Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining
103,
105-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunini
6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 5-6-son, 102-modda) “Tranzit rejimi toʻgʻrisida”gi
Tartib (Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-dekabrda 577-raqam bilan oʻtgan), “Avtomobil transportida tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish toʻgʻrisida”gi
Tartib (Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 19-yanvarda 875-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan), Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli va 1999-yil 31-dekabrdagi 552-sonli qarorlariga muvofiq, Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Avtomobil yoʻllari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi toʻgʻrisida Nizom
* ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan boshlab, oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.