Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“BANKLARNI ROʻYXATGA OLISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 21-iyulda 630-9-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2014, 08.10.2009-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 17-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-sonli “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-sonli “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 2-ilovasi 4-boʻlimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-iyul,
15/3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 220-modda)