Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING REGLAMENTIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QONUNLAR LOYIHALARINI TAYYORLASh VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 11 OKTYABRDAGI OʻRQ-60-SON QONUNI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida” 2006-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-60-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-noyabr,
246-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 24-bandga “qonunlar loyihalari esa “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham javob berishi kerak” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 25-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida” soʻzlaridan keyin “hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 28-bandning birinchi xatboshidagi “yuridik texnika” soʻzlari “qonunchilik texnikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48–50-son, 483-modda)