Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 12.06.2007 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTRON TIJORATNI AMALGA OShIRIShDA TOʻLOVLARNI OʻTKAZIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chakana savdoda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimlarini yanada takomillashtirish Tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 12-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 12-iyundagi 120-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimlarini yanada takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirlari rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Tadbirlar‎

Amalga oshirish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Masʼul bajaruvchilar‎

1.‎

Tanlov asosida ishlab chiqilgan mamlakatimiz dasturiy mahsulotlari asosida milliy valyutaga bogʻlangan internet-doʻkonlardan foydalangan holda elektron toʻlov tizimini rivojlantirish boʻyicha boshlangʻich loyihani joriy etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. ‎

Chora-tadbirlar kompleksi‎

2007-yil III-IV chorak ‎

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati, mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar‎

2.‎

Pul mablagʻlarini aniq vaqt rejimida masofadan boshqarishning faol tizimlarida, shu jumladan Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish. ‎

Normativ hujjat‎

2007-yil IV chorak ‎

Markaziy bank, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎

3.‎

Internet tarmogʻida elektron toʻlovlarni oʻtkazish uchun elektron tijorat qatnashchilari oʻrtasida bank maʼlumotlari va boshqa moliyaviy maʼlumotlarni oʻzaro ayirboshlashda standartlar va talablarni ishlab chiqish. ‎

Normativ hujjat‎

2007-yil IV chorak ‎

Markaziy bank, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizl�k xizmati, “Oʻzstandart” agentligi‎

4.‎

Elektron tijoratni amalga oshirayotgan chakana savdo korxonalarini soliqqa tortish va hisobga olish tartibini ishlab chiqish. ‎

Normativ hujjat‎

2007-yil IV chorak ‎

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi‎

5.‎

Bank hisob raqamlarini masofadan boshqarish tizimlarini (Internet-bankning, mobil bank va boshqalarni) joriy etish. ‎

Chora-tadbirlar kompleksi‎

2008-yil I-II chorak ‎

Markaziy bank, tijorat banklari‎

6.‎

Bank kartalari asosida naqdinasiz hisob-kitoblar tizimlarini yanada rivojlantirish.‎

Chora-tadbirlar kompleksi‎

doimiy ravishda‎

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari‎

7.‎

Banklararo “Uzkart” toʻlov tizimi doirasida Internet tarmogʻi orqali bank toʻlov kartalari bilan haq toʻlash texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.‎

Tijorat banklari va chakana savdo korxonalari uchun Internet tarmogʻida elektron tijorat asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirishning maxsus dasturiy taʼminoti‎

2008-yil I-II chorak ‎

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎

8.‎

Budjet tashkilotlarining elektron tijoratda qoʻllaniladigan shartnomalari (kontraktlari)ni Gʻaznachilikda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tartib-qoidalarini ishlab chiqish.‎

Chora-tadbirlar kompleksi‎

2008-yil I-II chorak ‎

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎

9.‎

Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi sharoitlarida savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda budjet tashkilotlari xarajatlari toʻlovini oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish hamda Gʻaznachilikda va budjet tashkilotlarida amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini taʼminlash.‎

Chora-tadbirlar kompleksi‎

2008-yil I-II chorak ‎

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank‎

10.‎

Import-eksport kontraktlarini hisobga qoʻyish, shuningdek bitishuvlarni elektron tijorat asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish. ‎

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi‎

2008-yil II chorak ‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 251-modda)