Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.03.2007 yildagi 45-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“TARAQQIYOT YOʻLIDA OZIQ-OVQAT BILAN TAʼMINLASH” DASTURI DOIRASIDAGI SUV XOʻJALIGI LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetkazib berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma ishchi guruhining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihasini “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan grant mablagʻlari hisobiga ilovaga muvofiq moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Qoraqalpogʻiston Respublikasida Boʻston kanalini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-dekabrdagi 514-f-son farmoyishi bilan tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi masʼul bajaruvchilar bilan birgalikda ilovaga kiritilgan kapital qurilish obyektini 2007-yilgi qurilishlarning aniq manzilli roʻyxatlariga belgilangan tartibda kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda budjet tarkiblari boʻyicha iqtisodiy asoslash hisob-kitoblarini ishlab chiqsin hamda loyihani moliyalashtirishning yil va choraklarga boʻlingan jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin va loyihani amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga har chorakda axborot bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi doirasida amalga oshirish uchun ilgari nazarda tutilgan 800 mln. soʻm miqdorida moliyalashtirish doirasida, ustuvor suv xoʻjaligi loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma ishchi guruhining Oʻzbekistonga oid qismiga koʻrib chiqish uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda yangi takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilovaga kiritilgan loyihaning “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi boʻyicha tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun ochilgan Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini tekshirsin, mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda esa — loyihani moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻysin va moliyalashtirishni tiklash toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma ishchi guruhi majlisiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 7-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 7-martdagi 45-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqat bilan taʼminlash” dasturi doirasida moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning nomi ‎ Loyihaning maqsadi ‎ Moliyalashtirish summasi (mln. soʻm) ‎ Mablagʻlarni oʻzlashtirish muddati‎ Masʼul bajaruvchi‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Boʻston kanalini qurish ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlarining 100 ming gektar yerlarini sugʻorish uchun Tuyamoʻyin suv omboridan kafolatlangan suv berish, irrigatsiya tizimlarini saqlash xarajatlarini kamaytirish ‎ 1000,0 ‎ 2007-yil ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

Jami: ‎‎‎

1000,0‎