toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 406]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 299, 2024-yil 2-oktabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining 5-bandi 2027-yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-iyun,
01/2-22-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 10-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 12-iyundagi 01/2-22-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash;”;
oltinchi xatboshidagi “QMQ 2.04.02-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.02-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4, 225, 239, 264 va 293-bandlardagi “QMQ 2.04.02-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.02-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1-jadvalning izoh qismi 5-bandidagi “Professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 85-banddagi “professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 2051-band bilan toʻldirilsin:
“2051. Koʻp qavatli uy-joylarni loyihalashda ulardagi xonadonlar ichiga kiradigan ichimlik suv tarmoqlari oʻlchov nuqtasi (uzel) 1 tadan oshmasligi nazarda tutilishi lozim.”.
6. 220-banddagi “professional taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 296-bandning ikkinchi xatboshisi, 314, 485 va 493-bandlardagi “QMQ 2.01.09-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.09-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9 va 11-pozitsiyalar “Suv isteʼmolchilari” ustunidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13-pozitsiyasi “Suv isteʼmolchilari” ustunidagi “Professional taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar “Kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
izoh qismi 8-bandidagi “17-band boʻyicha” degan soʻzlar “mazkur SHNQning 21 — 23-bandlariga asosan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.