Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2022 13.01.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 390
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLAYMAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bojxona qoʻmitasi

raisi oʻrinbosari
S. Aripov

10.12.1997-y.

05/8-374-son

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KELINADIGAN TOVARLARNING BOJXONA QIYMATINI BELGILASh BOʻYIChA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻriqnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 18-apreldagi 8/02-22-9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 390-4, 27.04.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.11. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlanishi xalqaro amaliyotda foydalaniladigan umumiy tamoyillarga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Tovarning bojxona qiymati deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan keltirilgan usullariga binoan maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli toʻgʻri tanlanganligi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 319-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxira usul.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli (bundan buyon matnda 1-usul deb yuritiladi) olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu Yoʻriqnomaning 2.1-bandining uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. 1-usul qiymatli negizga ega boʻlgan tashqi savdo bitimlariga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Aynan bir xil va oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha usullar (bundan buyon matnda 2 va 3-usullar deb yuritiladi) ilgari 1-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga doir bitim qiymatidan bojxona qiymatini belgilash uchun asos qilib olinadigan baza sifatida foydalanishga asoslangan. Bunda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan amalda mavjud boʻlgan tashqi savdo bitimlarining narxi va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan maʼlumotlarni qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari (bundan buyon matnda 4 va 5-usullar deb yuritiladi) bojxona qiymatini hisob-kitob qilishning prinsipial jihatdan boshqacha negizini nazarda tutadi: 4-usul tovarlarning dastlabki holati oʻzgarmagan holatda (yoki qayta ishlangan holatda, agar qayta ishlanganlik holati tovarlarning narxiga taʼsirini aniqlash mumkin boʻlsa) sotiladigan narxga asoslanadi; 5-usul tovar eksporter mamlakatda ishlab chiqarish va olib chiqish uchun ketgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarga asoslanadi. Mazkur usullarning qoʻllanilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish muayyan qiyinchiliklar bilan bogʻliq boʻlganligi sababli ularning qoʻllanilishi ketma-ketligi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Zaxira usuli (bundan buyon matnda 6-usul deb yuritiladi) bundan oldingi usullardan hech birini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlmaganda qoʻllaniladi. Ushbu usul boʻyicha bojxona qiymati bojxona organlarida mavjud boʻlgan narx maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Bojxona organlari BQDda mavjud boʻlgan axborotlarni yigʻish, umumlashtirish va tizimlashtirilishini, shuningdek, ushbu axborotlarni oʻzaro almashinuvini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona organi tovarning bojxona qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydigan boʻlsa, u 1 — 5-usullarning shartlarini qoʻllashda bir muncha qayishqoqlikni nazarda tutuvchi 6-usuldan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tovarning bojxona qiymatini 1-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. 1-usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, yaʼni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan paytda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Yoʻriqnomaning 3.9 va 3.91-bandlari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. 1-usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlsa, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar mustasno;
(3.2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa, bundan ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga taʼsir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Sotib oluvchining olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud boʻlganda 1-usul qoʻllanilmaydi. Shu sababli 1-usulning qoʻllanilishiga imkon bermaydigan cheklovlarni va ushbu usulning qoʻllanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarni aniq farqlay bilish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotib oluvchining baholanayotgan tovarga doir huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlganda ham 1-usulning qoʻllanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarning faqat uchta turi belgilangan:
(3.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar. Bunda quyidagi tarzdagi cheklovlar nazarda tutiladi, masalan, muayyan tovarni import qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklovlar va hokazo. Jumladan, yadroviy, kimyoviy, zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qatʼiy cheklangan doiradagi shaxslarga ruxsat etiladi;
(3.3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovarlar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar. Bunda tovarning qayta sotilishi boʻyicha alohida shaxslar uchun hududiy cheklovlar nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi tovarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzining sotuvchilariga sotadi va barcha hududni ularning har birida alohida sotuvchisi boʻlgan 10 ta qismga boʻladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi toʻgʻrisidagi shart qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar. Agar narxga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan shart mavjudligi haqida maʼlum qilinsa, unda 1-usulning qoʻllanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy oʻzgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin boʻladi. Agar narxga miqdoriy taʼsir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin boʻlmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi tibbiy jihozni sotib oluvchiga undan Oʻzbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi degan shart bilan sotadi. Bunda 1-usul qoʻllanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qoʻllanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Cheklovlarning 1-usuldan foydalanish imkoniyatiga taʼsir koʻrsatishi nuqtai nazaridan olganda, bunday cheklovlarni baholashdagi asosiy mezon u yoki bu shartning bitim qiymatiga taʼsir koʻrsatish darajasidir. Cheklov bitim narxiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan holda u 1-usuldan foydalanishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sotib oluvchi huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud boʻlsa, unda 1-usul qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. 1-usul qiymat asosiga ega boʻlmagan tashqi savdo bitimlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas. Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarning bepul yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi sotib oluvchiga namuna sifatida 5 ta kresloni yetkazib berdi. Mazkur holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, yetkazib beruvchi oʻz agentiga bir turkum kartoshka mahsulotini yetkazib beruvchi uchun qulayroq shartlarda sotish uchun yetkazib beradi. Ushub holatda agent kartoshka mahsulotini sotib olmaydi, yaʼni uning egasiga aylanmaydi; kartoshka mahsulotini sotishdan koʻrilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi toʻlanishi hisobga olingan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovarning vositachiga sotilmasdan vositachi orqali yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, yuridik shaxs boʻlgan kompaniya Belgiyada joylashgan va Toshkentda oʻz nomidan faoliyat yuritmaydigan oʻz filialiga ega. Ular oʻrtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tovarlarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi koʻrsatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) boʻyicha yetkazib berilishi. Mazkur holatda tovarga mulkchilik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga oʻtmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovarni muayyan vaqtdan soʻng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tovarlarning vaqtincha olib kirish maqsadida yetkazib berilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, mulkdor (yetkazib beruvchi) tomonidan muayyan vaqtdan soʻng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan mashinani isteʼmolchiga vaqtincha olib kirish shartlarida yetkazib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga yetkazib berilishi. Etkazib berilgan uskuna uchun kafolat muddati davomida alohida mexanizmlari ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Bitimning tuzilishida, agar baholanadigan tovarlar qiymatini aniqlashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga toʻsqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan boʻlsa, bunday holatda 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas. Quyidagilar mana shunday shartlarga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni sotib oluvchi, shuningdek, muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx koʻrsatilmagan holda sotib oladi degan shart asosida belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari yetkazib berilyapti. Etkazib beruvchi import qiluvchining qiymati nomaʼlum boʻlgan 2 ming juft poyabzalni ham qoʻshimcha ravishda sotib olishini shart qilib qoʻyadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinadigan tovarlarning narxi mana shunday tovarlar sotib oluvchining import qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, sotuvchi 1000 pul birligi summasidagi elektr tovarlarini sotyapti. Sotib oluvchi esa ushbu sotuvchiga bunday tovarlarni ishlab chiqarish uchun releni sotyapti. Bunda sotuvchi relening narxini — 10000 pul birligi degan shartni qoʻyadi. Shunday qilib, elektr uskunalari narxi rele narxining taʼsiri “sinovidan oʻtadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi boʻlmagan haq toʻlash shakli asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, import qilinadigan tovarlar sotuvchi tayyor mahsulotlarning muayyan miqdorini olish sharti asosida yetkazib beradigan yarim tayyor mahsulotlardan iborat boʻladi. Sotuvchi 10000 pul birligiga yogʻoch-taxta sotayapti. Sotib oluvchi yogʻoch-taxtadan jami 1000 dona stolni ishlab chiqaradi. Sotuvchi shart qoʻyadi: sotib oluvchi yogʻoch-taxta uchun haq toʻlash hisobiga 500 ta stolni yetkazib beradi, stollar qiymati aniqlanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday shartlar mavjud boʻlganda ularning bitim qiymatiga taʼsir etgan yoki etmaganligini va bunday taʼsirni miqdoriy jihatdan belgilash mumkin yoxud mumkin emasligini aniqlash kerak boʻladi. Faqatgina shartning qiymatga taʼsiri miqdoriy jihatini belgilash mumkin boʻlsa hamda maʼlum qilingan narx haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx boʻlsagina, 1-usulni qoʻllash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holatda bitim shartlarini koʻrib chiqishda, shuningdek, umum qabul qilingan tusga ega boʻlgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli boʻladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin boʻlgan) yetkazib berish shartlarni va tanlangan tusdagi hamda umum qabul qilinmagan yetkazib berish shartlarini farqlay bilish lozim. Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud boʻlgan, 1-usulning qoʻllanilishiga ruxsat etadigan tovar yetkazib berishning umum qabul qilingan shartlari keltirilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar yetkazib berishlarning barcha umum qabul qilingan shartlari (avvalo, INKOTERMSga kiritilgan yetkazib berish shartlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimlarni tuzish va tovar yetkazib berilishini amalga oshirishning “ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavjudligi) sharti bilan xarid qilish”, “tovarni muayyan sanagacha yetkazib berish sharti bilan xarid qilish” singari umum qabul qilingan shartlari, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari uchun umumiy boʻlib hisoblanadigan va bitim narxiga taʼsir qilmaydigan (tovar soniga qarab chegirmalar berish, mazkur sotuvchining “ishonchliligi” va x.k.) boshqa shartlar. Masalan, agar mazkur sotib oluvchiga tovarni har doim aynan shu sotuvchidan sotib olganligi uchun qiymatidan chegirma qilinishi umum qabul qilingan amaliyot deb hisoblanadigan boʻlsa, unda bunday chegirma va binobarin, bitim qiymati eʼtirof etilishi kerak va 1-usul qoʻllanilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib oluvchining sotuvchiga Oʻzbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik topshiriqlar yoki chizmalarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib oluvchining u import qiladigan tovarlarning sotilishiga doir qandaydir harakatlarni oʻz hisobidan (ehtimol, hatto sotuvchi bilan kelishuvga koʻra) amalga oshirish, masalan, sotib oluvchi haqini toʻlaydigan reklama boʻyicha faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Agar tuzilgan shartnoma shartlariga koʻra sotib oluvchi tovarning keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilishidan soʻng tushgan tushumning bir qismini sotuvchiga oʻtkazishi kerak boʻlsa-yu, lekin, bunday qism miqdori yoki uni aniqlash usuli shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, 1-usulning qoʻllanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnoma shartlariga koʻra, tushumning beriladigan qismi miqdorini hisoblab chiqarish mumkin boʻlsa, unda bojxona qiymati ikki bosqichda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi bosqich. Bojxona qiymati tovar olib kirilishi vaqtida 1-usul bilan aniqlanadi va uning muomalaga chiqarilishi belgilangan tartibda bojxona organining belgisi qoʻyilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi bosqich. Tovarni keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilgandan soʻng deklarant yoki bojxona brokeri olingan tushum miqdori va sotuvchiga beriladigan summa toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mana shunday maʼlumotlar asosida bojxona qiymati va, binobarin, undirilishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasiga tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.7. Deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qiladigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak. BQDda koʻrsatilgan summalar sotib oluvchi haqiqatda toʻlagan yoki toʻlashi lozim boʻlgan summalar sifatida hujjatlar asosida tasdiqlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda toʻlovlar bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
(3.7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mana shunday talabga muvofiq ravishda bojxona qiymati faqat uning BQDda koʻrsatilgan hamma elementlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlan taqdirda, 1-usul bilan aniqlanishi mumkin, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim narxi — yetkazib berilganga toʻlangan hisob-faktura (invoys) orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim qiymatiga qoʻshimcha hisoblanmalar — toʻlov va tovarning kuzatuv hujjatlari orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobdan chiqariladigan (chegiriladigan) xarajatlarning summalari — toʻlov, tovarning kuzatuv va bojxonaga doir hujjatlar orqali.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmasa qoʻllanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning u eksport qilingan mamlakatdan chegara orqali Oʻzbekiston Respublikasiga olib oʻtilishi va sotib oluvchidan mana shunday tovar oʻrniga pullik hisob-kitoblar (toʻlovlar)ning qabul qilingan shakllariga muvofiq teng keladigan pul summasini yoki tovarni olish uchun asos boʻladigan, qiymatga doir baholash yoki uning hisob-kitob usulini oʻz ichiga olgan tashqi savdo shartnomaning (kontraktning) mavjudligi 1-usulni qoʻllash sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan — sotib oluvchilar zanjiri mavjudligida bojxona qiymatining aniqlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Sotuvchi

