toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 552-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 407]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan “Toza qoʻllar” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun) 552-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“552. Aholi punktlaridagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi quyidagi yechimlardan biri asosida loyihalashtirilishi lozim:
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga ulash;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻi mavjud boʻlmagan holda oqova suvlarni olib chiqib ketish yoki infiltratsiyali tizimga ulash.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-iyun,
01/2-24-son
Kelishildi:
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisning birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2026-yil 14-may
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 6-may
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
2026-yil 4-may
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2026-yil 30-aprel