O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA FAOLIYAT KO‘RSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT BOJI MIQDORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA” 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2010 YILGAChA BO‘LGAN DAVRDA XIZMAT KO‘RSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 21 MAYDAGI PQ-640-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2010-yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-iyul,
137-son
Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Qarorga ilovaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish | 85 |
| Loyihalash | 15 |
| Qurish | 15 |
| Foydalanish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) | 30 |
| Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish | 1 |
| Xizmatlar ko‘rsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) | 30 |
| Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish | 1 |
| | |
| Shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish | 430 |
| Loyihalash | 30 |
| Qurish | 60 |
| Foydalanish | 150 |
| Xizmatlar ko‘rsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) | 200 |
| Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish | 5 |
| | |
| Xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish | 1900 |
| Loyihalash | 200 |
| Qurish | 400 |
| Foydalanish | 500 |
| Xizmatlar ko‘rsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) | 800 |
| Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish | 10 |
| | |
| Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish (litsenziya amal qilishining barcha davriga) | 200 |
| Loyihalash | 10 |
| Qurish | 20 |
| Foydalanish | 30 |
| Xizmatlar ko‘rsatish: | |
| operatorlar va provayderlar tomonidan | 150 |
| umumiy foydalanish punktlari tomonidan (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) | 10 |
| qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy foydalanish punktlari tomonidan | 1” |
2. Ilovaning izohiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish sohasi kichik tadbirkorlik subyektlariga:
qishloq joylardagi hajmi 2048 nomerdan ortiq bo‘lgan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
qishloq joylarda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya davlat boji undirmasdan beriladi;
qishloq joylarda xalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar davlat boji undirmasdan beriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 27-28-son, 286-modda)