Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2006 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUXORO VILOYATI VA SAMARQAND ShAHRI SUV TAʼMINOTI KORXONALARINING BARQAROR FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etish lozimki, respublikada aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxoro viloyati va Samarqand shahri aholisining suv taʼminotini yaxshilashga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida umumiy summasi 66,1 mln AQSh dollariga teng boʻlgan xorijiy kreditlar jalb qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qarorlari bilan “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash nazarda tutilgan.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, ushbu korxonalarda qarz mablagʻlari hisobiga sotib olingan asbob-uskunalardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish hollariga yoʻl qoʻyilgan, ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻyilmoqda, aylanma mablagʻlarni korxonalarning ish ixtisosligiga muvofiq boʻlmagan tovar-moddiy boyliklar sotib olishga jalb etilmoqda. Suv chiqarish inshootlarida beriladigan suv hajmlari boʻyicha hisob-kitobning yoʻqligi energetika va suv resurslaridan samarasiz foydalanilishiga olib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada debitor va kreditor qarzlar yuqori darajada qolmoqda, loyihaning TIA koʻrsatkichlariga rioya qilinmayapti, jalb qilingan xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish imkonini bermaydigan zararlar paydo boʻlmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarga tariflarning maqbul darajasini saqlagan holda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining samarali faoliyat koʻrsatishini, shuningdek jalb qilingan xorijiy kreditlar boʻyicha majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi rahbari (A. Vafoyev) hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi rahbari (R. Astanov) egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirilganligi va ular jinoiy javobgarlikka tortilganligi toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Buxoro viloyati hokimi (S. Xusenov) hamda Samarqand viloyati hokimi (M.Nurmurotov)ga suv taʼminoti korxonalarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va xorijiy kreditlar jalb qilingan ushbu loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taʼsirchan nazorat va zarur darajada muvofiqlashtirish ishlari yoʻqligi koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Samarqand shahar va Buxoro viloyati suv taʼminoti tizimini yaxshilash boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu tadbirlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida loyihalarning amalga oshirilishi va ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida har chorakda axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 14-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-avgustdagi
172-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand shahar va Buxoro viloyati suv taʼminoti tizimini yaxshilash boʻyicha loyihalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan tadbirlar kompleksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Kutilayotgan natija‎

Masʼullar‎

‎‎I. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tanqidiy baholash

1.‎ Quyidagilarni:

‎— Ispaniya Hukumatining krediti boʻyicha “Buxoro viloyatining suv taʼminotini taʼminlash”;
‎— Fransiya Hukumatining krediti boʻyicha “Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni koʻpaytirish, modernizatsiyalash hamda taqsimlash” yuzasidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy va ijtimoiy samarasini baholash ‎
2006-yil 15-sentabrgacha ‎ Jalb qilingan kreditlarning samaradorligini oshirish hamda ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash (Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlar kiritish)‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, invstitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari‎
2.‎ ‎Ispaniya Hukumatining kreditini oʻzlashtirish boʻyicha import kontrakti bajarilishini ekspertizadan oʻtkazish hamda samaradorligini baholash 2006-yil 15-sentabrgacha ‎ ‎Import kontraktiga qoʻshimcha bitimni ekspertiza qilish. Tovarlar va xizmatlar qiymatining bozor konyunkturasida yuzaga kelgan darajasidan farqi aniqlangan taqdirda, zararni qoplash yuzasidan takliflar kiritish ‎Tashqi iqtisodiy aloqalar,
‎ investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro viloyati hokimligi
3.‎ ‎“Oʻzkommunxizmat” agentligi huzuridagi Loyihani muvofiqlashtirish guruhi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari faoliyatini tahlil qilish va baholash ‎2006-yil 10-sentabrgacha ‎Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni samarali boshqarish boʻyicha Loyihani muvofiqlashtirish guruhi va Loyihani amalga oshirish guruhlari rahbarlari masʼuliyatini oshirish ‎Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti
4.‎ ‎Servis kontraktining moliyaviy va texnikaviy shartlari “Uzbek Water management GmbH” xalqaro operator tomonidan bajarilishini tahlil qilish ‎2006-yil 15-sentabrgacha ‎Suv taʼminlash korxonalarini boshqarishning samaradorligini oshirish hamda kredit mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash ‎Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari

‎‎II. Suv taʼminoti korxonalari menejmentini, ular tomonidan koʻrsatilayotgan
‎xizmatlar hajmlarini hisobga olish va nazorat qilishni takomillashtirish