1-sotib oluvchi

2-sotib oluvchi

3-sotib oluvchi

(A) Xitoy

(B) Kanada

(V) AQSh

(S) Oʻzbekiston

10000$

15000$

20000$

?

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar Xitoydagi sotuvchidan Kanada va AQShdagi sotuvchilar orqali Oʻzbekistonga kelib tushadi va erkin muomalaga chiqarish uchun deklaratsiyalanadi. Bunda bitim narxi quyidagi tarzda oʻzgaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A dan B ga — 10000 AQSh dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
B dan V ga — 15000 AQSh dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V dan S ga — 20000 AQSh dollari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib oluvchilar zanjiri mavjudligida tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida erkin muomalaga chiqaradigan shaxsning xarid narxi bitim narxi sifatida olinadi. Ushbu misolda 3 (S) — sotib oluvchining 20000 AQSh dollariga teng xarid narxini bitim narxi sifatida qabul qilish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.8. Oʻzaro bogʻliq shaxslar deganda quyidagi belgilarning hech boʻlmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflari yuridik shaxsga birgalikda egalik qiluvchilar boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari boʻyicha bogʻliq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi bilan sotib oluvchining oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, bunday bogʻliqlikning bitim narxiga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida aloqa mavjudligining oʻzi bitimning maʼlum qilingan qiymatini tan olmaslik va 1-usulni qoʻllashni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqlik belgilari mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu bandning oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshlarida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 304-moddasida sanab oʻtilgan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.81. Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlgan holatlarda bojxona organlarining asosiy harakatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan ilgari ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi bilan bitimlar boʻlgan-boʻlmaganligi va ular yuzasidan qanday eʼtirozlar boʻlganligini tekshirish; bojxona organida mavjud boʻlgan mazkur bitimga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻlgan axborotni tahlil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari zarur axborotga ega boʻlgach, oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar yuzasidan tuzilgan bitimlar yoxud 4 yoki 5-usullar boʻyicha aniqlangan bojxona qiymati bilan nazoratli taqqoslashlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin. Agar bunday axborot oʻzaro bogʻliqlik bitim qiymatiga taʼsir qilmagan deb xulosa chiqarish uchun yetarli boʻladigan holda maʼlum qilingan qiymat bojxona organi tomonidan deklarantdan yoki bojxona brokeridan qoʻshimcha axborotni soʻramasdan qabul qilinadi va bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qoʻllaniladi. Keyingi tekshiruv (tahlil) oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday oʻzaro bogʻliqlikning tovar qiymatiga taʼsirini tahlil etish. Tekshiruv (tahlil etish) jarayonida sotuvchi bilan sotib oluvchining tijorat munosabatlarining xususiyati va tashkil etilishi; tovarni sotish shartlari; buyurtmalar qay tarzda berilganligi; tovar qiymati qanday hisoblangani, narxning qanday belgilangani va hisobvaraqqa kiritilganligi; haq toʻlash qay tarzda amalga oshirilgani, toʻlovlarning qanday oʻtkazilganligi va x.k. koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshiruv (tahlil etish) jarayonida sotuvchi bilan sotib oluvchi garchi oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa-da, ularning bir-biridan tovarlarni sotib olishi va sotishi ular oʻrtasida goʻyo bunday bogʻliqlik boʻlmagani holda sodir etiladigani tarzdagi kabi yuz berishi aniqlansa, unda bunday oʻzaro munosabatlar qiymatga taʼsir qilmagan deb qabul qilinadi. Masalan, agar qiymatning ushbu sanoat tarmogʻidagi narxni belgilashga doir oddiy amaliyotga muvofiq yoki sotuvchining sotish narxini u bilan bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga sotishidagi kabi yoʻl bilan tayinlashi aniqlansa, unda bu hol kontragentlarning oʻzaro munosabatlari qiymatga taʼsir koʻrsatmaganligini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshiruv (tahlil) sotuvchi bilan sotib oluvchining oʻzaro bogʻliqligi bitim qiymatiga taʼsir qilmaganligini tasdiqlasa, bunday qiymat qabul qilinishi mumkin deb eʼtirof etiladi va bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qoʻllaniladi. Aks holda 2 — 6-usullar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarantga yoki bojxona brokeriga oʻzaro bogʻliqlikning bitim qiymatiga taʼsiri boʻlmaganligini isbotlash imkoniyatini berish va deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan dalillarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona organida deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qilgan bitim qiymatini qabul qilmaslikka asos mavjud boʻlsa bunday asoslarni yozma shaklda maʼlum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga binoan shaxslar oʻzaro bogʻliqligining bitim qiymatiga taʼsirining tekshiruvi (tahlili) natijalarini kutib oʻtirmasdan bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisini maxsus hisobga olib qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni hisobga olish kerakki, bojxona organi oʻzaro bogʻliqlik mavjudligi va shu jumladan, uning bitim qiymatiga taʼsiri yuzasidan yetarli darajadagi asosli shubhalar boʻlmaganda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisini maxsus nazorat ostiga olib qoʻyishi mumkin. Bunday nazorat tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining boshqa bitimlarni rasmiylashtirishidagi faoliyatini kuzatish uchun kerak va mana shundan keyingina zarur boʻlgan holatda va zarur boʻlgan axborotlar yigʻilganda tekshiruv (tahlil) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish kerak boʻladiki, tekshiruvning (tahlilning) oʻtkazilishi va oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi bitim sharoitlarini oʻrganish sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik aniqlangan hamma holatlarda ham amalga oshirilishi kerak emas. Bu tarzdagi oʻrganish faqat bojxona organida qiymatning qabul qilinishi maqbulligi yuzasidan yetarli darajadagi asosli shubhalar mavjud boʻlgandagina talab etiladi. Qiymatning qabul qilinishi maqbulligi yuzasidan bojxona organida shubha uygʻonmaganda bunday narx deklarantga yoki bojxona brokeriga qoʻshimcha axborotlarni soʻrab murojaat qilmasdan qabul qilinadi (masalan, agar bojxona organi bundan ilgari mazkur kontragentlar oʻrtasidagi mavjud aloqani oʻrgangan yoki ular toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarga ega boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning bir qiymati yoki bojxona qiymatining boshqa qiymatga qanchalik “juda yaqinligini” belgilashda qator omillarni eʼtiborga olish kerak boʻladi. Bunday omillar import qilinadigan tovarlar xususiyatini; tarmoqning oʻziga xos xususiyatlarini; tovar import qilinadigan mavsumni, shuningdek, farqning qiymatda tijorat mohiyatiga ega yoki ega emasligi omilini hisobga olishi zarur. Bunday omillarning turli hollarda bir xil boʻlmasligi uchun universal andoza, masalan, qatʼiy belgilangan foizini har bir alohida holda qoʻllanilishi mumkin boʻlmasligi kabi. Masalan, bir xildagi tovarga tegishli holatda qiymatlardagi unchalik jiddiy boʻlmagan farq qabul qilinmasligi mumkin, ayni bir vaqtda esa boshqa bir xildagi tovarga tegishli holatda qiymatlardagi ancha jiddiy farqning bemalol qabul qilinishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunday qilib, har bir aniq holatda maxsus tekshiruv (tahlil) oʻtkazilishi va ushbu ishga vaziyatdan kelib chiqqan holatda qaror qabul qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.82. Koʻrib chiqilayotgan bitim shartlarining muvofiqligini hisobga olgan holda bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli qoʻllanilishi mumkinligi belgilangandan soʻng maʼlum qilingan qiymatga tuzatish kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan qiymatning, yaʼni sotib oluvchi sotuvchiga haqi toʻlagan amaldagi xarajatlarning belgilanishi har doim bojxona qiymatini aniqlash uchun asosiy negiz boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday