Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 30.08.2005 yildagi PQ-165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 30.08.2005 yildagi PQ-165-son
Date of entry into force
30.08.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar, tuman markazlari hamda shaharchalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish va qurishning borishini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda uning joylardagi organlari tomonidan respublika shaharlari va aholi punktlarining bosh rejalarini oʻz vaqtida ishlab chiqish boʻyicha Hukumat qarorlarida ularga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tugal chora-tadbirlar koʻrilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan zarur darajada nazorat oʻrnatilmaganligi natijasida qator hollarda shaharlar va shaharchalarning barcha infratuzilmalarini istiqbolli rivojlantirishni, jamoat markazlari, uy-joy sharoitlari, koʻcha-yoʻl tarmoqlari tashkil etishni, tarixiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni, ekologik vaziyatni hamda aholi yashash sharoitlarini hisobga olmasdan aholi punktlarini qurish boʻyicha konyunkturali, puxta ishlab chiqilmagan loyiha-rejalashtirish yechimlari qabul qilinmoqda. Bunday nomaqbul amaliyotga Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida yoʻl qoʻyilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlikdagi, eng avvalo shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, aholi punktlarini sifatli shaharsozlik hujjatlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash borasidagi ishlarning ahvolini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (A Toxtayev)ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga va viloyatlar hokimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmonini hamda Hukumatning shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha ishlarining qoniqarsizligi koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish muddatlarini buzganligi hamda shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlari bosh rejalarini amalga oshirishga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlamaganligi uchun Xorazm (X.Ahmedov), Jizzax (K.Joʻrayev) va Fargʻona (R.Jalilov) viloyatlari hokimlari oʻrinbosarlariga hayfsan eʼlon qilinganligi, Qashqadaryo (E.Mamadiyorov), Buxoro (N.Hamdamov) viloyatlari va Toshkent shahar (R.Usmonov) hokimlari oʻrinbosarlariga koʻrsatib oʻtilganligi, qolgan viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlari qattiq ogohlanlantirildi. Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi rahbari A.Qodirov va “OʻzLITTI” yopiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi S.Xoʻjayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi uchun boshqaruv raisi Sh.Abdukomilov egallab tugan lavozimidan ozod qilindi, bosh arxitektor vazifasini bajaruvchi B.Magdiyev egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi, bosh rejalar boʻlimi boshligʻi T.Qosimovga hayfsan eʼlon qilindi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan komissiya tomonidan viloyatlar arxitektura bosh boshqarmalari rahbarlari va tumanlar arxitektorlari, “OʻzshaharsozlikLITI” instituti rahbarlari va loyihalar bosh arxitektorlari attestatsiyadan oʻtkazildi. Attestatsiya natijalari boʻyicha viloyatlar, shaharlar va tumanlar darajasidagi 250 nafar arxitektorlardan 35 nafari attestatsiyadan oʻtolmadi, 55 nafari attestatsiyadan shartli ravishda oʻtdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashiga aksiyadorlarning 2005-yil ish yakunlari boʻyicha umumiy yigʻilishida loyihalar bosh arxitektorlarining shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hisobotlarini eshitish, shuningdek ularning shaharsozlik sohasida yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini belgilash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2005-2010-yillar uchun shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish (ularga tuzatishlar kiritish) chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (N.Xanov) Dasturning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin va uning bajarilishini har chorakda koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri zimmasiga:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika shaharlari, shaharchalar va qishloq aholi punktlarini qurishda shaharsozlik hujjatlariga rioya qilish yuzasidan muntazam monitoringni amalga oshirish hamda tasdiqlangan shaharsozlik normativlari buzilishiga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga nisbatan kechiktirib boʻlmaydigan, shu jumladan maʼmuriy choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash va tasdiqlangan bosh qurilish rejalarining joylarda toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash ustidan mualliflik nazoratini kuchaytirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-maydagi PQ-1339-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 151-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining kapital qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga rioya qilish hamda respublika aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqishni (ularga tuzatishlar kiritishni) oʻz vaqtida moliyalashtirish yuzasidan ular zimmasiga yuklangan funksional vazifalar bajarilmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimiga muvofiq ekanligi yoki emasligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti mablagʻlari, buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 57-moddasiga muvofiq muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulush qoʻshib qatnashishi hisobiga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalarini xususiylashtirishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududlari boʻyicha shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarini puxta rejalashtirishning bosh rejalarini va loyihalarini oʻz ichiga oladigan shaharsozlik hujjatlarining arxiv materiallari davlat mulki hisoblanadi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorisiz uchinchi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmaydi, shuningdek sotilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi 2006-yildan boshlab “Rahbar” davlat xizmatchilarining boshqaruv sohasidagi bilimlarini rivojlantirish markazi oʻquv rejasiga “Shaharsozlik asoslari va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari” dasturini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Shaharsozlik kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-165-son