1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining
QARORI
“ILMIY UNVONLAR BERISh TOʻGʻRISIDA NIZOM”GA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 262-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-sonli “Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2444, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 262-raqam bilan roʻyxatga olingan “Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUHITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi 96/5-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 262-raqam bilan roʻyxatga olingan Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur ixtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada maʼlum yutuqlarga erishgan oliy maʼlumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.”.
2. 2-bandda “kengashlarning” soʻzidan keyin “(bundan buyon — kengash)” soʻzlari qoʻshilsin.