toggle_night_mode
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 9 oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3254-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3254, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3254/1045-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026 yil 17 sentabr,
24/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 17-sentabrdagi 24/2-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankning ichki hujjatlarida belgilanadigan vakolat, vazifalar va javobgarlikning aniq tarzda taqsimlanishi;”.
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kengash va boshqaruv aʼzolari oʻz faoliyatini vijdonan, oqilona, bank va uning aksiyadorlari manfaatlari hamda maqsadlariga erishishni koʻzlab amalga oshirishi, shuningdek masʼuliyatni his qilgan holda javobgarlikni va jonkuyarlikni namoyon qilishi hamda sodiqlik bilan xizmat qilishi lozim.
Kengash va boshqaruv aʼzolarining oʻz faoliyatini vijdonan va oqilona amalga oshirishiga, masʼuliyatni his qilgan holda javobgarlikni va jonkuyarlikni namoyon qilishiga quyidagilar kiradi:”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kengash va boshqaruv aʼzolarining oʻz faoliyatini bank va uning aksiyadorlari manfaatlari hamda maqsadlariga erishishni koʻzlab amalga oshirishiga hamda sodiqlik bilan xizmat qilishiga quyidagilar kiradi:”.
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bankning ishchanlik obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlarni sodir etmasligi;”;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“obyektiv va mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjudligi;
bank faoliyati ustidan xolis nazoratni taʼminlash uchun kengashning yetarlicha mustaqil aʼzolari mavjudligi;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoʻmitalarning tarkibi, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilashda har bir qoʻmita zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinishi lozim.”.
6. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kengash qoʻmitalarning mustaqil va xolis faoliyat yuritishini taʼminlashi zarur.
Kengash qoʻmitalar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda vakolatlarning muvozanatli taqsimlanishiga erishish maqsadida bankning ichki hujjatlarida belgilangan davriylikda qoʻmitalar tarkibini qayta koʻrib chiqishi, shu jumladan ularning aʼzolari va raislarini rotatsiya qilish masalasini koʻrib chiqishi kerak.”.
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish maqsadida kengash audit qoʻmitasini tashkil etishi zarur. Qoʻmitaning koʻpchilik aʼzolari bankka aloqador shaxslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kengashdagi aʼzoligi mustasno. Audit qoʻmitasining raisi kengashning mustaqil aʼzosi boʻlishi va kengash raisi boʻlmasligi lozim.”.
8. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kengash tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasini bankning tavakkalchiliklar sohasi (risk-proifili), faoliyatining koʻlami hamda murakkabligini inobatga olgan holda tashkil etishi mumkin, bunda mazkur qoʻmitani tashkil etish tizimli ahamiyatga molik banklar uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qoʻmitaning (agar tashkil etilgan boʻlsa) koʻpchilik aʼzolari bankka aloqador shaxslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kengashdagi aʼzoligi mustasno. Tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasining raisi kengashning mustaqil aʼzosi boʻlishi va kengash raisi boʻlmasligi lozim.”.
9. Quyidagi mazmundagi 81-bob bilan toʻldirilsin:
“81-bob. Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va rivojlantirish
501. Banklarda rahbar xodimlar, shu jumladan kengash, boshqaruv aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar lavozimlari boʻyicha kadrlar zaxirasini shakllantirish va rivojlantirish rejasi (bundan buyon matnda kadrlar zaxirasi rejasi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi lozim.
502. Kadrlar zaxirasi rejasi bank boshqaruvining uzluksizligini taʼminlash maqsadida kengash, boshqaruv va muhim ahamiyatga ega xodimlar va (yoki) boshqa rahbarlik lavozimlari uchun salohiyatli nomzodlarni avvaldan aniqlash, shuningdek mazkur nomzodlarni va ushbu lavozimlarda amalda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning koʻnikmalarini rivojlantirish va doimiy ravishda baholashga oid tartiblarni oʻz ichiga olishi kerak.
503. Kadrlar zaxirasi rejasi kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Kadrlar zaxirasi rejasi bir yilda kamida bir marotaba va (yoki) bankning strategiyasida, tashkiliy tuzilmasida, uning rahbar xodimlari tarkibi yoki lavozimlarga qoʻyiladigan malaka talablarida sezilarli oʻzgarishlar yuz berganda qayta koʻrib chiqilishi va zaruratga koʻra yangilanishi lozim.
Kengash kadrlar zaxirasi rejasi ishlab chiqilishiga va samarali amalga oshirilishini taʼminlashga hamda uning ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.
504. Kadrlar zaxirasi rejasi kamida quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
kadrlar zaxirasi rejasida qamrab olinuvchi rahbarlik lavozimlari roʻyxati;
har bir rahbarlik lavozimi boʻyicha zarur bilim, tajriba, kompetensiyalar va malaka talablari tasnifi hamda ushbu lavozimlar uchun nomzodlarni aniqlash, ularni baholash hamda bankning strategik maqsadlari va faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning muvozanatli tarkibini taʼminlash mezonlari;
rahbarlik lavozimlari uchun nomzodlarni hamda ushbu lavozimlarni egallab turgan rahbar xodimlarni doimiy rivojlantirish, shuningdek ularning salohiyati va tegishli lavozim talablariga muvofiqligini davriy (bir yilda kamida bir marotaba) baholab borish boʻyicha chora-tadbirlar;
kutilmagan holatlar roʻy berganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
505. Kutilmagan holatlar deganda rahbar xodimlar lavozimni tark etishi yoki oʻz vazifalarini bajarish imkoniyatini yoʻqotishi yoxud boshqa oldindan bilish (taxmin qilish) imkoniyati boʻlmagan holatlar tushuniladi. Bunda vakant lavozimlar imkon qadar qisqa muddatlarda toʻldirilishi lozim.”.
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kengash aʼzolarini tanlash, baholash va tayinlash tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari hamda kengash tarkibini shakllantirish tamoyillari;”;
oʻn uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ boshqaruvga oid ichki meʼyoriy hujjatlari: odob-axloq qoidalari (standartlari, kodeksi va boshqalar), maʼlumotlarni oshkor qilish boʻyicha bank siyosati, bankning dividendlar toʻlash siyosati, shuningdek, kengash, boshqaruv aʼzolari hamda bankning muhim ahamiyatga ega xodimlarini mukofotlash siyosati va boshqalar;”;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“bank faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan sezilarli tavakkalchiliklar va ularni boshqarish boʻyicha asosiy choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yillik hisobot yakunlari boʻyicha kengash va boshqaruvning oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;”;
oʻn beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2026 y., 10/26/3254-2/1020-son)