Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 14-bandning
birinchi xatboshisi “hisoblangan foizlarni” degan soʻzlardan keyin “yoxud boshqa daromadlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 47-bandning
“v” kichik bandidagi “omonatlarini va unga hisoblangan foizlarni” degan soʻzlar “mablagʻlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“Tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida naqd xorijiy valyutalarni va boshqa qimmatliklarni hududlararo tashish Markaziy bankning farmoyishlariga asosan, hudud ichida tashish inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari farmoyishlariga asosan amalga oshiriladi.”.
“327. Markaziy bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarni, shu jumladan naqd xorijiy valyutalarni tashishga doir farmoyishlari “Elektron farmoyishlar” dasturi yordamida avtomatik tarzda tayyorlanadi. Farmoyishlarning nusxalari joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi bank boʻlinmalariga elektron fayl koʻrinishida joʻnatiladi. Farmoyishning chop etilgan bir nusxasi Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti yigʻmajildida nazorat uchun saqlanadi.”.
5.
328-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Inkassatsiya xizmatini belgilangan talablar asosida tashkil etgan tijorat banklari bank boʻlinmalari oʻrtasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishni tashkil etishlari mumkin.”.
6. Quyidagi mazmundagi 3281-band bilan toʻldirilsin:
“3281. Inkassatsiya xizmatlari tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni hududlararo tashishda transport vositalari kuzatuvini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.”.