Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2007 03.04.2006 yildagi PQ-316-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 03.04.2006 yildagi PQ-316-son
Date of entry into force
03.04.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YIRIK INVESTITSIYa LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh BYuROSINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bilan bogʻliq yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish sifatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida neft-gaz sanoati, geologiya, energetika, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik kabi iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini, shuningdek, yirik obyektlar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bilan bogʻliq Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Byuro rahbari ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Maslahatchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilayotgan Byuro zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon yoki Qarori, shuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishi uchun ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyanomalar tayyorlash vazifasi yuklansin. Tavsiyanomalar quyidagi baholar asosida tayyorlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha boʻyicha investitsiya sarf-xarajatlarining toʻgʻriligi, ishlab chiqarish uchun tanlangan texnologiyaning asoslanganligi, eng yaxshi mahalliy va xorijiy analoglarni qiyoslash asosida ishlab chiqarish siklining yaxlitligi va tugalligi;

har tomonlama asoslangan zamonaviy texnologiyalardan, butlovchi buyumlar, yoqilgʻi-energetika, xomashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talablariga amal qilgan holda ularni mahalliylashtirish va taʼminlanish darajasini tanlash;

talab etilayotgan sanoat jihozlari, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, shu bilan birga import boʻyicha sotib olinayotganlarni hisobga olgan holda ularning texnik darajasi va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiqligi asosida tasniflash;

mahsulotning narx va sifat tavsifi boʻyicha raqobatbardoshligi darajasi, mahsulotlarni sotishning uzoq muddatli bozorini chuqur ishlab chiqish;

mahsulotni taqsimlash boʻyicha bitim loyihalari, shuningdek, konlar yoki yer osti qatlamlaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun qoʻyilgan talablar.

2. Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi haqidagi nizom va uning tuzilmasi 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Qarori, shuningdek, hukumat qarori qabul qilinishi zarur boʻlgan maqsadli davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari, konsepsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilishini nazarda tutadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 97-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari majburiy ravishda Byuroda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroga belgilangan tartibda shartnoma asosida loyihalarni toʻliq va chuqur ekspertizadan oʻtkazish uchun yuridik subyektlar va jismoniy shaxslarni jalb etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Byuroda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarda amalga oshirilishi tavsiya etilayotgan loyihaviy takliflar va investitsiya loyihalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazish va tavsiyanomalar tayyorlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroni qisqa muddatlarda sanoatning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalashtirish va qurilish, texnologiya jarayonlari, yer osti qatlamlaridan oqilona foydalanish sohasi boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosini joriy taʼminlash va texnik jihozlashga zarur budjet mablagʻlarini ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 3-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ–316-son

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs boʻlmagan ekspert organi hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Byuro oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlariga, shuningdek, ekspertizaning kompleksliligi, xolisligi, mustaqilligi tamoyillari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Byuro belgilangan shakldagi (gerbsiz) blankka ega. Byuroning masʼul xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri imzolagan guvohnomalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Byuroning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Byuroning asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon yoki Qarori, shuningdek hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinishi uchun ekspertizadan oʻtkazish va quyidagi baholar asosida tavsiyanomalar berishdan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha boʻyicha investitsiya sarf-xarajatlarining toʻgʻriligi, ishlab chiqarish uchun tanlangan texnologiyaning asoslanganligi, eng yaxshi mahalliy va xorijiy analoglarni qiyoslash asosida ishlab chiqarish siklining yaxlitligi va tugalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har tomonlama asoslangan zamonaviy texnologiyalardan, butlovchi buyumlar, yoqilgʻi-energetika, xomashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish talablariga amal qilgan holda ularni mahalliylashtirish va taʼminlanish darajasini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talab etilayotgan sanoat jihozlari, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, shu bilan birga import boʻyicha sotib olinayotganlarni hisobga olgan holda ularning texnik darajasi va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiqligi asosida tasniflash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning narx va sifat tavsifi boʻyicha raqobatbardoshligi darajasi, mahsulotlarni sotishning uzoq muddatli bozorini chuqur ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni taqsimlash boʻyicha bitim loyihalari, shuningdek, konlar yoki yer osti qatlamlaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun qoʻyilgan talablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Byuroning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun Byuro quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda shartnoma asosida loyihalarni toʻliq va chuqur ekspertizadan oʻtkazish uchun yuridik subyektlar va jismoniy shaxslarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining axborot va maʼlumotlari elektron bazasidan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Byuro direktori va xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatsiz va oʻz vaqtidan kechiktirilgan holda oʻtkazilgan ekspertiza natijasida davlatga jiddiy iqtisodiy zarar yetganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida qurilish, texnologik sikllar va alohida operatsiyalar muddatini choʻzib yuborganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari qoida va talablariga hamda mazkur Nizomga rioya etilmaganligi sababli jiddiy texnogen va boshqa avariyalar sodir boʻlganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda loyiha boʻyicha uning maqsad va vazifalarini taʼminlovchi asoslangan muqobil tavsiyalar tayyorlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish jarayonida Byuro xodimlari olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Byuroning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi hamkorligi Byuro vakolati doirasida mazkur Nizom bilan belgilangan mustaqillik asosida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Byuro xodimlari faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Byuro xodimlari faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Byuro direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning yuqori malakasi, mahorati va ish sifatiga qarab oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda doimiy ustama haq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta iqtisodiy samara beradigan kompleks ekspertizaning yuqori sifatli oʻtkazilgani uchun xodimlarga oylik lavozim maoshining (doimiy ustama haqni hisobga olmagan holda) 100 foizigacha miqdorda bir yoʻla mukofot belgilash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro direktoriga koʻrsatilgan miqdordagi doimiy ustama haq va bir yoʻla mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Byuro xodimlariga doimiy ustama haq har chorakda belgilanadi va xodimlarning talab etilgan ish sifatini taʼminlashlariga qarab navbatdagi chorakda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ekspertiza oʻtkazilishida bir yoʻla mukofotlanish huquqini beruvchi iqtisodiy samara bahosi Byuro direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Byuro xodimlariga doimiy ustama haq va bir yoʻla mukofotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Mehnatga haq toʻlash fondi doirasida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Byuro faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Byuro oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Byuro oʻz faoliyatini unga yuklatilgan asosiy vazifalarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya loyihalari (loyihaviy takliflar)ni ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan topshiriqlariga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Byuro faoliyatini direktor boshqaradi, u lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Byuro direktori va ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Byuro direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro ekspertlari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va Byuroning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa hujjatlarning belgilangan tartibda Byuroga kiritilgan loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etadi, tegishli ekspertiza oʻtkazilishini, tahliliy va maʼlumot beruvchi materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza yakunini umumlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri uchun masʼuliyatli loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi va texnik imkoniyatlari toʻgʻrisida qaror qabul qilishga imkon beradigan asoslangan tavsiyanomalarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro direktori vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tayinlaydigan Byuro ekspertlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Byuro ekspertlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlariga biriktirilgan masalalar boʻyicha loyihalarni puxta kompleks ekspertizadan oʻtkazadilar, Byuro direktori topshiriqlarini bajaradilar, ekspert baholarining oʻz vaqtida tayyorlanishi va sifati uchun shaxsan javobgar boʻladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro direktorining topshirigʻi bilan tegishli tahliliy va maʼlumot beradigan materiallarni tayyorlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Byuro faoliyatini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Byuroning taʼminlanishi va texnik jihozlanishi davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Byuroning xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlari uchun belgilangan tibbiy, maishiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Zarur hollarda, Byuro oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida chaqirilgan alohida ekspertlarni kontrakt asosida jalb etish va mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va hukumat apparati boʻyicha tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.‎ Byuro direktori — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi‎ — 1‎
2.‎ Yoqilgʻi-energetika kompleksi loyihalari boʻyicha ekspert‎ — 2
3.‎ Kimyo va metallurgiya sanoati loyihalari boʻyicha ekspert‎ — 2
4.‎ Mashinasozlik loyihalari boʻyicha ekspert‎ — 2‎
5.‎ Engil sanoat loyihalari boʻyicha ekspert‎ — 1‎
6.‎ Agrosanoat kompleksi, shuningdek yirik obyektlar va gidrotexnika inshootlari qurilishi loyihalari boʻyicha ekspert‎ — 1‎
7.‎ Transport kommunikatsiyalari va aloqa loyihalari boʻyicha ekspert‎ — 1‎
Jami:‎ — 10‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 115-modda; 2007-y., 11-son, 97-modda)