Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024 19.11.1991 yildagi 425-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy mulkini oʻzgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi.
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
(1-bandning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirish — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qoʻshib olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish.
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy mulki obyektlari toʻliq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.
(4-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
(4-modda 2-bandining 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
(4-moddaning 2-bandi 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamgʻarmalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) pul muomalasi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qogʻozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta toʻlovi belgilarini ishlab chiqarishni taʼminlovchi korxonalar va tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk);
(4-modda 2-bandining 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni koʻmish, uran va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;
(4-modda 2-bandining 8-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar, shuningdek tigʻ qurol (sovgʻa tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) kuchli taʼsir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar boʻlgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Oʻzbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini oʻrnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) portlash xavfi boʻlgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari;
(4-modda 2-bandining 14-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi OʻRQ-281-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 15-son, 147-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) qabristonlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari jumlasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq boshqa obyektlar ham kiritilishi mumkin.
(4-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 3-apreldagi OʻRQ-27-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 109-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) asosiy fondlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq boʻlgan korxonalar;
(4-modda 3-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilgʻi-energetika, konchilik (shu jumladan portlovchi moddalarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan), mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va koʻmir qazib chiqarish, quduqlar burgʻulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari;
(4-modda 3-bandining 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kimyo korxonalari (gerbitsidlar, mineral oʻgʻitlar, sintetik tolalar, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) matbaa korxonalari va nashriyotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) axborot va telegraf agentliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) tavakkalchilik xavfi yuqori boʻlgan obyektlar hamda ichki va tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari (ushbu moddaning 2-bandi 12-kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan obyektlar bundan mustasno) qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 13-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 14-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik, gaz taʼminoti, vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaligi;
(4-moddaning 3-bandi 15-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) temir yoʻl, havo va daryo transportida yoʻlovchilar hamda yuklar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 17-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlari, shuningdek umumtaʼlim muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat ilmiy markazlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) davlat naslchilik xoʻjaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, urugʻchilik va seleksiya stansiyalari, davlat urugʻchilik inspeksiyalari va qishloq xoʻjalik ekinlarining texnologik sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) pochta aloqasi korxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) oʻrmon xoʻjaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya, gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning axborot markazlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) sanoatning qattiq chiqindilari va roʻzgʻor chiqindilari koʻmiladigan maydonlar, binolar, inshootlar va koʻmish uchun kerakli uskunalar, chorva mollar koʻmiladigan joylar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar;
(4-moddaning 3-bandi 24-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat sanatoriy-kurort xoʻjaliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) kinolashtirish va konsert-tomosha koʻrsatish muassasalarining korxonalari, shuningdek axborot-kutubxona muassasalari va oʻquv zallari;
(4-moddaning 3-bandi 26-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) sogʻliqni saqlash muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28) davlat veterinariya xizmati, oʻsimliklarni himoya qilish xizmati korxonalari va muassasalari;
(4-modda 3-bandining 28-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29) nogironligi boʻlgan shaxslar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya etilmagan boshqa toifalari qarovda boʻladigan uylar va internatlar;
(4-modda 3-bandining 29-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30) bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning sogʻlomlashtirish muassasalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 31-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 3-apreldagi OʻRQ-27-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida mulkni oluvchi subyektlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chogʻida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajnabiy yuridik shaxslar ommaviy mulkni sotib oluvchi subyektlar boʻlishi mumkin.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari, xususiylashtirilayotgan korxonalarning (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonasini xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
(6-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlari, ularning aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilanadigan tartib boʻyicha sotib oladilar.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan qaror qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining respublika mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi.
(7-moddaning 1-bandi birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Munitsipal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday qarorlarni qabul qilishga huquq berilgan idoralar matnda bundan keyin ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar deb yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (munitsipal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(7-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari, mehnat jamoalari, ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtma ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
(7-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni oʻtkazish yoki unday qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab oʻn kun ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi.
(7-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
basharti, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan shartlar va muddatlarni koʻrsatmogʻi zarur.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda hal etishni oʻz ichiga oladi.