holda ham deklarant yoki bojxona brokeri bitim qiymatini tasdiqlash uchun BQDni toʻldirishda, haqi toʻlangan yoki toʻlanmaganligidan qatʼiy nazar, sotuvchining ushbu tovarga haq toʻlanishi uchun qoʻygan hisobvaraqni taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bojxona rasmiylashtiruvi paytida tovar uchun haq toʻlanishi amalga oshirilgan boʻlsa, unda sotuvchi qoʻygan va sotiboluvchi haqini toʻlagan hisobvaraq uning tasdigʻi sifatida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida sotib oluvchi sotuvchi taqdim etgan hisobvaraqning haqini toʻlamagan boʻlsa, unda bojxona organiga haqi toʻlanmagan hisobvaraq taqdim etiladi va shu hisobvaraq boʻyicha BQDda koʻrsatilgan summaning hisobvaraqdagi summaga muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda agar bitim shartlariga doir faktura qiymatiga chegirmalar nazarda tutilgan boʻlsa va bojxona rasmiylashtiruvi paytida tovarga hisob uchun haq toʻlanishi ushbu chegirmalar inobatga olinib amalga oshirilgan boʻlsa, bojxona qiymatini aniqlashda amalda toʻlangan summa asos etib qabul qilinadi (yaʼni chegirmalar inobatga olinadi). Bojxona organi ushbu toʻlovni tasdiqlovchi bank hujjatlarini talab qilish huquqiga ega, sotib oluvchi koʻrsatilgan hujjatlarni bojxona organiga taqdim etishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqi toʻlanmagan hisoblar boʻyicha toʻlov shartlari boʻyicha chegirmalar qabul qilinmaydi. Hisobning haqi toʻlanganidan keyin bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobvaraq boʻlmaganda 1-usul qoʻllanilmaydi va bojxona qiymatini boshqa usullar bilan aniqlanadi. Agar taqdim etilgan hisobvaraq bojxona organida shubha uygʻotsa (muhrlar, sotuvchi yoki sotib oluvchi rekvizitlari yoʻqligi, maʼlumotlarning noaniq ifodalanishi va x.k.), unda bojxona organi bitim qiymatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni (bank, tijoratchilik va x.k.) talab qilishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.9. Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan hujjatlarga binoan bitim qiymatini qabul qilgandan soʻng tovarning bojxona qiymatini hisob-kitob qilish uchun unga qoʻshimcha hisoblanmalar yoki chegirmalarni belgilashi zarur. Bitim qiymatining tarkibi tovarni yetkazib berish shartlariga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasida belgilangan xarajatlar qiymatga qoʻshimchalar sifatida kiritilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish qiymati. Tashish qiymatiga tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha tashish xarajatlari, agar bu xarajatlar yetkazib berish shartlariga muvofiq bitimning narxiga kiritilmagan boʻlsa kiradi. Bunda agar tashish turli xil transport vositalarida amalga oshirilsa, har bir transport vositasi uchun xarajatlar inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashish xarajatlariga shuningdek fraxt uchun qoʻshimcha toʻlovlar, tovarni olib kirganlik uchun toʻlov (tovarning kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtiruvi uchun xarajatlar), tashish vaqtida tovarlarga ishlov berish xarajatlari (tovarning saqlanishini taʼminlanishi uchun kerakli haroratni, namlikni ushlab turish, havo aylanilishi, yoʻlda hayvonlarning ozuqa bilan taʼminlanishi va muolaja qilishi va x.k. uchun qilinadigan xarajatlar) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EXW va FAS yetkazib berish shartlarida tovarni eksport mamlakatidan olib chiqishda sotib oluvchi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan xarajatlar inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yetkazib berish begʻaraz yoki sotib oluvchi oʻzining transport vositalari yordamida amalga oshirilgan boʻlsa, unda yuklarni tashish paytidagi tegishli transport vositalari uchun amalda boʻlgan tariflar boʻyicha hisoblangan tashish xarajatlari summasi bojxona qiymatiga qoʻshiladi. Istisno tariqasida, avtomobil transporti orqali tashish tariflari toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan taqdirda, tashish qiymati korxonaning (jamiyatning) tegishli buxgalterlik hisob-kitob hujjatlariga asosan tashish xarajatlarining summasini belgilashga ruxsat etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari. Ushbu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha yuzaga kelgan boʻlsa, ular bojxona qiymatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, agar yetkazib berish shartlariga binoan tovarni yetkazish sotuvchining majburiyatiga kirmasa va shundan kelib chiqib, tegishli xarajatlar tovar qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa, unda yetkazib berish sotib oluvchining hisobidan amalga oshiriladi. Tovarni yoʻlda bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga qayta yuklash (agarda yetkazib berish turli xil transport vositalari orqali amalga oshirilgan boʻlsa), ularni yoʻlda tushirish va shu kabi holatlarning yuzaga kelishi natijasidagi hamma xarajatlar bojxona qiymatiga qoʻshilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qiymati. Sugʻurta qiymatiga tovarni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurtalash xarajatlari kiradi, yaʼni tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish davrini sugʻurtalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno. Tovarni xarid qilishdagi vositachilik haqlari deganda, sotib oluvchi (komitent) baholanayotgan (olib kirilayotgan) tovarni chet elda uni taqdim etish va unga kerakli boʻlgan tovarni topib berish uchun komissionerga toʻlab beriladigan haqlar tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sotuvchi sotib oluvchiga bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita taqdim etadigan xizmatlarning va boshqa tovarlarning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “a” — “d” bandlarida koʻrsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.91. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Tovarning bojxona qiymatini 2-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. 2-usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan bir xil tovar deganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir xil boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Tovarning tashqi koʻrinishidagi juzʼiy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu Yoʻriqnomaning 4.1-bandida koʻrsatilgan shartlariga muvofiq boʻlsa, unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, bir holatda bogʻ va poliz uchun insektitsidli purkagich qismlarga boʻlingan va suyuqliksiz (kimyoviy moddasiz) yetkazib beriladi. Ikkinchi holatda esa zaharlovchi dorilar toʻldirilgan va yigʻilgan holatdagi xuddi shunday purkagichlar yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Purkagich ikkita yigʻma qismdan iborat boʻladi: a) nasos va qopqogʻiga biriktirilgan uchlik va b) zaharli kimyoviy moddalar uchun konteyner (idish). Qismlarga boʻlingan purkagichlarni ishlaydigan holatga keltirish uchun konteyner suyuqlik bilan toʻldiriladi va qopqogʻi berkitiladi. Shunday qilib, ishlatish uchun tayyorlangan purkagichlar taqqoslasa boʻladigan (oʻxshash) holga keladi, hamma jihatlariga koʻra, shu jumladan, fizik xususiyatlari va qadriga koʻra bozorda xuddi shunday tovarlar tarzida taqdim etiladi, bundan bir mamlakatda u qismlarga boʻlingan holda, boshqasida esa yigʻilgan holda qoʻyilishi bundan mustasnodir. Yigʻishga doir operatsiya aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar tarzida koʻrib chiqilayotgan yigʻilmagan yoki yigʻilgan tovarlardagi farqlarning bartaraf etilishiga olib keladi. Shunday qilib, tovarlarning bir holatda yigʻilgan holda, boshqa holatda esa — qismlarga boʻlingan holda yetkazib berilishi ularni aynan bir xil tovarlar tarzida koʻrib chiqishni istisno eta olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Agar tovarning bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Agar aynan bir xil tovar bojxona hududiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib kirilgan boʻlsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojxona hududiga olib kirish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Yoʻriqnomaning 3.9-bandi ikkinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, “LG” kir yuvish mashinasi Xitoydan oluvchi X tomonidan bepul import qilinadi. Xuddi shunday turdagi mashina sotib oluvchi Y tomonidan Janubiy Koreyadan savdo bitimi natijasida import qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“a”

