Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MILLIY SERIAL” KOMPLEKS IJODIY-IShLAB ChIQARISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholining taʼlim va madaniy darajasini oshirish, milliy anʼanalarni tarixiy va maʼnaviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruxida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining:
“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish;
televizion seriallar ishlab chiqarish hajmini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga 2010-yilgacha (har yili 10 soatga) bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq yagona videoyozuv, yorugʻlik texnikasi, montaj qilish tizimi va maxsus binolar bilan jihozlangan televizion seriallar ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashtirilgan suratga olish pavilonini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga televizion seriallar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suratga olish paviloniga bepul bino ajratish masalasini hal qilsin.
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi suratga olish paviloni uchun ajratilayotgan binoning oʻz mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilinishi va jihozlanishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyun,
115-son
“Milliy serial” kompleks ijodiy-ishlab chiqarish
dasturi
| T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Tashkiliy masalalar | ||||
| 1. | Teleseriallar ishlab chiqarish bozorida marketing va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish, ushbu sohadagi jahon tendensiyalarini oʻrganish. | Doimiy ravishda | MTRK oʻz mablagʻlari va tasdiqlangan moliyalashtirish hajmlari doirasida budjet mablagʻlari | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 2. | Vatanimizning teleseriallar ishlab chiqarish industriyasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish. | 2006-yil iyul | — | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 3. | Televizion seriallarning yuksak gʻoyaviy-badiiy va professional darajasini taʼminlashga qodir boʻlgan ijodiy guruhlarni shakllantirish, shuningdek, yuqori malakali rejissorlarni, operatorlarni, shu jumladan sifatli rejissurani taʼminlaydigan xorijiy mutaxassislarni jalb etish. | 2006-2007-yillar, keyinchalik doimiy ravishda | MTRK oʻz mablagʻlari va tasdiqlangan moliyalashtirish hajmlari doirasida budjet mablagʻlari | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 4. | Vatanimizning teleseriallar ishlab chiqarish industriyasi uchun mamlakatimiz tegishli oʻquv yurtlarida, shuningdek, ixtisoslashgan xorijiy taʼlim markazlarida, kino va televideniye tashkilotlarida milliy kadrlarni kasb jihatidan tayyorlash va qayta tayyorlash. | 2007-2010-yillar | Oʻz mablagʻlari hisobiga | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 5. | Televizion seriallar ishlab chiqarish hajmini 2010-yilgacha har yili bosqichma-bosqich koʻpaytirishni taʼminlash: 2006-yil – 10 soat; 2007-yil – 20 soat; 2008-yil - 30 soat; 2009-yil – 40 soat; 2010-yil - 50 soat. |
2006-2010-yillar | Oʻz mablagʻlari va homiylar mablagʻlari hisobiga | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
|
II. Televizion seriallarni gʻoyaviy-tematik taʼminlash | ||||
| 6. | Oʻzbekiston MTRK telekanallari eshittirishlari xususiyatlarini, tomoshabinlar auditoriyasi turli toifalari qiziqishlarining koʻp turliligini hisobga olgan holda 2010-yilgacha boʻlgan davrda televizion seriallar ishlab chiqarishning tematik istiqbol rejasini ishlab chiqish (“ssenariylar portfeli”ni shakllantirish). | 2006-yil oktyabr | — | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 7. | Oʻzbekiston MTRK Ijodiy kengashi qarori bilan “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasining har yilgi televizion seriallar ishlab chiqarish tematik rejasini tasdiqlash. | Har yili 1-sentabrgacha | | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 8. | Koʻp seriyali televizion, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqa kinovideo mahsulotlarning gʻoyaviy-tematik, janr va kompozitsion turli-tumanligini kengaytirish. | Doimiy ravishda | — | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 9. | Professional yozuvchilar, dramaturglar, jurnalistlar, prodyusyerlar va boshqalardan mualliflar jamoalarini tashkil etish. | 2006-yil iyun, keyinchalik doimiy ravishda | — | Oʻz�ekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 10. | Teleserial ssenariysini saralab olish boʻyicha tanlov oʻtkazish va ssenariyni “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston MTRK Ijodiy kengashi qarori bilan tasdiqlash. | Har yili 1-noyabrgacha | — | Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
|
III. Moddiy-texnika bazasini takomillashtirish | ||||
| 11. | Teleseriallar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suratga olish paviloniga maxsus bino tanlash. Suratga olish pavilonini texnik jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash. | 2006-yil iyun 2006-yil avgust |
— MTRK oʻz mablagʻlari va homiylar mablagʻlari hisobiga |
Oʻzbekiston MTRK, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston MTRK, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi |
| 12. | Suratga olish pavilonining texnik roʻyxatini ishlab chiqish va uni televizion seriallar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy asbob-uskunalar, shu jumladan turgʻun maxsus yoritish vositalari, ovoz yozib olish uskunalariga ega boʻlgan konditsioner tizimi va boshqalar bilan jihozlash. | 2006-yil – 2007-yil I yarim yillik | Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qarorini amalga oshirish doirasida hamda oʻz mablagʻlari hisobiga | Oʻzbekiston MTRK, Moliya vazirligi |