Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan “Toza qoʻllar” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun)
552-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“552. Aholi punktlaridagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi quyidagi yechimlardan biri asosida loyihalashtirilishi lozim:
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga ulash;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi mavjud boʻlmagan holda oqova suvlarni olib chiqib ketish yoki infiltratsiyali tizimga ulash.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.