Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.04.2007 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007—2011 YILLARDA PAXTA TOZALASh SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA VA REKONSTRUKSIYA QILISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tozalash sanoatini izchil va barqaror rivojlantirish, tarmoq korxonalarida zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali va oqilona foydalanish darajasini oshirish, jahon paxta bozorida raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining, shuningdek korxonalar aksiyadorlarining eskirgan, jismoniy va maʼnaviy jihatdan ishdan chiqqan asbob-uskunalar bilan jihozlangan, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past boʻlgan, shuningdek yirik shaharlarda joylashgan 1-ilovaga* muvofiq 30 ta paxta tozalash korxonasini 2007-yil 1-avgustgacha tugatish, bunda tayyorlov punktlarining mavjud tarmogʻini saqlab qolish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007—2011-yillarda paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi har yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, tijorat banklarining 2007—2011-yillarda paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini manbalar boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamida jamlanadigan, sotilgan paxtani qayta ishlash mahsulotlari qiymatining bir foizi miqdoridagi mablagʻlar hisobiga, shuningdek “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobiga moliyalashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin. Mablagʻlarni jamlash va ulardan foydalanish tartibi sxemaga (3-ilova*) muvofiq belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modernizatsiya qilinadigan paxta tozalash korxonalarining sof foyda shaklidagi oʻz mablagʻlari va hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining jami summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklarining kreditlari hisobiga moliyalashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamida jamlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamida jamlanadigan mablagʻlardan korxonalarning oʻz mablagʻlaridan foydalanish hisobga olingan holda, modernizatsiya qilinayotgan korxonalarga asbob-uskunalar yetkazib berilishi uchun avans toʻlash va faqat buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qabul qilish dalolatnomalari asosida amalda bajarilgan ish hajmi uchun hisob-kitob qilish uchun bosqichma-bosqich moliyalashtiriladigan tartib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamidan modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun paxta tozalash sanoati korxonalariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi hamda soliqlar va soliq boʻlmagan majburiy toʻlovlar hisoblanadigan bazaga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamidan paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzyengilsanoatloyiha” instituti — paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning bosh loyihalovchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari loyihalarning bosh buyurtmachilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining “Paxta tozalash IIChB” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi — paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ustidan texnik nazoratni amalga oshiruvchi tashkilot etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi pudrat tashkilotlarining belgilangan tartibda tanlov (tender) asosida aniqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha barcha loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligida ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazishda ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishga, birinchi navbatda, korxonalarning texnik paxta chigiti tejalishini, sifatli, raqobatga bardoshli paxta mahsulotlari ishlab chiqarilishini taʼminlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, paxta tozalash sanoati korxonalari uchun chetdan keltiriladigan 4-ilovaga* muvofiq texnologik, yordamchi va transport asbob-uskunalari, shuningdek ehtiyot qismlar va sarflash materiallari 2007—2011-yillar davrida bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga muvofiq tugatilayotgan korxonalarning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini kompleks xatlovdan oʻtkazsin va baholasin hamda xatlov yakunlariga koʻra ularning balansida boʻlgan binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni tanlov savdolarida sotish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil hosili paxta xomashyosini qayta ishlash tugallangandan keyin paxta tozalash korxonalarining va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav fondlarini va aksiyalari paketlarini belgilangan tartibda tarkibiy oʻzgartirsin, bunda tugatilayotgan korxonalar tayyorlov punktlarining yaqin joydagi paxta zavodlari balansiga berilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi 2007-yil 1-iyulgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, tayyorlov punktlari va paxta zavodlarini joylashtirishning yangi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi past rentabelli paxta tozalash korxonalarini tugatish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni kelgusida ishga joylashtirish boʻyicha bir oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturda belgilangan loyihalarni amalga oshirishni kiritishni nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 3-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 143-modda)