Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 07.10.2005 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“TARAQQIYOT UCHUN OZIQ-OVQATLAR” DASTURI DOIRASIDA QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI SOHASIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotini sotishdan tushayotgan grant mablagʻlari hisobiga ilovaga muvofiq qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ilovada nazarda tutilgan kapital qurilish obyektlarini belgilangan tartibda 2005-yil uchun qurilishlarning aniq roʻyxatiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihada koʻrsatilgan ustuvor loyihalar Moliya vazirligining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha tushayotgan mablagʻlarni jamlash uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi boʻyicha olingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin va loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hamda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 7-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223-son

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
7-oktabrdagi 223-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi doirasida qishloq
va suv xoʻjaligi sohasida moliyalashtiriladigan ustuvor
LOYIHALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Loyihaning nomi‎

Qiymati mln.soʻm ‎

Bajaruvchilar‎

1.‎ Namangan viloyatida Rezaksoy
‎suv ombori qurilishi‎
4300,0‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi‎
2.‎ Aviatsiya va koinot orqali qishloq
‎xoʻjaligi monitoringi olib
‎borilishini tashkil etish‎
400,0‎ “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi‎
Hammasi:‎ 4700,0‎