1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUgʻI
SUGʻURTALOVChILARNING AKTIVLARI VA MAJBURIYATLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-martda 1328-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 8-fevraldagi 10-sonli “Sugʻurtalovchilarning alohida sugʻurta tavakkalchiliklari boʻyicha majburiyatlari, jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp hajmi va toʻlov qobiliyati meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1565, 22.04.2006-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilingan Sugʻurtalovchilarning aktivlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-mayda 39-son (1999-yil 4-sentabr, roʻyxat raqami 739-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurta tashkilotlarining aktivlariga doir majburiyatlarini meʼyoriy nisbatlari toʻgʻrisidagi nizom;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 2-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan sugʻurta tashkilotlarining aktivlariga doir majburiyatlarini meʼyoriy nisbatlari toʻgʻrisidagi nizomiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 1-sonli buyrugʻi (2002-yil 12-yanvar, roʻyxat raqami 739-1-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 1-2 son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-yanvar,
18-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 136-modda)