Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQ XOʻJALIGIDA LIZING XIZMATLARINI YANADA KENGAYTIRISH HAMDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI QISHLOQ XOʻJALIGI TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qishloq xoʻjaligini lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan keng jihozlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati fermer xoʻjaliklarini, shu jumladan oʻz faoliyatini meliorativ jihatdan noqulay boʻlgan yerlarda amalga oshirayotgan fermer xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi)ni mashina-traktor parklariga va fermer xoʻjaliklariga lizing asosida yetkazib berish boʻyicha oʻtkazilayotgan eksperiment muddati 2015-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklari respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MCHJdan va tijorat banklaridan 10 yilgacha muddatga lizingga olishga haqlidirlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-iyun,
123-son
Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilansinki, 2001—2014-yillar mobaynida, eksperiment tariqasida, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi (traktorlar va oʻrim-yigʻim texnikasi) mashina-traktor parklariga, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xoʻjaliklariga ularni quyidagi shartlarda lizingga berish yoʻli bilan yetkazib beriladi”.
2. 5-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lizing muddati 7 yildan iborat boʻlishini nazarda tutsin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish hollari bundan mustasno, ular uchun lizing muddati 10 yilgacha belgilanadi”.
3. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga olish tartibi (1-ilova) 9-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing boʻyicha foizlarni 7 yil mobaynida toʻlaydilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklariga lizingga berish hollari bundan mustasno, ular uchun koʻrsatib oʻtilgan muddat 10 yilgacha belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 262-modda; 2008-y., 10-11-son, 62-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda)