OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son qarori (roʻyxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar (qarzlar) berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;”.
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Ushbu Nizomning banklarga nisbatan belgilangan qoidalari islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan ham tatbiq etiladi.”.
3.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan vaqtdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Banklar mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishi talab etilmaydi. Bunda banklar tegishli professional faoliyat uchun belgilangan litsenziya va (yoki) xabardor qilish talablari va shartlarini bajarishdan ozod etilmaydi.”.
4.
9-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart)” degan soʻzlar “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning oʻz mablagʻlari miqdori va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3729, 2025-yil 18-dekabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.