1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.04.00 Sud protsessida advokatlarning ishtiroki]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-yanvarda 2757-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-yanvar,
1-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-yanvar,
4-son
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-yanvar,
2-qq-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-yanvar,
1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-yanvar,
2016-02-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-yanvar,
01-02/20-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 13-yanvardagi 1, 4, 2-qq, 1, 2016-02, 01-02/20-1-sonli qaroriga ILOVA
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini taʼminlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
1. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tekshirishlar ularni oʻtkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik subyektlarining vakolatli vakillari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.12 Malakali yuridik yordam olish huquqi]
2. Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni tekshirishning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
3. Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan advokatni jalb etish istagi bildirilgan boʻlsa, tekshirishni boshlash advokat yetib kelgunga qadar yigirma toʻrt soatga toʻxtatib turiladi. Advokat yigirma toʻrt soat oʻtgandan keyin tadbirkorlik subyektini himoya qilishga kirishmagan taqdirda, tekshirish uning ishtirokisiz boshlanadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.04.00 Sud protsessida advokatlarning ishtiroki]
Tadbirkorlik subyekti jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishga jalb etilgan taqdirda, uni advokat bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Tadbirkorlik subyektining tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish huquqini taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
4. Surishtiruv va tergov organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish uchun qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligi asos boʻladi. Bunda tekshirish tadbirkorlik subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatini qamrab olishi mumkin boʻlib, bu haqda tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar, oʻtkazilishidan oldin, tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror taqdim qilinadi va uning nusxasi unga imzosi qoʻyilgan holda topshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 8-iyundagi 4, 68, 13-QQ, 22, 2017-28, 01-02/4-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 2757-1, 08.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT,2017-y., 23-son, 485-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
5. Tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishi yurituvi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan va surishtiruv yoki tergov organining gerbli muhri qoʻyilgan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
6. Tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirilgandan soʻng, unga advokat jalb etish huquqi tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi.
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
bayonnoma tuzilgan sana, vaqt va joy;
bayonnoma tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirish kim tomonidan, qaysi jinoyat ishi yuzasidan, qachon va qanday hujjat asosida tayinlanganligi;
faoliyati tekshirilishi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektining toʻliq nomi va rekvizitlari;
tadbirkorlik subyektining vakolatli vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, shuningdek vakilning shaxsini va vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tekshirishni amalga oshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish huquqi tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
jalb etilgan advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi, advokatlik tuzilmasining nomi va ishni olib borishga order rekvizitlari;
tadbirkorlik subyektining vakolatli vakilining tekshirishda ishtirok etish uchun advokat jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish masalasi boʻyicha fikri.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
7. Bayonnoma uch nusxada tuzilib, jalb etilgan mansabdor shaxslar, tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili va advokat tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning birinchi nusxasi jinoyat ishiga qoʻshiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili hamda advokatga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
8. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda ushbu subyektning biror-bir xodimining advokati jinoyat ishida ishtirok etayotganligidan qatʼi nazar, tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish huquqi taʼminlanishi lozim.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.03.00 Advokatlarning huquq va majburiyatlari]
9. Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam koʻrsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan tadbirkorlik subyektining manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni dastlabki tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi boʻlgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor boʻlsa bu hol unga tadbirkorlik subyektining manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
10. Tekshirish davomida tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili yoki advokat, shuningdek tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar, shuningdek tegishli organlarga tekshirish yuzasidan takliflar va iltimosnomalar kiritishlari, fikr va eʼtirozlar bildirishlari va qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etishlari mumkin. Mazkur hujjatlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
11. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan jalb etilgan advokatlarga yuridik yordam koʻrsatganligi uchun haq toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
13. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi R. AXMEDOV
2016-yil 13-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 41-modda; 2017-y., 23-son, 485-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)