toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalariga oʻzgartishlar kiritish haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi 30-II-sonli qarorining 1 va 2-ilovalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 3, 144-modda; 2011-yil, № 3, 89-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn birinchi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-mart,
KQ-54-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 5-martdagi KQ-54-II-sonli qaroriga
ILOVA
1. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
TARKIBI

Komissiya raisi

Radjabova Mavjuda Abdullayevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari

Komissiya raisining oʻrinbosarlari

Altiyev Abdurashid Sultanovich

—

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi

Xujamberdiyev Mamazair

—

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

Komissiya kotibi

Sidikov Damir Lutfullayevich

—

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Komissiya aʼzolari:

Aimbetov Nagmet Kalliyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi

Radjapov Mavrutali Gapirovich

—

“GM-Oʻzbekiston” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori oʻrinbosari

Adizov Zamir Narzulloyevich

—

Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji direktori

Ergashev Quraqboy Yalgashevich

—

Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

Ibraimov Xolboy

—

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori

Matkarimov Paxridin Jurayevich

—

Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektori

Toshev Farmon Isxakovich

—

“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri

Burxanov Alisher Xadjimuradovich

—

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Aripova Shoxida Raxmatovna

—

Termiz shahar 4-ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati direktori

Karimov Xolmurod Abduraxmonovich

—

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Qoʻrgʻonova Raximaxon

—

Buvayda pedagogika kolleji direktori

Abdikarimova Sayyora Sapayevna

—

Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Nazarov Tura Abdullayevich

—

Qarshi tibbiyot kolleji direktori

Abduraximova Farida Yuldashevna

—

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi”;

2. 2-ilova 4-bandining 5-kichik bandidagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 88-modda)