Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.1997 05.10.1991 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.1997
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINI
TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-martdagi 136-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 11-iyundagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada joylashgan dehqonchilik ixtisosidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning moddiy va tajriba-ishlab chiqarish bazalari bilan birga, ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi ixtiyoriga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining bosh vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika dehqonchilik-sanoat kompleksida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, yer-suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini intensiv asosda yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy-iqlim sharoitlari, nufus vaziyatining oʻzgarishi, yer va suv resurslari taqchilligining oʻsib borishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat kompleksi tarmoqlari rivojlanishi qonuniyatlari va istiqbollarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini, qishloq xoʻjaligini yuritish tizimini, dehqonchilik-sanoat kompleksi xoʻjalik mexanizmining iqtisodiy asoslarini, shuningdek, dehqonchilik-sanoat ishlab chiqarishi kooperativlashuvi va integratsiyasining zamonaviy shakllarini, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning ilgʻor metodlarini takomillashtirish muammolari boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq aholisi turmush darajasini oshirish, ularning mehnat va maishiy sharoitlarini, ish bilan samarali band boʻlishini yaxshilash, qishloqni ijtimoiy qayta qurish, atrof-muhit muhofazasi muammolarini tadqiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon fani va amaliyoti yutuqlaridan respublika dehqonchilik-sanoat kompleksini jadal rivojlantirish maqsadida foydalanish uchun ularni oʻrganish va umumlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining resurslarni tejovchi, tabiatni muhofaza qiluvchi, xomashyo resurslariga sanoat yoʻli bilan qayta ishlov beruvchi prinsipial yangi texnika va texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining dastlabki urugʻchiligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa va davlat xoʻjaliklari dehqon (fermer) xoʻjaliklari, dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlari amaliyotida fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlaridan eng toʻla foydalanishga har tomonlama koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning ilmiy muassasalari va oliy oʻquv yurtlarining idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, ularda olib borilayotgan dehqonchilik-sanoat sohasidagi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ularga ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning, tajriba-izlanish ishlarini oʻtkazishning progressiv metodlari va shakllarini egallagan yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining I. H. Joʻrabekov (rais), A. I. Imomaliyev, S. N. Usmonov, T. N. Guskova, V. I. Pleunev, M. Y. Islomov, M. M. Mirzayev, M. R. Nariyans, I. P. Makarov oʻrtoqlardan iborat tarkibdagi tashkiliy qoʻmitasi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari (akademiklar) va muxbir aʼzolari saylovini oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi uchun haqiqiy aʼzolar (akademiklar)ning 20 ta va muxbir aʼzolarning 30 ta boʻsh oʻrni belgilansin, haqiqiy aʼzolikka (akademiklikka) nomzodlar uchun cheklangan yosh — 65 yoshgacha, muxbir aʼzolikka nomzodlar uchun — 60 yoshgacha qilib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VASXNILning respublikada ishlovchi haqiqiy aʼzolari (akademiklar) va muxbir aʼzolari belgilangan oʻrin doirasida tegishli ravishda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining akademiklari va muxbir aʼzolari deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. VASXNIL rayosatining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Prezidenti bir vaqtning oʻzida VASXNIL vitse-prezidenti hisoblanishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va uning muassasalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va amaldagi moddiy imtiyozlar Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi rayosati aʼzolariga, rayosat apparati va akademiyaga qarashli ilmiy-tadqiqot muassasalari jamoalari xodimlariga tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida akademiya boshqaruv apparati sonini, ularni saqlashga hamda fundamental ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashga respublika budjetidan mablagʻlarning zarur hajmlarini aniqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izlanish va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, eksperimental ishlarni keng joriy etish, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar respublika dehqonchilik sanoat kompleksining korxonalari va tashkilotlari bilan shartnoma tuzish asosida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari, eksperimental bazalari va davlat xoʻjaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan markazlashgan tartibda taʼminlash uchun xoʻjalik hisobidagi “Oʻzagroakademtaʼminot” bazasini tashkil etish tavsiya qilinsin,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252-son

Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 5-oktabrdagi
252-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi
ixtiyoriga beriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

Shreder nomidagi ishlab chiqarish-ilmiy birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Soyuzxlopok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Don” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ipak” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻrtaosiyoqishloqxoʻjalikmexanizatsiyasi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston sholikorlik ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini tashkil etish va uning iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand shahridagi qorakoʻlchilik ilmiy-tadqiqot instituti