Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 07.11.2007 yildagi PQ-726-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BANK TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA BOʻSH PUL MABLAGʻLARINI BANK AYLANMASIGA JALB ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etib oʻtilsinki, mustaqillik yillari mobaynida bank tizimini izchil va aniq maqsad yoʻlida isloh qilish banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi rolini kuchaytirishga, ularning kapitallashuv darajasini oshirishga, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash koʻlamlarini kengaytirishga hamda koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmlari oshib bormoqda, aholiga, shu jumladan yosh oilalarga ipoteka va isteʼmol kreditlari berish miqyoslari tobora kengaymoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000-yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar koʻpaydi. Aholining omonat qoʻyilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablagʻlarining tushumlari — 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sektoriga kredit qoʻyilmalari — 5 baravar koʻpaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yoʻq, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda oʻz kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablagʻlar toʻsiqsiz va toʻliq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank va tijorat banklari, soliq organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan bankdan tashqari aylanmani qisqartirish hamda naqd pullarni bank kassalariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, tijorat banklarining raqobatdoshligi, moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, jumladan oziq-ovqat (dehqon) bozorlaridagi naqd pullarni bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar koʻlamini kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga yanada jalb qilish va naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining oʻsishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish boʻyicha ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini har chorakda oʻz majlislarida koʻrib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1397-sonli qaroriga muvofiq 2011-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan tijorat banklari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Bunda tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirishga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va sugʻurta kompaniyalariga bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-maydagi PQ-1965-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 250-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank muassasalari, shu jumladan mini-banklar, maxsus kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmoqlarini oziq-ovqat (dehqon) bozorlari hududlarida joylashtirgan holda kengaytirish hamda dam olish va bayram kunlarida belgilangan tartibda ishlashini majburiy taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini jamgʻarma hamda muddatli depozitlarga, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan boʻsh pul mablagʻlarni omonatchilarga mablagʻ saqlanadigan har bir kuni uchun foizli daromad qoʻshgan holda vaqtincha saqlashga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari, savdo-xarid firmalari va boshqa kichik biznes hamda tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish va mikromoliya, shuningdek oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha xizmat koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va tijorat banklari bir oy muddatda hududlar doirasida har bir tushum manbalari boʻyicha pul oqimining oʻzgarishi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumini toʻliq topshirgani va topshirishdan boʻyin tovlagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz aksini topishi taʼminlangan tezkor axborotni kundalik ayirboshlashning umumrespublika yagona elektron tarmogʻini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab 3 yil muddatga:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1199-sonli Qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2009-y., 41-son, 441-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika inkassatsiya birlashmasi — boʻshaydigan mablagʻlarni inkassatsiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan qoʻshilgan qiymat soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-726-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 454-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2009-y., 41-son, 441-modda; 2010-y., 35-36-son, 302-modda; 2013-y., 20-son, 250-modda)