(8-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar komissiyalar tuzadi, bu komissiyalar barcha zarur ishlarni olib boradilar. Komissiya tarkibiga ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilarning, maʼmuriyatning, korxona mehnat jamoasining, jamoat tashkilotlarining, moliya idorasining, bankning, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining vakillari, boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablagʻi hisobidan pul toʻlash sharti bilan ishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya korxona maʼmuriyati bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona toʻgʻrisida davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(8-modda 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarishni yoki xususiylashtirishni oʻtkazish muddatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning qiymatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonani qayta tashkil etishning zarurat boʻlganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitoblarning tavsiya etiladigan shakl va muddatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytdagi bozorning joriy konyunkturasi va obyektning qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi obyektiv omillar majmui hisobga olinishi lozim.
(9-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ommaviy mulk obyekti qiymatining dastlabki bahosi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(9-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Davlat korxonasining ijaraga olingan mol-mulkini sotib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijarachi ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan mol-mulkini (toʻliq yoki qisman) sotib olishi mumkin.
(10-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat korxonasini xoʻjalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(12-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) boʻlishlari mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari.
(12-modda 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Ommaviy mulk obyektini tanlov boʻyicha sotib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ommaviy mulk obyektlari tanlov boʻyicha sotilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlovni oʻtkazish shartlari, tartibi va muddatini ommaviy mulk obyektlarini tegishli tasarruf etuvchi tayinlaydigan tanlov komissiyasi belgilaydi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Ommaviy mulk obyektini kim oshdi savdosida sotish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarni kim oshdi savdosida sotishga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi.
(14-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt respublika yoki munitsipal mulk boʻlib turadi. Bunday hollarda mulk obyektlarini tasarruf etuvchi korxonani tugatib, uning mol-mulkini boʻlak-boʻlak qilib sotib borish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Bitimlarni rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Davlat bojining miqdori va uni toʻlash tartibi qonunda belgilanadi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat korxonalari haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan taqdirda mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order haqning birinchi badali toʻlangach beriladi. Korxonaning qiymati butunlay toʻlab boʻlingunga qadar ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi mol-mulkni tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyishi, shu jumladan ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligisiz bu mulkni sotishni va tekinga berishni taqiqlab qoʻyishi mumkin
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mablagʻlar manbai
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi mablagʻlar mol-mulkni sotib olish uchun manba boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablagʻlari, davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning oʻz mablagʻlari, kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablagʻlar.
(16-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining aʼzolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof foydaning mehnat jamoasi aʼzolari mulki boʻlgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki boʻlgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kreditlari va oʻzga qarz mablagʻlari,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoasi aʼzolarining shaxsiy mablagʻlari,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasining va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarning ommaviy mulki hisoblanadi.
(17-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus fondlarida jamlanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlarining oʻzaro majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi bilan yangi mulkdor oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar hamda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyekt faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:
(18-moddaning 1-bandi birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan davrgacha korxona ixtisosini, ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joylarini saqlab qolish yoki oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotni maʼlum isteʼmolchilarga yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-maishiy obyektlarni saqlash, ularning ishlash sharoitlarini saqlab qolish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni ijtimoiy-maishiy taʼminlashning oʻziga xos jihatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzga majburiyatlar haqida muayyan davrga moʻljallangan bitim tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bitimning shartlari korxonani davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga tayyorlash davrida belgilanadi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlariga sotilajak narx bilan birga maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalarning xodimlariga beriladigan yengilliklar va kafolatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilayotganda va xususiylashtirilayotganda mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga hamda korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasining aʼzolariga aksiyalar va boshqa mulk boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali sotilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish chogʻida mehnat jamoasining aʼzolari, ular tomonidan tuzilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar boshqa sharoitlari teng boʻlganida oʻzga fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga nisbatan ustuvor huquqqa ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qoʻshilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oqibatida qayta tuzilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq soliq toʻlashda yengilliklar berilishi mumkin.
(19-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining aʼzolariga quyidagi kafolatlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirilayotgan davrda korxona maʼmuriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egalik huquqi yangi mulkdorga oʻtgan kundan boshlab olti oy davomida mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi oʻrtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Boʻshatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi hamda ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari ustidan davlat nazoratini, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqishi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslarni hal etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslar sud tartibida hal etiladi.
(8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 va 22-moddalarining raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga muvofiq 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-moddalarga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 19-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
425-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 43-modda; 1993-y., 5-son, 236-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 109-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 15-son, 147-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)