Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2011 15.05.2006 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HUKUMATNING QONUN LOYIHALARIGA DOIR ISh REJALARINI TAYYoRLASh VA QABUL QILISh HAMDA ULARNING IJROSI MONITORINGINI OLIB BORISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-sonli “Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi dasturlarini tayyorlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Normativ-huquqiy hujjatlar amalga oshirilishi monitoringi markazini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-dekabrdagi PQ–237-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejalarini tayyorlash va qabul qilish hamda ularning ijrosi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari koʻrsatib oʻtilgan Nizom talablarini hisobga olgan holda 2006-yil 15-iyungacha boʻlgan muddatda, Hukumatning 2006-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejasiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlar amalga oshirilishi monitoringi markaziga qonun loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hukumatning 2006-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasini joriy yilning 15-iyuligacha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 15-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
15-maydagi 84-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejalarini tayyorlash va qabul qilish hamda ularning ijrosi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir ish rejalarini tayyorlash va qabul qilish hamda ularning ijrosi monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejalari (keyingi oʻrinlarda Rejalar deb yuritiladi) jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashning ustuvor vazifalari hamda yoʻnalishlariga muvofiq, shuningdek huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish yoʻnalishlari va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari asosida joriy va uzoq muddatli istiqbolni koʻzlab shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Rejalar loyihalari, qoidaga koʻra bir yil uchun ishlab chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Rejalar loyihalari uzoq muddatli istiqbol uchun ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Rejalarda normativ-huquqiy hujjatlarning kompleksliligini va oʻzaro bir-birini toʻldirishini taʼminlash zarurligini hisobga olgan holda, faoliyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, gumanitar va boshqa sohalarida demokratik oʻzgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonun loyihalarini tayyorlash nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Rejalarni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejalari (rejalar loyihalari), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan qonun loyihalari, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish dasturlari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Hukumatning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha topshiriqlarining bajarilishi haqida xabardor qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha takliflarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va ular bilan oʻzining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Rejalarni tayyorlash va qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Rejalar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rejalar loyihalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning takliflarini umumlashtirish asosida ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rejalar loyihalarini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi monitoringi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Adliya vazirligi va Markaz Hukumatning qonun loyihalarini tayyorlashga doir ishlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha Komissiya, davlat muassasalari va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Rejalar loyihalariga kiritish uchun Markazga taqdim etiladigan qonun loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi takliflarda quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining shartli nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini qabul qilish zarurligining asoslanishi va ushbu qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlash uchun masʼul organning nomi va qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha hamijrochilar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar qonun loyihalarini ishlab chiqishni, ilmiy jihatdan asoslashni hamda qonun loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi takliflarni Markazga oʻz vaqtida taqdim etishni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Keyingi yil (undan keyingi yillar) Reja loyihasiga kiritish uchun qonun loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi takliflar ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan davlat organlari, davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Markazga joriy yilning 1-oktabridan kechikmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tegishli tashkilotlarning takliflari asosida Adliya vazirligi 1-dekabrdan kechikmay keyingi yil (undan keyingi yillar) uchun Rejani tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqishni, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan kelishishni taʼminlaydi hamda uni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining keyingi yil (undan keyingi yillar) uchun Rejani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori joriy yilning 25-dekabridan kechikmay qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yil (undan keyingi yillar) uchun Rejani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish, Hukumatga kiritish va uni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qabul qilingan Rejalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tasdiqlangan Rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Oliy majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligining Rejalarni oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflari ham uning oʻz tashabbusiga koʻra, ham manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Rejalarning ijrosi monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tegishli organlar va tashkilotlarning rahbarlari Rejalarda nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifati va ularni tayyorlash muddatlariga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini tayyorlash uchun masʼul organ rahbari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi ishlab chiqilishini tashkil qiladi, hamijrochi organlar va tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtiradi, ishlarga manfaatdor tashkilotlar vakillarini jalb etadi va kelishilgan qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda manfaatdor tashkilotlar, shu jumladan nodavlat notijorat va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga qonun loyihasini tayyorlashning borishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot beradi va Hukumat qarorini talab qiladigan masalalar boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakning dastlabki oyi birinchi kunidan kechikmay Markazga Rejalarning oʻzi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida axborot joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va unga metodik jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Rejalar ijrosi monitoringi Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Rejalar ijrosi monitoringi qonun loyihasini tayyorlash muddatlariga, belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan, shuningdek ularning amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi va vazifalariga, inson huquqlari va erkinligini himoya qilish talablariga, xalqaro normalar va standartlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga muvofiqligini baholash uchun amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Rejalar ijrosi monitoringini amalga oshirish uchun Markaz qonun loyihalariga doir ishlar masalalari boʻyicha axborotlarni soʻrab oladi, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini belgilangan tartibda jalb etadi, qonun loyihalariga doir ishlarning bajarilishini tekshiradi, statistik hamda boshqa axborotlarni tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Adliya vazirligi har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga qonun loyihalariga doir ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalarini ishlab chiqish muddatlari buzilgan taqdirda Adliya vazirligi tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun bu toʻgʻrida Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 175-modda)