Etkazib beruvchi

(Xitoy)

Bepul yetkazib berish

“LG” kir yuvish mashinalari

(10 dona)

Oluvchi

(X)

“b”

Sotuvchi

(Janubiy Koreya)

Aynan bir xil tovarni yetkazib

berish boʻyicha savdo bitimi

(100 dona)

Bojxona qiymati = 2450 AQSh dollari

Sotib oluvchi

(Y)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovar uchun 1-usulni qoʻllash mumkin emas, chunki olib kirish uchun savdo bitimi mavjud emas. b) tovarning bojxona qiymatini belgilash uchun 1-usul qoʻllanilgan. Oluvchi X va sotib oluvchi Y olib kirgan kir yuvish mashinalari aynan bir xil tovarlar hisoblanadi. b) tovarning bojxona qiymati aniqlanganligi sababli uni bepul yetkazib beriladigan tovarlarga, ularning miqdoriga qarab zarur tuzatishlar kiritilgan tarzda 2-usul bilan aniqlash uchun jalb etish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar 2-usul qoʻllanilganda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir xil tovarga doir bitim qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Tovarning bojxona qiymatini 3-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. 3-usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu boʻlimda koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻxshash tovar deganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil boʻlmasa-da, u bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻxshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar oʻxshash tovar sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. 3-usuldan foydalanishda 2-usulni qoʻllashdagi kabi qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, bir-biriga oʻxshagan boʻlimli doiralardagi rezina pokrishkalar bir mamlakatda joylashgan ikkita turli ishlab chiqaruvchilardan import qilinmoqda. Har bir ishlab chiqaruvchining oʻz savdo markalaridan foydalanishiga qaramasdan rezina pokrishkalar bir xil standartlar, sifatga ega, import qiluvchi mamlakatning avtomobil sanoatida foydalaniladi va bir xil qadrga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mana shunday maʼlumotlar asosida quyidagicha xulosalar chiqarilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu rezina pokrishkalar turli savdo markalariga ega boʻlganligi sababli ular aynan bir xil tovarlar sifatida koʻrib chiqilishi mumkin emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) shu bilan birga, garchi pokrishkaning xossalari hamma jihatlariga koʻra bir xil boʻlmasa-da, biroq ular bir-biriga oʻxshash xususiyatlarga va tarkibiy materiallarga ega, bu ularning bir xil funksiyalarni bajarishiga imkon beradi. Tovarlarning bir xil standartlarni hisobga olib bajarilgani, sifati va bozordagi qadri jihatidan bir xilligi va savdo markasiga egaligi sababli ularni oʻxshash tovarlar sifatida koʻrib chiqish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Agar bitimning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini oʻz ichiga olsa, tovar oʻxshash tovar deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-usuldan foydalanilayotganda ushbu Yoʻriqnomaning 4.4-bandi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzatishlar kiritishga nisbatan qoʻyiladigan talablar 2-usul boʻyicha tuzatishlar kiritishga qoʻyiladigan talablar singari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“a”

Etkazib beruvchi (Xitoy)

Bepul yetkazib berish (kafolat hisobiga) “Samsung” kir yuvish mashinasi — 10 dona

(yetkazib berish vaqti 01.01.2017-y.)

Oluvchi

(R)

“b”

Sotuvchi (Janubiy Koreya)

Oʻxshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi “LG” kir yuvish mashinasi — 1000 dona;

Bojxona qiymati = 245000 AQSh dollari (yetkazib berish vaqti 05.10.2016-y.)

“v”

Sotuvchi

(Xitoy)

Oʻxshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi “Koning” kir yuvish mashinasi — 20 dona;

Bojxona qiymati = 4300 AQSh dollari (yetkazib berish vaqti 20.11.2016-y.)

“g”

Sotuvchi

(Germaniya)

Oʻxshash tovarni yetkazib berish boʻyicha savdo bitimi “Bosch” kir yuvish mashinasi — 1500 dona;

Bojxona qiymati = 450000 AQSh dollari

(yetkazib berish vaqti 25.12.2016-y.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu holatda aynan bir xil boʻlmagan tovarlar taqdim etilgan, chunki tovarlar turli savdo markasiga va tashqi bezatilishi jihatidan prinsipial farqlarga ega. Bu oʻrinda gap bir xildagi xususiyatlarga ega va bir xildagi materiallardan tayyorlangan oʻxshash tovarlar haqida borayapti. Savdoda ular oʻzaro bir-birining oʻrnini bosadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b”, “v”, “g” bandlarida keltirilgan tovarlar 1-usul bilan aniqlangan bojxona qiymatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” tovar uchun 1-usulni qoʻllash mumkin emas, chunki sotib olish fakti mavjud emas. 2-usul ham qoʻllanilishi mumkin boʻlmaydi, chunki aynan bir xil tovarlarning bojxona qiymati mavjud emas. Shunday qilib, bunday holda 3-usul qoʻllanilishi kerak boʻladi. “b”, “v”, “g” tovarlarning bojxona qiymati aniqlanganligi sababli uni bepul yetkazib berilgan “a” tovarning hisob-kitobi uchun asos baza sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq ushbu holatda oʻxshash tovarlarga doir 3 ta bitimdan eng past narxga ega boʻlganini tanlash zarur. Bu holatda “v” variantdagi yetkazib berilgani eng maqbuli boʻlishi mumkin, chunki tovar birligining narxi 215 AQSh dollaridan iborat. Shunday qilib, zarur tuzatishlar kiritish amalga oshirilgach, “v” tovarning bojxona qiymatidan “a” tovarni baholash uchun foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar deklarant yoki bojxona brokeri ixtiyorida aynan bir xil va oʻxshash tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga oʻtilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Tovarning bojxona qiymatini 4-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1. 4-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlanadigan yoxud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni anglatadi..
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.4. Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, yaʼni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.5. Bojxona qiymati belgilanishi lozim boʻlgan tovar guruhini tanlash uchun misollarni koʻrib chiqamiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Sotuvlar hajmi