5.‎ ‎Samarqand shahri va Buxoro viloyati suv taʼminoti korxonalari rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda kontrakt asosida tayinlashni amaliyotga kiritish, yollash shartnomalarida ularning majburiyatlarini, ish natijalarini baholash mezonlarini, shuningdek ragʻbatlantirish va iqtisodiy javobgarlikning aniq chora-tadbirlarini belgilash ‎muntazam ravishda ‎Rahbarlarning masʼuliyatini oshirish, kontrakt shartlarini bajarish, korxonani samarali boshqarish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab-chiqarish boshqarmasi
6.‎ ‎Suv taʼminoti korxonalari boʻyicha xizmatlar isteʼmolchilarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish ‎2006-yil 1-sentabrgacha va keyinchalik har chorakda ‎Ichimlik suvi hamda oqovalar oqib chiqishining haqiqiy miqdorini aniqlash, shuningdek aniqlangan hisobga olinmagan isteʼmolchilar hisobiga daromadlarni oshirish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
7.‎ ‎“Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan 2004-yil 9-avgustdagi 86-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan metodikaga asosan ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari hisob-kitoblari boʻyicha oʻz ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va yoʻqotishlarga suv sarfining normalarini tasdiqlash ‎2006-yil 1-sentabrgacha ‎Oʻz ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va hisobga olinmagan yoʻqotishlarga normativ va haqiqiy suv sarfini aniqlash ‎“Oʻzkommunxizmat” agentligi, ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
8.‎ ‎Oʻz ehtiyojlari, texnologik xarajatlar va yoʻqotishlarga haqiqiy suv sarfini tasdiqlangan normalar darajasigacha yetkazish ‎2007-yil 1-yanvargacha ‎Yoʻqotishlarni qisqartirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish ‎“Oʻzkommunxizmat” agentligi, ixtisoslashtirilgan loyihalash institutlari, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
9.‎ ‎Suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqi yigʻiluvchanligi darajasini 100 foiz darajasiga yetkazish ‎har oyda ‎Aylanma mablagʻlarni koʻpaytirish, debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
10.‎ ‎Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 61-son qaroriga asosan tasdiqlangan Dasturlarga hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 18-oktabrdagi 05-5-90-son tarkibiy oʻzgartirish rejalariga muvofiq suv chiqarish inshootlarida va aholiga suvni hisobga olish priborlari oʻrnatilishini taʼminlash ‎doimiy ravishda ‎Hisobga olishni yoʻlga qoʻyish, ortiqcha yoʻqotishlarni aniqlash ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi
11.‎ ‎Moliya vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga moliyaviy hisobot taqdim etish, keyinchalik ularni Moliya vazirligiga va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga taqdim etgan holda ‎har chorakda ‎Debitor va kreditor qarzlar paydo boʻlishini hisobga olish va nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning haqiqiy hajmlarini va xarajatlar miqdorlarini aniqlash ‎Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Buxoro va Samarqand viloyatla�i hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi

‎‎III. Suv taʼminoti korxonalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda jalb etilgan
‎ xorijiy kreditlar boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash

12.‎ ‎Ilgari berilgan kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarini Samarqand viloyat “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi balansidan “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi balansiga berish ‎2006-yil 1-sentabrgacha “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining daromad qismini koʻpaytirish ‎Samarqand viloyati hokimligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Samarqand viloyat “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi
13.‎ ‎Debitorlik qarzlarni undirib olish, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar boʻyicha ishlarni sudlarga oshirish ‎doimiy ravishda ‎Debitorlik qarzlarni qisqartirish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi, Moliya vazirligi
14.‎ ‎Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va aholi oʻrtasida tomonlarning javobgarligini aniq belgilovchi uch tomonlama shartnomalar tuzish ‎2006-yil 20-sentabrgacha ‎Kommunal xizmatlar koʻrsatilishi va ularga haq toʻlanishi uchun tomonlarning javobgarlik choralarini belgilash ‎Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi
15.‎ ‎Kreditlarga xizmat koʻrsatishda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining ulush qoʻshib qatnashishini ekspert jihatidan tahlil qilish va hisob-kitoblarni tayyorlash ‎2006-yil 20-sentabrgacha ‎Vujudga kelgan shart-sharoitlarga muvofiq TIA koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish ‎“Asaka” banki, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
16.‎ ‎Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining 2006-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kumulyativ qarzlarini qoplash yoʻli bilan ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar kiritish ‎2006-yil 5-sentabrgacha ‎Moliyaviy ahvolni yaxshilash, dekbitorlik-kreditorlik qarzlarni qisqartirish ‎Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-avgustdagi 172-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Moliyaviy Protokol doirasidagi qarz mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 17-iyundagi 305-son qarorining 4-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Samarqand viloyati hokimligining hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari hisobiga” soʻzlari “Samarqand viloyat, Samarqand shahar “Suvoqava” ishlab-chiqarish boshqarmalari hamda “Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga, yetmaydigan qismi — mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Moliya vazirligi 2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda olingan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va boshqa moliyaviy xarajatlarni qoplashning yetmaydigan qismi uchun mablagʻlarni nazarda tutsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-fevraldagi 67-son qarorining 4-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “oʻz mablagʻlari” soʻzlaridan keyin “etmaydigan qismi — mahalliy budjet mablagʻlari” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Moliya vazirligi 2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda olingan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va boshqa moliyaviy xarajatlarni qoplashning yetmaydigan qismi uchun mablagʻlarni nazarda tutsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki guruhi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 11-dekabrdagi 435-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “boshqarmalari mablagʻlari” soʻzlaridan keyin “etmaydigan qismi esa — respublika budjeti mablagʻlari” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqini qoplash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 332-modda; 2009-y., 16-son, 202-modda)