabul qiladigan qarorlariga oʻrim-yigʻim mavsumi boshlanishidan kamida 15 kun oldin oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaror bilan tumanlar kesimida superelita va elita avlodli urugʻliklardan yetishtirilgan hosil toʻliq hajmda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan urugʻchilik fermer xoʻjaliklarining nomi va ular tomonidan davlat ehtiyojlariga sotiladigan qoʻshimcha urugʻlik don miqdori tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari urugʻligining hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilangan prognoz hajmlari doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining boshoqli don ekinlari urugʻlarini navlar boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi qarorlariga oʻzgartirish kiritilgandan keyin 10 kun muddatda urugʻchilik fermer xoʻjaliklari bilan qoʻshimcha sotib olinadigan boshoqli don urugʻligi uchun belgilangan tartibda alohida kontraktatsiya shartnomalari tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur kontraktatsiya shartnomasida urugʻchilik fermer xoʻjaligidan davlat ehtiyojlari uchun qoʻshimcha xarid qilinadigan urugʻlik don va uning oʻrniga qaytariladigan tovar don hajmi, sifati, sinfi, narxi, urugʻlik uchun ustama va hisob-kitob tartibi aniq aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aprobatsiya natijasida urugʻlik don ekilgan dalasi urugʻlik uchun yaroqsiz deb topilgan xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan boshoqli don belgilangan tartibda davlat resurslariga tovar don sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Boshoqli don ekinlarining superelita va elita urugʻlaridan yetishtiriladigan urugʻlarni toʻliq hajmda xarid qilish va ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining boshoqli don ekinlari urugʻlarini navlar boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi qarorlariga aprobatsiyadan keyin tegishli oʻzgartirishlar kiritilganidan soʻng 1 kun muddatda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmalariga, tumanlar hokimliklariga, don mahsulotlari korxonalariga, statistika organlariga maʼlumot va ijro uchun yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan xarid qilingan qoʻshimcha urugʻlik don hajmlari “Don xaridi toʻgʻrisida” (1-don shakl) statistik hisobotda alohida boʻlimda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Don xaridi toʻgʻrisida” (1-don shakl) statistik hisobotning alohida boʻlimida koʻrsatilgan, qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik don hajmiga teng miqdorda urugʻchilik fermer xoʻjaliklariga davlat resursi hisobidan tovar don qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik don uchun davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don hajmi Davlat statistika qoʻmitasining “Don xaridi toʻgʻrisida” (1-don shakl) statistik hisobot shaklida koʻrsatilgan qoʻshimcha urugʻlik don hajmidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Don mahsulotlari korxonalari boshoqli don hosilini qabul qilish mavsumi yakuni boʻyicha “Don xaridi toʻgʻrisida” (1-don shakl) statistik hisobot asosida qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik va uning oʻrniga qaytariladigan tovar don hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni urugʻchilik fermer xoʻjaliklari kesimida tayyorlaydi va umumlashtirib, 1-avgustdan kechiktirmasdan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi oʻzining tizimdagi korxonalaridan qabul qilingan maʼlumotlarga va “Don xaridi toʻgʻrisida” (1-don shakl) statistik hisobot shakliga asosan qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik don oʻrniga davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don hajmini aniqlab, 3-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining maʼlumotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan “Don xaridi toʻgʻrisida” (1-don shakl) statistik hisobot shakliga asosan urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik don oʻrniga davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don hajmlarini “Davlat resursidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanish balansi” loyihasiga kiritiladigan tovar don hajmlaridan chegirib tashlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha kontraktatsiya shartnomalariga asosan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilingan urugʻlik don oʻrniga davlat resursi hisobidan tovar don qaytarish toʻgʻrisidagi taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun 5-avgustgacha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga asosan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik don miqdoriga teng hajmdagi tovar donni davlat resursi hisobidan qaytarish boʻyicha tegishli hujjatlar (naryad)ni rasmiylashtirib, 1 kun muddatda tizimdagi tegishli don mahsulotlari korxonalariga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Don mahsulotlari korxonalari mazkur hujjatlar (naryad)ga muvofiq 7 kun mobaynida urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qilingan boshoqli don urugʻliklari oʻrniga davlat resursi hisobidan tovar don qaytarilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don miqdori qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik xomashyosidan olingan sof urugʻlikning hisobga olingan (konditsion) hajmiga teng boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Urugʻchilik fermer xoʻjaligidan qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik xomashyosini qayta ishlash natijasida olinadigan don chiqindisi toʻliq hajmda ulgurji sotish narxlarida mazkur fermer xoʻjaligiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qilingan boshoqli don ekinlarining urugʻligi uchun oʻzaro hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 22-son, 191-modda), “Urugʻlik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (2005-yil 29-iyul, roʻyxat raqami 1499 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 30-31-son, 237-modda) va “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotish boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (2007-yil 26-may, roʻyxat raqam 1684 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 22-son, 231-modda) asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qilingan boshoqli don ekinlari urugʻligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Boshoqli ekinlar donining xarid narxlari narxnomasi”dagi xarid narxlarida davlat resursi hisobidan tovar don qaytariladi va ular bilan don mahsulotlari korxonasi oʻrtasida hisob-kitoblar qayta koʻrib chiqilib, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Don mahsulotlari korxonalari urugʻchilik fermer xoʻjaliklaridan qoʻshimcha xarid qilingan boshoqli don ekinlari urugʻligi uchun qaytaradigan tovar donning xarid narxlaridagi qiymati bilan ulgurji sotish narxlaridagi qiymati oʻrtasida ijobiy (salbiy) farq “Don narxlari oʻrtasidagi farqni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom”ga (2007-yil 20-oktabr, roʻyxat raqami 1729 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 43-son, 434-modda) muvofiq yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Nazorat va javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizomda belgilangan tadbirlarni joylarda oʻz muddatlarida toʻliq bajarilishini taʼminlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va ularning joylardagi boʻlinmalari masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkaz”, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va ularning joylardagi boʻlinmalarining rahbarlari boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarda aprobatsiyani sifatli va haqqoniy oʻtkazilishiga, aprobatsiya natijalari boʻyicha xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlashga shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonalarining rahbarlari va bosh hisobchilari qoʻshimcha xarid qilingan urugʻlik don uchun hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 19-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 19-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi v.v.b. T. BOZOROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 115-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)