Bir birlik narxi

Sotilganlar soni

Ushbu narx boʻyicha sotilgan

umumiy miqdor

1 — 10 ta birlik

100

3 ta birlikdan 5 ta sotilgan

5 ta birlikdan 10 ta sotilgan

65

11 — 25 ta birlik

95

11 ta birlikdan 5 ta sotilgan

55

25 tadan ortiq birlik

90

30 ta birlikdan 1 ta sotilgan

50 ta birlikdan 1 ta sotilgan

80

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir narx boʻyicha sotilgan tovarlarning eng koʻp miqdori 80 tani tashkil etadi, shunday qilib, eng koʻp jamlangan turkumdagi tovar birligi narxi 90 ta birlikni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona qiymatini aniqlash uchun tovarning sotish narxidan 6.3-bandda koʻrsatilgan, tovar birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlarning bir qismini chiqarib tashlash kerak boʻladi. Masalan, bu, aytaylik, 18 pul birligi — savdo ustamasi, 5,4 pul birligi — bojxona bojlari va soliqlar, 0,6 pul birligi — transport xarajatlari boʻlsin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan va tovar birligiga toʻgʻri keladigan barcha xarajatlarning jami summasi 24 pul birligini tashkil etadi. Tovar birligi narxi 90 dan 24 pul birligini chiqarib tashlash kerak. Shunday qilib, tovar birligining bojxona qiymati 66 pul birligidan iborat boʻladi. Bojxona qiymatini olib kiriladigan tovarlar soniga tuzatish kiritib, baholanayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymatini belgilash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.6. 4-usul boʻyicha bojxona qiymatini aniqlash maqsadida foydalanish uchun tovar birligi narxini belgilashda import qilinadigan mamlakatda sotuvchiga tovar va xizmatlarni tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning import qilinadigan mamlakatga eksportga sotilishi munosabati bilan foydalanish uchun bevosita yoki bilvosita bepul yoki kamaytirilgan narx boʻyicha yetkazib berishni amalga oshiradigan shaxsga qandaydir sotilishi eʼtiborga olinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.8. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu Yoʻriqnomaning 6.1-bandi va 6.3-bandi birinchi — toʻrtinchi xatboshlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining qaysi narxi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narx qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan holatlarda baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu Yoʻriqnoma 6.3-bandining birinchi — toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Tovarning bojxona qiymatini 5-usul boʻyicha aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.1. 5-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu bandning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.2. 5-usul boʻyicha bojxona qiymati faqat Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlanadi. Qoidaga koʻra, tovarni ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasidan tashqarida boʻladi. Shu sababli 5-usulning qoʻllanilishi odatda shunday shartlar bilan cheklangan boʻladiki, ular sotib oluvchi bilan sotuvchi oʻzaro bogʻliq boʻladi va ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasida koʻrsatilgan zarur maʼlumotlarni taqdim etishga tayyor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarni ishlab chiqaruvchi tovarning bojxona qiymatini aniqlash maqsadida taqdim etgan hujjat va maʼlumotlar uning mamlakatida Oʻzbekiston Respublikasining vakillari tomonidan ishlab chiqaruvchining roziligi bilan va manfaatdor mamlakat hukumatini oldindan xabardor qilinganda va uning bunday tekshiruvga nisbatan qarshiligi mavjud boʻlmagan shartga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.3. Tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari baholanayotgan tovarning ishlab chiqarilishiga tegishli, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan hujjat va maʼlumotlar asosida aniqlangan boʻlishi lozim. Ular ishlab chiqaruvchining tijoratga oid hisobotlarida qayd etilgan boʻlishi, bunday hisobotlar tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda qoʻllaniladigan hisobga olishning umumiy qabul qilingan qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.4. “Umumiy xarajatlar” atamasi ushbu Yoʻriqnomaning 7.1-bandining “a”-bandida aks ettirilmagan tovarning ishlab chiqarilishi va eksportga sotilishiga doir bevosita va bilvosita xarajatlarni qamrab olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar import qilinadigan tovar uchun qoʻllanilgan 1 — 4 usullar bojxona qiymatini aniqlashga imkoniga olib kelmasa, unda chet el ishlab chiqaruvchi taqdim etgan kalkulatsiya hujjatlari asosida bojxona qiymatini aniqlash imkoniyati ham mavjud boʻlib, bunday qiymat, masalan, material uchun xarajatlar, umumiy (qoʻshimcha) xarajatlar, olib kiriladigan tovarning hisob-kitob qilingan qiymati usuli boʻyicha bojxona qiymati kabi xarajatlarni oʻz ichiga olishi lozim. Agar shubha uygʻotadigan boʻlsa, ushbu Yoʻriqnoma 7.2-bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingani holda kalkulatsiya hujjatlari tekshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.5. Baholanayotgan tovar bilan bir sinfdagi yoki shu turdagi, kelib chiqish mamlakati bir xil boʻlgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga sotishda eksporter tomonidan olinadigan foyda miqdori ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan maʼlumot asosida belgilanishi lozim. Ishlab chiqaruvchi taqdim etgan maʼlumotlarning ishlab chiqaruvchilar eksport mamlakatida tovarlarni import mamlakatiga olib chiqish uchun amalga oshiradigan, baholanayotgan tovarlar sinfidagi yoki shu turdagi tovarlarning sotilishidagi koʻrsatkichlarga muvofiq kelishiga eʼtibor berish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil etishda shuni qayd qilish kerakki, “foyda va xarajatlar miqdori” bir butun sifatida koʻrib chiqilishi lozim. Bu shuni anglatadiki, agar biron-bir alohida holda ishlab chiqaruvchi foydasi miqdori unchalik katta boʻlmasdan, uning umumiy xarajatlari yuqori boʻlsa, unda uning birgalikda olingan foydasi va umumiy xarajatlari baribir odatda shunday sinfdagi yoki turdagi tovarlar sotilishida aks etadigan bunday koʻrsatkichlarga muvofiq kelishi mumkin. Bunday vaziyat, masalan, mahsulot import mamlakatida bozorga chiqadigan va ishlab chiqaruvchi ushbu bozorni oʻzlashtirish bilan bogʻliq yuqori umumiy xarajatlarini qisman shuning hisobiga qoplash niyatida foydaning nol darajasi yoki undan past darajani qabul qiladigan holda vujudga kelishi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi import qilinadigan tovarlarni sotishda u alohida tijoratchilik holatlari oqibatida foyda olishini koʻrsata olsa, unda uning foydaning amaldagi koʻrsatkichlarini oqlash uchun jiddiy tijoratga doir dalillari mavjud boʻlib, uning narxlarga oid siyosati sanoatning ushbu tarmogʻidagi oddiy narx siyosatini aks ettirishi sharti bilan bunday koʻrsatkichlarni eʼtibor uchun qabul qilish kerak boʻladi. Bunday vaziyat, masalan, ishlab chiqaruvchilar talabning kutilmagan tarzda pasayib ketishi natijasida narxlarni pasaytirishga majbur boʻlganida yoki ular tovarlarni import mamlakatida ishlab chiqariladigan tovarlar toifasini toʻldirish tartibida sotadigan va oʻzining raqobatga bardoshliligini saqlab qolish maqsadida kam foydaga rozi boʻladigan holda vujudga kelishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.6. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-modda birinchi qismi “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlarga quyidagi tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu xarajatlar ham hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.7. Bojxona qiymatini 5-usul bilan aniqlash maqsadlari uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladiganidan tashqari hujjat va maʼlumotlardan foydalanilayotgan boʻlsa, bojxona organi bunday axborotlarning manbasini, foydalanilgan maʼlumotlar hamda ular asosida amalga oshirilgan hisobotlarini deklarantga yoki bojxona brokeriga, agar u bu haqda soʻrasa, xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.8. Bojxona qiymatini 5-usul bilan aniqlashda hech qanday chiqimlar va materiallarning qiymati ikki barovar hisobga olinmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Zaxira usul (6-usul).