Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210, 2020-yil 13-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.”.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Nomzodga oldindan tayyorlangan psixologik test savollari boʻyicha 2 ta vazifa beriladi. Bunda birinchi vazifa nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganishga qaratilgan boʻlib, har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 52 ta topshiriqdan iborat.
Ikkinchi vazifa nomzodning psixoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganishga qaratilgan boʻlib, javoblarning samimiyligini aniqlash uchun 13 ta savol hamda har bir notoʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 152 ta savoldan iborat soʻrovnomani oʻz ichiga oladi.
Nomzodga vazifalarni bajarish uchun jami 1 soat vaqt beriladi. Bunda birinchi vazifani bajarish uchun 20 daqiqa, ikkinchi vazifani bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Nomzodga, shuningdek, har bir vazifa boʻyicha yoʻriqnomani oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha ravishda 2 daqiqadan vaqt beriladi.”.
ilova mazkur oʻzgartirishlarning
ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.