Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va
qoidalariga (hisob raqami 299, 2024-yil 2-oktabr)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining
5-bandi 2027-yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladi.
“SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash;”;
oltinchi xatboshidagi “QMQ 2.04.02-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.02-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1-jadvalning izoh qismi
5-bandidagi “Professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
85-banddagi “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 2051-band bilan toʻldirilsin:
“2051. Koʻp qavatli uy-joylarni loyihalashda ulardagi xonadonlar ichiga kiradigan ichimlik suv tarmoqlari oʻlchov nuqtasi (uzel) 1 tadan oshmasligi nazarda tutilishi lozim.”.
6.
220-banddagi “professional taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9 va 11-pozitsiyalar “Suv isteʼmolchilari” ustunidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyasi “Suv isteʼmolchilari” ustunidagi “Professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismi
8-bandidagi “17-band boʻyicha” degan soʻzlar “mazkur SHNQning 21 — 23-bandlariga asosan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.