OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3427-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/11-son qarori (roʻyxat raqami 3427, 2023-yil 18-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2023-y., 10/23/3427/0218-son) bilan tasdiqlangan Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-iyul,
19/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari, mikromoliya banklari, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarni belgilaydi.”.
2. 8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit (moliyalashtirish) siyosati (bundan buyon matnda kredit siyosati deb yuritiladi);”.
3. 16-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bankning oʻziga xos ichki omillari, shu jumladan bankning kreditlash (moliyalashtirish) (bundan buyon matnda kreditlash deb yuritiladi) bilan bogʻliq faoliyati xususiyatlari va kredit (moliyalashtirish) portfeli (bundan buyon matnda kredit portfeli deb yuritiladi) tarkibini.”.
4. 34-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kreditlar (moliyalashtirish) (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi) bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash (kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar), shu jumladan muammoli aktivlarni aniqlash jarayonlari va aktivlar sifatini tasniflash hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholash;”.
5. 44-bandning ikkinchi xatboshisi “faktoring” degan soʻzdan keyin “, islomiy moliya operatsiyalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 50-bandning oltinchi xatboshisidagi “kreditlarni” degan soʻz “aktivlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 512 -bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit portfelida kutilgan eng yuqori yoʻqotishlar, muammoli aktivlar ulushi va hisobdan chiqariladigan aktivlar darajasini.”.
8. 60-bandning oltinchi xatboshisi “bank kreditlarining” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) islomiy moliya operatsiyalarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026 y., 10/26/3427-2/0788-son)