toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 9 oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3951]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor S. MURODOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19 sentabr,
01/07-7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 19-sentabrdagi 01/07-7-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son “Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻida (roʻyxat raqami 3372, 2022-yil 28-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son):
nomi va 1-banddagi “2000” raqami “5000” raqami bilan almashtirilsin;
nomi, muqaddima, 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “2000” raqami “5000” raqami bilan almashtirilsin;
4-banddan “yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8-bandning beshinchi xatboshisidan “, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “2000” raqami “5000” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidan “, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ilova belgisi hamda nomidagi “2000” raqami “5000” raqami bilan almashtirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “2000” raqami “5000” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 13-fevraldagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3503, 2024-yil 18-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 10/24/3503/0239-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidan “yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 17-iyundagi 01/07-14/43-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3644, 2025-yil 7-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/3644/0573-son) bilan tasdiqlangan Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlinmalarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
4-banddan “yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8-bandning beshinchi xatboshisidan va 10-bandning beshinchi xatboshisidan “, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2026 y., 10/26/3951/1017-son)