1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi BOSh DIREKTORINING
BUYRUgʻI
UMUMIY FOYDALANIShDAGI TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOGʻIDA TELEFON ALOQA XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1323-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarori va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 15-martda 1323-son bilan davlat roʻyxatiga olingan “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻida telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.