1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.08.00 Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari bozori;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
BUYRUGʻI
“UYUSHGAN BIRJADAN TASHQARI BOZORDA KORPORATIV QIMMATLI QOGʻOZLAR OLDI-SOTDISIGA DOIR BITIMLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-oktabrda 1384-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-sonli “Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3596, 27.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi Bosh direktori tomonidan 2004-yil 10-iyundagi 2004-13-sonli “Uyushgan birjadan tashqari bozorda korporativ qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisiga doir bitimlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (2004-yil 16-iyul, roʻyxat raqami 1384 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 325-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.