Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKIChLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 12 DEKABRDAGI PQ-744-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-yanvar,
16-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 267-qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 5-son, 19-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda)