18.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3728
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 18.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3728
Date of entry into force
22.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3728]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor LI. DMITRIY
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 15 oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 13-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 14-noyabrdagi 18-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachisi — mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
broker — fond birjasining aʼzosi boʻlgan, mijoz topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi investitsiya vositachisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diler — fond birjasining aʼzosi boʻlgan, oʻz nomidan va oʻz hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi investitsiya vositachisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining xizmatlaridan foydalanuvchi deponent yoki boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anderrayter — anderrayting faoliyatini amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi yoki tijorat banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meyker — qimmatli qogʻozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan investitsiya vositachisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvi — investitsiya vositachisi va (yoki) mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida oʻz faoliyatini olib boruvchi uning xodimlari (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) bilan investitsiya vositachisining mijozi oʻrtasidagi mulkiy va boshqa manfaatlar toʻqnashuvi boʻlib, u mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi xodimlar manfaatlari bilan bogʻliq holda yuzaga keladi hamda investitsiya vositachisi va (yoki) uning xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida mijozga zarar yetkazishi va (yoki) mijoz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat banklari va sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega sugʻurta tashkilotlari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni qonunchilik hujjatlarida ushbu faoliyat uchun oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega. Bunda, tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiya vositachisining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazorat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishning umumiy talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya vositachisi shartnoma asosida mijozlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitar operatsiyalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anderrayterlik xizmatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya vositachisi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anderrayterlik xizmatlari Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3610, 2025-yil 28-fevral);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
market-meykerlik xizmatlari Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1682, 2007-yil 26-may);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitar operatsiyalar Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari (roʻyxat raqami 3628, 2025-yil 16-iyun) talablari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning qimmatli qogʻozlarini sotib olish va sotishga buyurtma berish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarni tuzish va ijro etish bilan bogʻliq barcha zarur maʼlumotlarni mijozlarga yetkazishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar toʻgʻrisida mijozlarga hisobot berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvida, shu jumladan dilerlik operatsiyalarini qoʻshib olib borish bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda mijozni nizo kelib chiqishi haqida darhol xabardor qilishi va uni mijoz foydasiga hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachisi tomonidan mijozning topshirigʻi qabul qilinishidan oldin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvi haqida mijozni xabardor qilmagan boʻlsa, yetkazilgan zararning oʻrnini mijozga qoplab berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz topshirigʻi asosidagi bitimlarni oʻz dilerlik operatsiyalariga nisbatan ustuvor ravishda amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha topshiriq va majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xavf-xatarlar haqida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarga qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining qoidalariga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda sotib olish va sotish imkonini berishi, bunda bitimlarning oqibatlari uchun investitsiya tavakkalchiliklari boʻyicha javobgarlikni mijozlarning oʻzlariga yuklashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning shaxsini tekshirishi (KYC) va pul mablagʻlari manbalarini aniqlashi, amalga oshirilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda soliq organlari va boshqa vakolatli organlarga taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarda qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining qoidalariga rioya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritishi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ-huquqiy hujjatlariga, oʻz tartib-taomillari va qoidalariga muvofiq ichki nazoratni tashkil etishi va amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari miqdorining yetarli darajada boʻlish meʼyoriga muvofiqligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlarining hisobini yuritishi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarga dividendlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik ravishda toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominal saqlovchi sifatida oʻz mijozlarining qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarini toʻliq va oʻz vaqtida, shu bilan birga qimmatli qogʻozlar muomaladan chiqarilganda ularning nominal qiymatini olishda yordam koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tegishli litsenziyasiz qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mijozlar bilan ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarini cheklovchi shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) taqiqlangan bitimlar yoki qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan bitimlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) investitsiya vositachisiga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning qiymati toʻliq toʻlanguniga qadar ularga doir bitimlar tuzish, bundan nettingdan foydalanish mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) mijozlarga qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilishdan olinadigan daromadni kafolatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mijozlarning qimmatli qogʻozlarini joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, agar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu qimmatli qogʻozlar emissiyasini toʻxtatgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) qimmatli qogʻozlar bozorida tegishli professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar bozori ishtrokchilarining professional xizmatlaridan foydalangan holda qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq bitimlar tuzish (qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanuvchi tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlarining professional xizmatlaridan foydalanish holatlaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) investitsiya vositachisining hisobvaragʻida boʻlgan mijozlarning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlaridan mijozning topshirigʻisiz foydalanish, bundan shartnomada alohida qayd etilgan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish, maxfiy va insayder axborotdan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) qimmatli qogʻozlar va ularga doir narxlar toʻgʻrisida qasddan buzib koʻrsatilgan axborotni taqdim etish orqali qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga undash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiya vositachisi mijozning talabiga binoan unga quyidagi maʼlumotlarni bepul taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) investitsiya vositachisining yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatning elektron nusxani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) investitsiya vositachisi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning elektron nusxasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) investitsiya vositachisining ustav fondi, oʻz mablagʻlari va zaxira fondi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) bitimlarni tuzish va boshqa xizmatlar uchun toʻlov (stavkalar), mukofotlar va boshqa yigʻimlarning narxlari hamda miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) mijoz oladigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mijoz oladigan qimmatli qogʻozlarning emissiya risolasidagi axborotlar, shuningdek ushbu qimmatli qogʻozlarning investor tomonidan maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan sanadan oldingi olti hafta davomidagi narxlari haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) qimmatli qogʻozlarga doir oʻz nomidan va mijoz hisobidan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari boʻyicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlar va shaklda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini hisobot choragi tugagandan soʻng ikki ish kuni ichida yozma shaklda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir chorak davomida faqat bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan amalga oshirilgan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur emitentning qimmatli qogʻozlari umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan boʻlsa, xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham oshkor qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki u tugatilgan taqdirda, bu haqida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya vositachisi sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turayotgan, tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkaziladi, bunday qaror mavjud boʻlmagan taqdirda esa, qimmatli qogʻozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga (faoliyatni toʻxtatib turish hollari bundan mustasno) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur bandda koʻrsatilgan harakatlar yakunlanganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Brokerlik faoliyatini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Broker mijozdan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha bitim tuzishda mijozning toʻlov qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qimmatli qogʻozlarning va ularga boʻlgan mulk huquqining mavjudligi — ularni sotish boʻyicha shartnoma tuzilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qimmatli qogʻozlarga uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilganligi yoki ushbu qimmatli qogʻozlar taqdim etadigan huquqlarning amalga oshirilishi toʻxtatilishi yoxud imkonsizligini keltirib chiqaruvchi emitentning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq mijozga maʼlum boʻlgan vaziyatlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) mijozning layoqati — jismoniy shaxslarning oʻz harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega boʻlish va ularni amalga oshirish, oʻzi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni toʻliq yoki qisman bajarish layoqati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) mijozlar rahbarlarining vakolatlari — yuridik shaxslarning manfaatlarini ifodalash va ushbu yuridik shaxslar uchun huquqiy oqibatlarga olib keladigan harakatlarni amalga oshirishga qonuniy huquqqa egaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) brokerlik xizmatlari orqali bitimni amalga oshirishni xohlagan mijozning hisobvaragʻida turgan qimmatli qogʻozlarning haqi toʻliq toʻlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Broker oʻziga berilgan topshiriqni shaxsan oʻzi bajaradi, topshiriqni boshqa shaxsga berish (ishonib topshirish) bundan mustasno. Brokerlar oʻziga berilgan topshiriq boʻyicha bitimlar tuzishni faqat boshqa brokerga berishi (ishonib topshirishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Brokerlik xizmatlarini bajarish jarayonida investitsiya vositachisi mijoz bilan tuzilgan shartnoma asosida, oʻz mijoziga uyushgan savdolarda qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish uchun pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar koʻrinishida qarz berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Broker oʻziga mijoz tomonidan berilgan pul mablagʻlaridan, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, oʻz manfaatlarini koʻzlab foydalanishga haqli boʻlib, mijozga uning topshiriqlari koʻrsatilgan pul mablagʻlari hisobidan bajarilishini yoki mijozning talabiga koʻra pul mablagʻlari qaytarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Brokerga pul mablagʻlarini oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatish huquqini bergan mijozlarning pul mablagʻlari, shunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlar) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlar) turishi