1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI “OʻZFARMSANOAT” DAKNING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2006 YIL 14 IYuLDAGI PQ-416-SON QARORI BILAN BELGILANGAN IMTIYOZLAR QOʻLLANILADIGAN, ChETDAN OLIB KELINADIGAN DORI-DARMON VA TIBBIYOT BUYuMLARINI IShLAB ChIQARISh UChUN MOʻLJALLANGAN XOM AShYo VA MATERIALLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 16-avgustda 1612-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 6-maydagi 5-3-6/28, 53, EG-01/10-2053, 01-02/8-9 va 2009-yil 20-apreldagi 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1952, 08.05.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi “Dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlarni ishlab chiqaradigan mamlakatimizning korxonalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida,qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi PQ-416-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar qoʻllaniladigan, chetdan olib kelinadigan dori-darmon va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan xomashyo va materiallar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.