1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Voyaga yetmaganlar bilan ishlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2820]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-iyul,
7-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-iyul,
52-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 12-iyuldagi 7-mh, 52-son qaroriga ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini (bundan buyon matnda toʻlov deb yuritiladi) undirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
1. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
2. Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlar) uzaytirilgan kun guruhlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisida nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 6-mh-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 28-maydagi 127-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-2, 10.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida toʻlov har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida undiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 38-qq, 90-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-1, 26.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/2820-1/3644-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhidagi bolalar soni 25 — 30 nafar etib belgilanadi.
2-bob. Toʻlovni amalga oshirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
5. Toʻlov ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
6. Ota-onalar tomonidan shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan toʻlovning shartnomada belgilangan miqdorda uzrli sabablarsiz toʻlanmasligi bolaning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlarida boʻlishini toʻxtatish uchun asos boʻladi.
7. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlari uchun toʻlanadigan toʻlov oʻquv yili (sentabr — may oylari) davomida oyma-oy toʻlab boriladi. Joriy oy uchun toʻlov shu oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
8. Toʻlov tijorat banki orqali istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda, shu jumladan bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) toʻlanadi. Bunda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga taqdim etiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
9. Toʻlov umumiy oʻrta taʼlim muassasasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 6-mh-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 28-maydagi 127-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-2, 10.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son)
3-bob. Toʻliq qatnashilmagan kunlar uchun toʻlov hisob-kitobi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
10. Ota-onaning yozma arizasiga asosan, bolaning uzaytirilgan kun guruhiga qatnashi vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatiladigan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda uzaytirilgan kun guruhiga qatnashadigan kunlar uchun toʻlanadi.
11. Bolaning oʻzi yoki oila aʼzolarining kasalligi, karantin, shuningdek ota-onalarning mehnat taʼtili paytida yoki boshqa sabablarga koʻra bola uzaytirilgan kun guruhiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan taqdirda, ota-onaning yozma arizasiga asosan, ushbu kunlar uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlov keyingi oylar uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi.
Bunda bolaning uzaytirilgan kun guruhiga kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oy uchun toʻlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.
12. Bir kunlik toʻlov miqdori oylik toʻlov miqdorini uzaytirilgan kun guruhi ish kunlarining rejadagi soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
13. Bolaning uzaytirilgan kun guruhiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota-onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda toʻlov toʻliq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
14. Toʻlanishi belgilangan oxirgi kundan boshlab ikki hafta mobaynida toʻlov belgilangan miqdorda va uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, bolaning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhida boʻlishi toʻxtatiladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
15. Toʻlov amalga oshirilmaganligi oqibatida kelib chiqqan qarzdorlik toʻliq bartaraf etilmagunga qadar bolaning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhiga qatnashiga ruxsat berilmaydi hamda qarzdorlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
(15-bandOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida bazaviy hisoblash miqdori oʻzgargan hollarda, bazaviy hisoblash miqdori oʻzgargan sanadan boshlab toʻlov qayta hisob-kitob qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 38-qq, 90-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-1, 26.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/2820-1/3644-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlangan va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
17. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda davlat taʼminotidagi oila va kambagʻal oila farzandlariga, shundan soʻng kambagʻallik chegarasidagi oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
18. Toʻlovdan ozod qilinadigan oʻquvchilar roʻyxati ular Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzosi ekani haqidagi maʼlumot asosida shakllantiriladi.
Bunda maʼlumot umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
19. Toʻlovdan ozod qilinadigan Ijtimoiy reyestrdagi oila farzandlari roʻyxati oʻquv yilining 25-sentabr sanasiga qadar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
20. Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlariga qatnashi toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar toʻlovdan ozod qilingan bolalar roʻyxatiga kirmay qolgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari hisobiga toʻldiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 21-iyuldagi 1-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 387-sonli qarori (roʻyxat raqami 3918, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)
5-bob. Toʻlovdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
21. Toʻlovdan tushgan mablagʻlar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi uzaytirilgan kun guruhlarining tarbiyachilari (bundan buyon matnda tarbiyachi deb yuritiladi) mehnatiga haq toʻlash xarajatlariga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
22. Tarbiyachilarning oylik ish haqi miqdori pedagog xodimlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
(22-bandOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.01 Har yilgi mehnat taʼtili]
23. Tarbiyachilarga mehnat taʼtili berish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mehnat taʼtili muddati belgilangan tartibda ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
(23-bandOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
24. Tarbiyachilarning mehnat haqi va mehnat taʼtili haqiga toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin boʻshab qolgan mablagʻlar ularni moddiy ragʻbatlantirish xarajatlariga, shuningdek kuzatuv kengashining roziligi bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlarga erkin yoʻnaltirilishi mumkin.
(24-bandOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
25. Uzaytirilgan kun guruhlarining buxgalteriya hisobini yuritish umumiy oʻrta taʼlim muassasasining buxgalteri yoki maktabgacha va maktab taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 6-mh-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 28-maydagi 127-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-2, 10.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son)
26. Buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning kirim qilinishi va sarflanishi hisobotlarini tuzish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(26-bandOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
27. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining direktori va buxgalteri yoki maktabgacha va maktab taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh buxgalteri toʻlovlarning maqsadli sarflanishi uchun javobgar hisoblanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 6-mh-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 28-maydagi 127-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-2, 10.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son)
28. Toʻlovlardan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat departamenti tomonidan olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 6-mh-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 28-maydagi 127-sonli qarori (roʻyxat raqami 2820-2, 10.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son)
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(29-bandOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 383-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/2820-1/3644-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 11.06.2024-y., 10/24/2820-2/0414-son; 11.08.2025-y., 10/25/2820-3/0719-son; 05.08.2026-y., 10/26/3918/0818-son)