kerak. Broker oʻz mablagʻlarini ushbu hisobga oʻtkazishi mumkin emas, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularni mijozlarga qaytarib berish va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Investitsiya vositachisi mijoz — norezident bilan tuzilgan shartnoma asosida qimmatli qogʻozlarni sotib olish (sotish) chogʻida mijoz — norezident nomidan va uning hisobidan chet el valyutasini sotib olish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtmalar berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Investitsiya vositachisi va mijoz bilan tuziladigan brokerlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomada quyidagi barcha muhim shartlar nazarda tutilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shartnoma turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xizmat turi — qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek, mijozning talabiga koʻra brokerning vakolatiga kiradigan boshqa qoʻshimcha xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar va operatsiyalarga doir huquq va majburiyatlarni oʻz zimmasiga olish boʻyicha mijozning majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish va ularni toʻlash muddati va usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) investitsiya vositachisiga vositachilik haqining miqdori va uni toʻlash muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) shartnoma taraflarining javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) shartnoma taraflari ixtiyoriga koʻra zarur deb hisoblangan shartnomaning boshqa shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mijozning koʻrsatmasi boʻyicha bir nechta bitimlarni bajarish yoki bir nechta yuridik harakatlarni amalga oshirishda mijoz shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarguniga qadar uning pul mablagʻlarini yoki qimmatli qogʻozlarini brokerning hisobvaraqlarida vaqtincha saqlash investitsiya vositachisi va mijoz oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Broker:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mijozning birinchi talabi boʻyicha uning topshiriqlari bajarilish holati haqida barcha maʼlumotlarni berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bitim tuzilganidan soʻng darhol mijozga tuzilgan bitim shartlari haqida maʼlumot berishga, qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatlar nusxalarini mijoz koʻrsatmasi boʻyicha yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mijozning topshiriqlarini bajarish yuzasidan tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan barcha hujjatlar va maʼlumotlarni mijozga kechiktirmasdan yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq mijozlarning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari but saqlanishi hamda ularni alohida hisobga olinishini taʼminlashga, mijozlarga ushbu mijoz uchun amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha davriy hisobotlarni, mijozning hisobvaraqlari boʻyicha pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar harakatiga doir (shu jumladan brokerning vositachilik haqi va boshqa mukofotlari miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni) koʻchirmalarni hamda qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa hujjatlarni taqdim etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) qimmatli qogʻozlari uning nominal saqlovida boʻlgan mijozlarga, qimmatli qogʻozlar emitentidan yoki uning agentidan olingan, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotni taqdim etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishga, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻiga koʻra va u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishga, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) depozitar tizimda oʻz mijozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilab borishga, shuningdek uch yil va undan ortiq vaqt mobaynida aloqa oʻrnatmagan mijozlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Dilerlik faoliyatini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Dilerlik faoliyatini amalga oshirishda investitsiya vositachisi oʻzi tuzgan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi boʻyicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oldi-sotdi bitimini tuzayotgan diler oʻz nomidan va oʻz mablagʻlari hisobidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxlarini ommaviy eʼlon qilish yoʻli orqali ularning eʼlon qilingan narxlari boʻyicha sotib olish yoki sotish majburiyati bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) savdo tizimida qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish uchun buyurtmalarni doimiy ravishda joylashtirib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻziga qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish toʻgʻrisidagi taklif bilan murojaat qilgan shaxslar bilan ommaviy eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarning narxlari va miqdoriga muvofiq ravishda bitimlar tuzishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Diler oʻzining veb-saytida va (yoki) birja va birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining veb-saytida sotib olinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp sonini eʼlon qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 14-noyabrdagi 18-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-fevraldagi 2002-01-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108, 2002-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 2-iyundagi 2008-10-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108-1, 2008-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 235-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 26-sentabrdagi 2008-21-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108-2, 2008-yil 22-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 43-son, 437-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 3-dekabrdagi 2013-09-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108-3, 2013-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 656-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 27-iyuldagi 2017-05-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108-4, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 905-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108-5, 2018-yil 30-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-fevraldagi 2019-04-son “Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxati raqami 1108-6, 2019-yil 6-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1108-6/2718-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025 y., 10/25/3728/1192-son)