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1. Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Yoʻriqnomaning 2.1-bandining ikkinchi — yettinchi xatboshlarida koʻrsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qoʻllash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki oʻxshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2. 6-usulni qoʻllashda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeriga oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi. Bojxona organi zaxira usulni toʻgʻri qoʻllash maqsadida shunday axborotni yigʻib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarning bojxona qiymatini 6-usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning sotilish narxidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqori qiymatidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) eng past bojxona qiymatlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narxidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.4. Quyidagilar tartibga koʻra belgilangan usullarni qoʻllanishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan oqilona qayishqoq yondashuviga ayrim misollar boʻla oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aynan bir xil tovarlarga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yoʻl qoʻyilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil tovarlarni olib kirish muddatlari, biroq bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida eksport qiluvchi mamlakatida boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan va bojxonada baholanishi lozim boʻlgan tovarlarni eksport qiluvchi mamlakatdan boshqa qaysidir oʻzga mamlakatda ishlab chiqarilgan xuddi shuningdek import qilingan tovarlar koʻrib chiqilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aynan bir xil import qilingan tovarlarning ilgari 4 va 5-usullarga koʻra belgilangan bojxona qiymatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻxshash tovarlarga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash tovarlarning olib kirilishi muddatlariga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxonada baholanishi lozim boʻlgan tovarlarni eksport qiluvchi mamlakatdan boshqa qaysidir oʻzga mamlakatda ishlab chiqarilgan shunga oʻxshagan import qilingan tovarlar shunga oʻxshagan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida foydalanilganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻxshash import qilingan tovarlarning ilgari 4 va 5-usullarga koʻra belgilangan bojxona qiymatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-usulga nisbatan tovarlarning ichki bozorda sotilishi muddatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek, ularning qay holda import qilingani (yaʼni, muayyan qayta ishlashga yoʻl qoʻyilishi) haqidagi talablarning qayishqoqlik bilan talqin etilishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi: jahon narxlariga doir, ichki bozordagi narxlariga doir axborot maʼlumotnomalaridan foydalanish; vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik maʼlumotlaridan foydalanish. Bunda baholanayotgan tovarlarning yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.41. Bojxona organi ushbu boʻlimga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra unga axborot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, 4-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun ilovaga muvofiq ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.1. Maʼlum qilingan bojxona qiymatini tekshirish zarurati, shu jumladan, qoʻshimcha axborotning olinishi tovarni ushlab turish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga bojxona qiymatini belgilash yoki maʼlum qilingan qiymatni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda qoʻshimcha muddat berishi mumkin.
(9.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari bojxona qiymati miqdorini aniqlash maqsadida tekshirish oʻtkazishi mumkin. Tekshirish natijalariga koʻra bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinishi, shuningdek, bojxona toʻlovlarining qoʻshimcha toʻlanishi lozim boʻlgan summasini aniqlanishi va ularning undirilishi yoki qaytarilishi amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv davomida qoʻshimcha ravishda bojxona toʻlovlarining hisoblanishiga sabab boʻluvchi bojxona qiymatining miqdoriga taʼsir etuvchi holat aniqlangan taqdirda, bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran bir yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari tekshiruv amalga oshirilgan kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha reyestr yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.2. Agar import qilinadigan tovarning bojxona qiymati bojxona organlari tomonidan aniqlanadigan boʻlsa, unda deklarantning yoki bojxona brokerining yozma yoki elektron arizasiga koʻra bojxona organlari bunday qiymatning qaysi yoʻl bilan aniqlaganini yozma yoxud elektron shaklda xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.3. Deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organining qaroridan norozi boʻlsa, u yuzasidan yuqori bojxona organlariga va shuningdek, sud organlariga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini baholashning 4-usulini qoʻllash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIYALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, 4-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun iqtisodiy-matematika usullarini qoʻllagan holda ishlab chiqilgan ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona toʻlovlarining advalor (foizdagi) stavkalari belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun vazifa quyidagi tarzda shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqartmalarni belgilaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq — tovar birligining bojxona qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn — Oʻzbekiston Respublikasi hududida birinchi marta sotilganda mazkur tovar birligining qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar birligining qiymatidan (Sn) bojxona hududida amalga oshirilgan quyidagi xarajatlar chegiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Import bojxona boji (Bb). Bojning eng yuqori miqdori Bb = 2*k*Bq, bunda k — k =Bbs/100% formulasi bilan aniqlanadigan bojxona boji koeffitsiyenti stavkasi. Masalan, boj stavkasi 10 foiz boʻlsa, koeffitsiyent 0,1 ga teng. Boshqa turdagi toʻlovlar koeffitsiyentlari ham shu tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aksiz soligʻi (As). As = m*Bq, bunda m — aksiz soligʻi stavkasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi (Qqs). Qqs = n*(Bq+2*k*Bq+m*Bq) formulasi boʻyicha aniqlanadi, bunda n — QQS stavkasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim (Jshy). Jshy = f*Bq, bunda f — jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻimning eng yuqori stavkasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tovarni birinchi marta qayta sotishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi (Tf).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tf = r*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy),
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda r — tijorat foydasi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi transport va boshqa kutilmagan xarajatlar (Tx).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tx = r*(Bq + Bb + As + Qqs + Jshy), bunda r — transport xarajatlari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kiriladigan tovar birligi bojxona qiymati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = Sn — Bb — As — Qqs — Jshy — Tf — Tx
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn = Bq + Bb + As + Qqs + Jshy + Tf + Tx.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tenglamaga Bb, As, Qqs, Jshy, Tf, Tx maʼlumotlari koʻrsatkichlarini kiritamiz va Sn = Bq*[(1+2*k+m)* (1+n) + f] * (1+r+r) olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dyemak,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа



Sn‎
Bq = ――――――――――――――――――――
[(1+2*k+m)*(1+n)+f]*(1+p+r)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qulaylik uchun [(1+2*k+m)*(1+n)+f]*(1+r+r) koeffitsiyentini xarajatlar umumiy koeffitsiyenti deb nomlaymiz va Uxk1 harfi bilan belgilaymiz. Shu tariqa, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarning birinchi marta sotilishi narxi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda har bir tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini hisob-kitob qilishga eʼtibor beriladi: Bq = Sn/Uxk1.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-masala. Yoʻnilmagan toʻsinning bir kub metri shartli ravishda ulgurji bozorda 20 ming soʻm turadi, bojxona boji stavkasi — 3% (k = 0,03), jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim stavkasi — 50% (f = 0,5), QQS — 20% (n = 0,2), aksiz soligʻi — yoʻq (m=0).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat foydasi koeffitsiyenti shartli ravishda QQS stavkasiga teng deb qabul qilinadi QQS — 20% (r = 0,2), boshqa xarajatlar koeffitsiyenti — 5% (r = 0,05)ga teng. Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Mazkur turdagi tovar uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz Uxk1 = [(1+2*k+m) * (1+n) +f] * (1+r+r). Qiymatlarni qoʻyib, quyidagini olamiz Uxk1 = [(1+2*0,03+0) * (1+0,2)+0,5] * (1+0,2+0,5) = 2,215;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bojxona qiymatini aniqlaymiz
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = 20000 : 2,215 = 9029 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaʼni olib kirilgan yoʻnilmagan toʻsinning bir kub metri qiymati taxminan 9000 soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: aksi hisoblash usuli bilan tekshirishda uch foizgacha yanglishishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-masala. Ulgurji bozorda bitta charm kurtkaning qiymati shartli ravishda 35000 soʻm. Bunda bojxona boji stavkasi 30% (k = 0,3), aksiz soligʻi 25% (m = 0,25), jismoniy shaxslardan yigʻim 50% (f = 0,5), QQS va tijorat foydasi 20% (n = p = 0,2), transport xarajatlari 5 foiz (r = 0,05)ga teng. Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mazkur tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz. Uxk1 = [(1+2*k+m)*(1+n)+f] *(1+r+r) = [(1+2*0,3+0,25)*(1+0,2)+0,5]*(1+0,2+0,05) = 3,4;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bojxona qiymatini aniqlaymiz Bq = Sn / Uxk1
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = 35000/3,4 = 10294,1.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta charm kurtkaning bojxona qiymati taxminan 10200 soʻmga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz soligʻining alohida stavkasi belgilangan tovarlar (masalan, ilgari foydalanishda boʻlgan yengil avtomobillar) uchun bojxona qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qilingan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Import bojxona boji Bb = 2*k*Bq, bunda k — bojxona boji stavkasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aksiz soligʻi As = m*V, bunda V — aksiz soligʻining alohida stavkasi qoʻyilgan parametr, masalan, dvigatel hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi Qqs = n*(Bq+2*k*Bq+ m*V), bunda n — QQS stavkasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jismoniy shaxslardan yigʻim Jshy = f*Bq, bunda f — jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim stavkasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tovarni birinchi marta qayta sotishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tf = R*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda R — tijorat foydasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi transportga oid va kutilmagan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tx = r*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda r — transport xarajatlari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha xarajatlarni hisobga olgan holda tovar birligi qiymati quyidagiga teng boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn = Bq+Bb+As+Qqs+Jshy+Tf+Tx =
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq*[(1+2*k) (1+n) +f]* (1+r+r)+m*V+(1+n)*(1+r+r).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tenglamani oʻzgartirib, quyidagiga ega boʻlamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа



