1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGI OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KABEL, EFIR-KABEL TELEVIDENIYESI TOʻGʻRISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-oktabrda 1420-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻrsatuvlarni uzatish boʻyicha xizmat koʻrsatish, ishlab chiqish, egalik qilish, tarqatish, translatsiya qilish, tarqatish, translatsiya (retranslatsiya) qilishda kabel, efir-kabel televideniyesi sohalarida faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qaror qilamiz:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida kabel, efir-kabel televideniyesi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;