LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-sonli qarorini amalga oshirish hamda mamlakatning axborot-telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Xitoy Taraqqiyot Banki va “Huawei Technologies Co. Ltd” (XXR) kompaniyasi bilan birgalikda lizing asosida, umumiy qiymati 21 283,70 ming AQSh dollari miqdoriga teng, 1-ilovaga* muvofiq loyihaning tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish” to‘g‘risidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
maxsus komissiya tomonidan, joyiga borib uskunalarning sifat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish sharoitlari o‘rganib chiqildi va xarid qilinadigan uskunalarning yuqori texnologik darajasi, texnik xarakteristikasi xalqaro norma va standartlarga muvofiqligi qayd etildi;
maxsus komissiya xulosalari asosida “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan belgilangan tartibda “Huawei Technologies Co. Ltd” (XXR) kompaniyasi bilan uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha besh lotdan iborat 18 313,52 ming AQSh dollari miqdorida, keyinchalik “O‘zbektelekom” AKga lizingga berish uchun shartnoma imzolandi;
“Aloqabank” ATBga berilgan to‘lash muddati 8 yil bo‘lgan, Xitoy Taraqqiyot Banki krediti hisobidan — shartnomaning 85 foizi 15 566, 49 ming AQSh dollari miqdorida;
“Aloqabank” ATBning shaxsiy mablag‘lari hisobidan — shartnomaning 15 foizi 2 747, 03 ming AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish belgilansin.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi, asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan 2-ilovaga* muvofiq;
“Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankiga beriladigan Xitoy Taraqqiyot Banki kreditini to‘lash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Xitoy Taraqqiyot Banki tomonidan berilgan asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash, lizing shartnomasiga muvofiq “O‘zbektelekom” AKdan tushadigan “Aloqabank” ATBning lizing to‘lovlari hisobidan amalga oshiriladi;
lizing va u bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha mazkur qarorning 1-ilovasiga* kiritilgan boshqa xarajatlar, “O‘zbektelekom” AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xitoy Taraqqiyot Bankini — O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirilib olinadigan foyda solig‘i;
(6-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
“Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankini — import qilinadigan uskunalar va materiallar bo‘yicha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.