OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI TOMONIDAN YaLPI DAROMAD SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 16-martda 1260-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining “Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli (roʻyxat raqami 1667-son, 28.03.2007-y.) qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76, 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 21-iyul, roʻyxat raqami 1260 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda; 41-42-son, 322-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
12-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-19-son
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
oʻninchi bandda “chakana va (yoki) ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ruxsat guvohnomasiga ega boʻlishlari lozim” soʻzlari “olingan” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi xatboshlari bilan toʻldirilsin:
alkagolli ichimliklar hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdoni amalga oshirganda — chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasiga;
ulgurji savdo bilan shugʻullanganda — ulgurji savdo qilish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlishlari lozim.”.
2. 3-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ayrim turlardagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim;”.
3. 7-bandda:
quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni xarid qiymatidan past narxlarda sotilganda, shuningdek, tovarlarni begʻaraz berishda soliq solish maqsadlarida sotish qiymati tovarlarning xarid qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;”.
uchinchi—beshinchi xatboshlari tegishlicha toʻrtinchi—oltinchi xatboshlar deb hisoblansin.
4. 8-bandda:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat subsidiyalari summasi;”
quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“dividendlar shaklida olingan va mazkur dividendlar olingan korxonalar ustav kapitaliga (fondiga) yoʻnaltirilgan daromadlar;”.
5. 13-banddagi “15 kunidan” soʻzlaridan keyin “yil yakuni boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. 4-son ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
tomonidan yalpi daromad soligʻini
hisoblab chiqarish va toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirish va
qoʻshimchalarga
ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari tomonidan yalpi daromad
soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
tomonidan yalpi daromad soligʻini
hisoblab chiqarish va toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirish va
qoʻshimchalarga
ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari tomonidan yalpi daromad
soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
| Korxona shtampi __________________________________________ Davlat soliq inspeksiyasiga ____________________________________ boʻyicha | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(korxonaning toʻliq nomi) |
| | | | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||
| STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| XXTUT | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
yalpi daromad soligʻining
yalpi daromad soligʻining
HISOB-KITOBI
| | | | | | | |
| | | | |
(ming soʻm) | ||
| № |
|
Summa | ||||
|
hisobot yilidan boshlab |
hisobot choragi uchun |
shu jumladan | ||||
|
1-oy |
2-oy |
3-oy | ||||
|
1 |
Soliq solinadigan yalpi daromad — jami | | | | | |
| shu jumladan: | | | | | | |
|
1.1 |
belgilangan stavka boʻyicha soliqqa tortiladigan | | | | | |
|
1.2 |
plastik kartalardan foydalanganlik uchun imtiyozli stavka boʻyicha soliqqa tortiladigan |
| | | | |
|
2 |
Yalpi daromad soligʻining belgilangan stavkasi, foizda | | | | | |
|
3 |
Plastik kartalardan foydalanganlik uchun olingan tovar aylanmasiga bogʻliq holda yalpi daromadga tuzatilgan soliq stavkasi, foizda (2-satr – (2-satr x 20 / 100)) |
| | | | |
|
4. |
Hisobot davri uchun yalpi daromad soligʻi — jami: | | | | | |
|
4.1 |
belgilangan stavka boʻyicha (1.1-satr x 2-satr / 100) | | | | | |
| 4.2 | plastik kartalardan foydalanganlik uchun imtiyozli stavka boʻyicha (1.2-satr x 3-satr / 100) |
| | | | |
|
5 |
Oldingi hisob-kitob boʻy�cha hisoblangan yalpi daromad soligʻi |
| | | | |
|
6 |
Budjetga toʻlash lozim boʻlgan yalpi daromad soligʻi summasi (4-satr – 5-satr) |
| | | | |
| | | | | | | |
| | Korxona rahbari |
__________________ |
_______________________ | |||
| | |
(imzo) |
(F.I.Sh.) | |||
| | Bosh buxgalter |
_________________ |
__________________________ | |||
| | (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) |
_________________ |
__________________________ | |||
| |
|
| | | | |
| | M.Oʻ. | | | | | |
| | Soliq inspektorining belgisi ______________________________________________________ ________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________ | |||||
| | Qabul qildim |
_________________ |
_______________________ | |||
| |
|
(imzo) |
(F.I.Sh.) | |||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 96-modda, 2007-y., 13-son, 127-modda)