Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Qarori
TIJORAT BANKLARIDA KASSA IShINI TAShKIL ETISh, INKASSATSIYA VA BOYLIKLARNI TAShIShGA DOIR YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 29-martda 1263-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir Yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1831-son, 27.06.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va boyliklarni tashishga doir Yoʻriqnomaga (2003-yil 1-avgust, roʻyxat raqami 1263) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-mart,
3-A/3-son