‎Sn-m* V+(1+n)*(1+r+r)‎
‎‎‎Bq = ――――――――――――――――――――
[(1+2*k)(1+n)+f]*(1+r+r)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda [(1+2*k)(1+n)+f]*(1+r+r) koeffitsiyentini umumiy xarajatlar koeffitsiyenti deb ham nomlaymiz va Uxk2 harfi bilan belgilaymiz. Bu tenglamani soddalashtirib, quyidagi formulani olishimiz mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = [Sn-m* V+(1+n)*(1+r+r)]/Uxk2.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-masala. Bozorda “Mersedes-Bens-190” (ishlab chiqarilgan yili 3 yildan ortiq) turkumidagi yengil avtomobil qiymati 6 mln. soʻm. 1 EVRO kursi = 143 soʻm. Dvigatel hajmi 1999 kub. sm. Bojxona boji stavkasi — 100% (k = 1), aksiz soligʻi — 1 kub sm uchun 2,9 EVRO, jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim — 50% (f = 0,5), QQS va tijorat foydasi — 20% (n = p = 0,2), transport xarajatlari 5% (r = 0,05).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mazkur tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uxk2 = [(1+2*k)(1+n)+f]*(1+r+r) =
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[(1+2*1) (1+0,2) +0,5]* (1+0,2+0,05) = 3*1,25 = 3,75.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Tovar birligi narxidan chegiriladigan aksiz soligʻi summasini aniqlaymiz m* V*(1+n)*(1+r+r) = 2,9*1999 * 143*(1+0,2)*(1+0,2+0,05) = 1243478 (soʻm).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Bojxona qiymatini aniqlaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = (Sn — m* V+(1+n)*(1+r+r))/Uxk2 =
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(6000000 — 1243478) / 3,75 = 1268405,8 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xuddi shunday bojxona boji stavkasi alohida belgilangan tovarlar uchun formula quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа



Sn-2*k*V*(1+n)*(1+p+r)‎
‎‎‎Bq = ――――――――――――――――――――
[(1+2*k)*(1+n)+f]*(1+r+r)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona boji va aksiz soligʻining alohida stavkasi belgilangan tovarlar (masalan, yangi yengil avtomobillar) uchun bojxona qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona hududida qilingan xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Import bojxona boji Bb = 2*k*V. Sertifikat boʻlmaganligi sababli ikki baravar miqdorda undiriladi, bunda k — bojxona bojining alohida stavkasi, V — bojxona boji belgilangan parametr, masalan, dvigatel hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aksiz soligʻi As = m*V, bunda m — aksiz soligʻining alohida stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻshilgan qiymat soligʻi Qqs = n*(Bq+2*k*V+m*V), bunda n — QQS stavkasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim Jshy = f*Bq, bunda f — jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim stavkasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tovarni birinchi marta qayta sotishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tf = p*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda r — tijorat foydasi koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi transportga oid va boshqa kutilmagan xarajatlar: Tx = r*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda r — transport xarajatlari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilgan barcha xarajatlarni hisobga olib, bitta tovarning qiymati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sn = Bq+Bb+As+Qqs+Jshy+Tf+Tx =
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq*(1+n+f) * (1+p+r) + V* (2k+m) * (1+n) * (1+p+r)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dyemak,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа



Sn — V*(2k+m)*(1+n)*(1+p+r)‎
‎‎‎Bq = ――――――――――――――――――――
(1+n+f)*(1+p+r)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda [(1+n+f)*(1+p+r)] koeffitsiyentini umumiy xarajatlar koeffitsiyenti deb ham nomlaymiz va Uxk3 harfi bilan qayd etamiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-masala. “Mersedes-Bens-190” turkumidagi (1998-yilda ishlab chiqarilgan) yengil avtomobil narxi bozorda 30 mln. soʻm turadi. 1 EVRO kursi = 143 soʻm. Dvigatel hajmi 1999 kub. sm. Bojxona boji stavkasi –1 kub sm uchun 2,2 EVRO, aksiz soligʻi — 1 kub. sm uchun 2,5 EVRO, jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim — 50% (f = 0,5), QQS va tijorat foydasi — 20% (n=p=0,2), transport xarajatlari — 5% (r = 0,05).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uxk3 = (1+n+f)*(1+p+r) = (1+0,2+0,5) * (1+0,2+0,05) = 1,7.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Sotish narxidan chegiriladigan toʻlangan bojxona boji va aksiz soligʻi uchun xarajatlar summasini aniqlaymiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V*(2k+m)*(1+n)*(1+p+r)=1999*(2*2,2+2,5)*(1+0,2)*(1+0,2+0,05)=285857*6,9*1,2*1,25=2958620.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Bojxona qiymatini aniqlaymiz
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bq = (30000000 — 2958620)/1,7 = 15906694 (soʻm).