1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 270-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-dekabr,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 420-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar