Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.04.2016 30.08.1993 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.08.1993 yildagi 435-son
Date of entry into force
30.08.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.04.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON OZIQ-OVQAT SANOATI DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNI (“OʻZOZIQOVQATSANOAT”)NING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik konserni (“Oʻzoziqovqatsanoat”) ning ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati (“Oʻzoziqovqatsanoat”) konsernining Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-apreldagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan Ustavi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
435-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 30-avgustdagi 435-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik
konserni (“Oʻzoziqovqatsanoat”)ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik konserni (“Oʻzoziqovqatsanoat”), keyingi oʻrinlarda konsern deb yuritiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oziq-ovqat sanoati (Oʻzoziqovqatsanoat) konsernini Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat-aksionerlik (“Oʻzoziqovqatsanoat”) konserniga aylantirish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-maydagi Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 245-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsern yogʻ-moy, qandolatchilik, choy, tamaki, pivo-alkogolsiz ichimliklar, oziq-ovqat konsentratlari sanoati korxonalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni va muassasalarni birlashtiruvchi ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern tarkibiga mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlar ham kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsern Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob berib turadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Kengashning boshqa qarorlariga, Prezidentning farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi qonun hujjatlarining boshqa aktlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konsern yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mol-mulkiga, mustaqil hamda yigʻma balanslarga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan hamda nomi yozilgan yumaloq muhrga, shtamplarga, firma blankalariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konsern Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oziq-ovqat sanoati konserni (“Oʻzoziqovqatsanoat”) ning huquqiy vorisi hisoblanadi, oʻz majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Ushbu mol-mulkdan toʻlov undirib olinishi mumkin. Konsern davlat va uning organlarining, shuningdek, konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, xuddi shu kabi qatnashuvchi korxonalar ham Konsernning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Konsern bilan uning tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasidagi iqtisodiy hamda huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, boshqa normativ hujjatlari, ushbu Ustav va taʼsis shartnomasi bilan belgilanadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Konsern joylashgan manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 7.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Konserning vazifalari va faoliyat yoʻnalishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Konsernning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqning ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnikaviy rivojlanishi sohasida yagona siyosat ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning investitsiya hamda tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish, vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro munosabatlar masalalari ham shu jumlaga kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun topshiriqlarni bajarish, markazlashtirilgan holda ajratiladigan moddiy-texnika resurslarini hamda sarmoya mablagʻlarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini, maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish, investitsiya sohasida yagona strategiyani amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat sanoati tarmoqlari obyektlarini kengaytirish, qayta qurish hamda texnik qayta jihozlashni taʼminlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning meʼyoriy va texnologik reglamentlarini ishlab chiqish,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga bozor munosabatlariga oʻtishda koʻmaklashish, ularni aksionerlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari bozor konyunkturasini oʻrganish, firmali savdoni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy-iqtisodiy xoʻjalik hamda ijtimoiy faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, Konsern Kengashining qarori bilan markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira jamgʻarmalarini va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻz oldida turgan vazifalarni hal etish uchun Konsern:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminot, tijorat, kredit, mintaqalararo, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatlarni, shuningdek, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini markazlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish topshiriqlarini joylashtirishni hamda markazlashtirilgan holda ajratilgan moddiy-texnika, pul resurslari taqsimotini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnika resurslarini hamda tayyor mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomalar tuzish boʻyicha ishlarni tashkil etadi, eksport-import operatsiyalarini qimmatli qogʻozlar bozorida qatnashishni amalga oshirish boʻyicha hisob-kitoblarni yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern uchun belgilangan nomenklatura boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini chetga chiqarishga litsenziyalar taqsimlanishini amalga oshiradi, hamda ularni belgilangan tartibda beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy, qandolatchilik, choy, tamaki, pivo-alkogolsiz ichimliklar, pishirishga tayyor qilib qoʻyilgan oziq-ovqat konsentratlari sanoatini hamda faoliyatning boshqa turlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, xoʻjalikni yuritishning yangi shakllarini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meʼyoriy-texnikaviy hujjatlar va texnologik reglamentlar ishlab chiqilishini, mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullari joriy etilishini, oziq-ovqat tarmogʻi, ijtimoiy va boshqa sohalar obyektlari loyihalashtirilishi, qayta qurilishi, texnika bilan qayta jihozlanishi va yangidan qurilishi ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor konyunkturasini, mollar va xizmatlar narxini va ularga narx belgilanishini oʻrganadi, firmali savdoni rivojlantiradi, marketingni tashkil etadi, talabni, tarmoqning bozor imkoniyatlarini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqarishni oqilona ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirishni, oʻzaro foydali toʻgʻridan toʻgʻri aloqalap oʻrnatilishi, shuningdek, qoʻshma korxonalar barpo etilishini va ularni rivojlantirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda isteʼmol qilish hajmlarini oldindan belgilashni tashkil etadi, konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning bir meʼyorda ishlashini, texnologik jarayonlarni takomillashtirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning vaqtincha boʻsh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, texnikadan, moddiy resurslar zaxiralaridan foydalanish yuzasidan hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsernning, uning korxonalari va tashkilotlarining mintaqalararo faoliyatini tubdan yaxshilashni taʼminlaydi, oziq-ovqat sanoati korxonalarini tezkorlik bilan texnologik qayta jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarga xoʻjalik yuritishning bozor mexanizmini joriy qilishda koʻmaklashadi, mulkchilik hamda xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqaruvchilar uchun teng iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilishga qaratilgan ishlarni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar rezervini shakllantirish, korxonalarning rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni tayyorlash boʻyicha kadrlar siyosatini faol amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarga qonunchilikka rioya qilishni tashkil etish va taʼminlashda mehnat intizomini mustahkamlashda, korxonalar mol-mulkni saqlashning huquqiy va boshqa xil vositalarini taʼminlashda, noishlab chiqarish xarajatlariga qarshi kurashda, shuningdek, huquqiy ishlarda amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Konsernning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish uchun konsern:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarini mustaqil shakllantirish, mulkni belgilangan tartibda ijaraga berish, korxonalar va tashkilotlar tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoalarining fikrini hisobga olgan holda tarmoq davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga oʻtkazish boʻyicha bunga vakolatli boʻlgan organlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz nomidan shartnomalar, kontraktlar va bitimlar tuzish, yuridik va jismoniy shaxslar bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan huquqiy munosabatlarga kirishish, sudlarda daʼvogar, javobgar boʻlish hamda sud jarayoni qatnashchisi sifatida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butlovchi buyumlar, materiallar, jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar manfaati yoʻlida materiallar va xomashyolarni, shu jumladan qishloq xoʻjaligi xomashyolarini tayyorlash; konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarga qurilish, transport, texnologik, tijorat, loyiha-konstruktorlik, tashqi savdo, yuridik, axborot, maslahat va boshqa xizmatlar koʻrsatish uchun xoʻjalik hisobida shuʼba korxonalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlamagan tashqi savdo, kredit, veksel va boshqa bitimlarni tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻz filiallarini hamda vakolatxonalarini ochish, banklarda oʻz schyotlarini ochish, belgilangan tartibda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro yarmarkalarda va koʻrgazmalarda qatnashish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar, kimoshdi savdolarida, simpoziumlarda qatnashish va ularni tashkil etish, reklama adabiyotini nashr etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnika, asbob-uskuna, texnologiyalar, patentlar, “nou-xau” dasturlari sotib olish uchun, shuningdek, mutaxassislarni xorijiy ilmiy, tijorat, reklama va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun xizmat safarlariga yuborish sarf-xarajatlarini toʻlashda oʻz ixtiyoridagi rubl hamda valyuta mablagʻlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rais, uning oʻrinbosarlari hamda Konsern apparati xodimlariga mehnat haqi toʻlash shartlari bilan (mansab maoshlari, mukofotlar koʻrsatkichlari hamda shartlari bilan) bogʻliq masalalarni mustaqil hal etish, shuningdek, Konsern apparati xodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida ularga qoʻshimcha haq toʻlash hamda tovon toʻlovlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar hamda boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish va ular boʻyicha dividendlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy rivojlanish, Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor sharoitlarini hisobga olgan holda Konsern korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga meʼyoriy-texnikaviy hujjatlarni mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Konsernni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi. U boshqaruvni hamda taftish komissiyasini saylaydi. Konsern rahbariyati (rais va uning oʻrinbosarlari) Konsern Kengashi tomonidan saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsern Kengashi tarkibiga korxona va tashkilotlarning rahbarlari, Konsern raisi, uning oʻrinbosarlari, boshqaruv aʼzolari kiradilar. Kengashga va boshqaruvga Konsern raisi boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 245-son qaroriga muvofiq konsern raisi maqomiga, maishiy, tibbiy, transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra respublika vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, raisning oʻrinbosarlari — vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maqom hamda Kengash ishi Konsern Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Konsern Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi. Konsern Kengashi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konsern Kengashi majlislari yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Kengashning navbatdan tashqari majlislari qatnashchilarning kamida uchdan bir qismining arizasiga koʻra konsern faoliyati jarayonida paydo boʻladigan zarur masalalarni hal etish uchun chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern qatnashchilari Kengash chiqarilishi toʻgʻrisida u oʻtkaziladigan kundan kamida ikki hafta oldin xabardor qilinishi kerak. Xabarda uning koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan masalalar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengashning huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat sanoati davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern Ustavini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, boshqaruv tarkibini saylash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern tarkibiga yangi qatnashuvchilarni qabul qilish va undan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern qoʻshma faoliyatining va dasturlarining yillik va istiqbol rejalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarmalarni toʻldirish hamda Konsern ishtirokchilari oʻrtasida konsern daromadlarini taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsernning boshqaruv tarkibini, taftish komissiyasini hamda yuqori rahbarlarini saylash, ularga mehnat haqlari toʻlash shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik xoʻjalik faoliyati yakuni boʻyicha boshqaruv tarkibini taqdirlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Konsern Kengashi qarorlari Konsern boshqaruvi hamda konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar bajarish majburiy boʻlgan qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Konsern Kengashi ijro qiluvchi organni — konsernning boshqaruvini tashkil etadi. U Konsernning ishini tashkil etadi, Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar bilan birgalikda ilmiy-ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy, investitsiya va boshqa faoliyat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi; manfaatdor korxonalar bilan birgalikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, korxonalarni texnik qayta jihozlash va qayta qurish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; Konsern Kengashida koʻrilishi lozim boʻlgan masalalarni tayyorlaydi, raisning, uning oʻrinbosarlarining, boshqaruv aʼzolarining hamda konsern apparati xodimlarining axborotlarini eshitadi, tegishli qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv Konsern faoliyatining Kengash vakolatiga kiradigan masalalaridan boshqa barcha masalalarini hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boshqaruv qarorlari majlis bayoni bilan rasmiylashtiriladi hamda Konsern raisi tomonidan imzolanadi. Boshqaruv oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Konsern qatnashchilari boʻlgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konsern Kengashi boshqaruvga ushbu Ustav bilan Kengash vakolatiga kiritilgan ayrim masalalarni hal etish huquqini berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kengash hamda konsern boshqaruvi qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun Konsern raisi boshchilik qiladigan boshqaruv apparati tashkil etiladi. Boshqaruv apparati, shuningdek konsern boshqaruvi organlari qarorlari loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan tahliliy, muvofiqlashtiruvchi va rejadagi ishlarni olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Konsern raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, ishonchnomasiz Konsern nomidan ish koʻradi, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar hududidagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va firmalarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek Kengash hamda konsern boshqaruvi qarorlariga zid boʻlgan oʻz vakolatlari doirasida chiqarilgan buyruqlar va boshqa aktlarni bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Konsernning mol-mulkini boshqaradi va unga egalik qiladi, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlar ochadi, oʻz vakolatiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi, shu jumladan Kengash va Konsern boshqaruvi nomidan ishonchnomalar beradi, shartnomalar, kontraktlar, bitimlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsernga berilgan huquqlar doirasida davlatga mansub aksiya paketlariga muvofiq aksionerlik korxonalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsernning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi, schyotlarni hamda toʻlov topshiriqlarini, Konsern hisobotlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisidagi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Konsern nomidan eʼtirozlar va daʼvo qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashuvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini tayinlaydi va ularni egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi. Lavozimga tayinlash chogʻida rahbar bilan kontrakt tuzadi, undagi shartlar Konsern Kengashi bilan kelishib olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftish komissiyasi taqdim etadigan materiallar asosida undirib olishga umid qolmagan qarzlar summasini, maʼnaviy va fizik jihatdan eskirgan mulklarni, toʻxtatilgan yoki amalga oshirilmagan ishlar boʻyicha xarajatlarni qonunchilik bilan belgilangan tartibda Konsern balansidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern boshqaruvi apparati shtat jadvalini, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi, apparat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan boʻshatadi, ularning mansab maoshlarini va ularga ustama haqlarni, shuningdek, apparat xodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadidagi turli koʻrinishdagi qoʻshimcha haqlarni hamda kompensatsiya toʻlovlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashuvchi korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Konsernning mol-mulki va mablagʻlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Konsernga biriktirilgan mol-mulk, shuningdek, unga budjetdan ajratilgan mablagʻlar toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsern oʻziga biriktirilgan mol-mulkdan, pul mablagʻlaridan, daromadlardan, shuningdek, sotib olingan yoki qonunchilik bilan yoʻl qoʻyiladigan boshqa asoslar boʻyicha olingan boshqa mol-mulkdan foydalanish, ularni tasarruf etish va ularga egalik qilish huquqini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsern korxonalari va tashkilotlari shartnomaviy normativlar boʻyicha daromadlardan (foydadan) bir qismini markazlashtirilgan jamgʻarmalarni hamda zaxiralarni tashkil etish uchun oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konsernning mol-mulki asosiy va aylanma mablagʻlardan, shuningdek, Konsern balansida oʻz aksini topgan boshqa mol-mulklardan hamda pul mablagʻlaridan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsernning mol-mulki va mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishning aniq muammolari va maqsadli dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun konsern qatnashchisi boʻlgan ixtiyoriy amalga oshiriladigan maqsadli badallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlari yoki boshqa markazlashtirgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kreditlari va boshqa kreditlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konserning oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar (aksiyalar va obligatsiyalar) sotishdan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotib olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar, shu jumladan chet el kompaniyalaridan olinadigan daromadlardan, “Oʻzdavxazina” bilan kelishilgan holda Konsern qatnashchilari boʻlgan aksionerlik jamiyatlari tomonidan davlatga tegishli aksiyalar paketi boʻyicha olinadigan dividendlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern quyidagi jamgʻarmalarni tashkil etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira (sugʻurta) jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta jamgʻarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernning konsern qatnashchisi boʻlgan barcha korxonalarning manfaatlari yoʻlida, shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida investitsiya, ilmiy-tadqiqot va boshqa dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun Konsern Kengashining qarori bilan tashkil etiladigan ishlab chiqarishni, fan va texnikani rivojlantirishning markazlashtirilgan jamgʻarmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konsernning ustav fondi konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning ajratmalaridan shakllantiriladi. Ustav fondining miqdori Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi, konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning ajratmalari miqdori shartnomaviy asosda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern Kengashining qarori bilan ustav fondi miqdori qatnashchilarning ulushlari hamda kirish badallari miqdorlarining tegishli ravishda oʻzgarishiga qarab koʻpayib yoki kamayib borishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Zaxira jamgʻarmasi ustav fondining 25 foizi miqdorida tashkil etiladi, ushbu jamgʻarmani shakllantirish foydadan har yili belgilangan miqdorga yetgunga qadar Konsern Kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda ajratish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Valyuta, markazlashtirilgan va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan har yilgi maqsadli ajratmalarning miqdorlari hamda ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, ulardan foydalanishdan olingan foydani taqsimlash tartibi Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maqsadli dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun ajratiladigan maqsadli badallar miqdorlari, ulardan foydalanish va foydani taqsimlash tartibi ana shu dasturlar qatnashchilari bilan kelishgan holda Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi. Zarur hollarda dasturlarni amalga oshirish uchun mablagʻlar foyda tegishli ravishda taqsimlangan holda aksionerlik asosida shakllantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konsern konsern qatnashchisi boʻlgan barcha korxonalarning manfaatlari yoʻlida oʻziga taalluqli mol-mulkdan hamda mablagʻlardan foydalanadi, Oʻzbekiston Respublikasida hamda uning tashqarisida belgilangan tartibda qayta qurishi, sotib olishi, turli koʻrinishdagi koʻchar va koʻchmas mol-mulkni ijaraga olishi, qonunga xilof boʻlmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Konsernning konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar
bilan oʻzaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish ishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan, Ustavni tan oladigan va uning talablarini bajaruvchi hamda Konsernning vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan birlashmalar, korxonalar tashkilotlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, shu jumladan chet el korxonalari, Konsern qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsern oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulkini hamda davlatga mansub boʻlgan aksiyalar paketlariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar kalendar yil tugashidan kamida 6 oy oldin yozma ravishda Kengashni ogohlantirgan, Konsern va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar oldidagi majburiyatlarni saqlagan holda Konsern tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar. Konserndan chiqish toʻgʻrisidagi qaror Konsern Kengashi majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern qatnashchisi boʻlgan korxonaning konsern tarkibidan chiqishi toʻgʻrisidagi masala konsern Kengashi tomonidan hal etilmagan holda Konsern tarkibidan chiqish istagini bildirgan konsern qatnashchisi boʻlgan korxona ushbu nizoli masalani hal etish uchun tegishli xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda Konsern korxonalarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqadi, bunda ushbu aksionerlik jamiyatlarining davlatga mansub boʻlgan aksiyalarining ulushi kamida 51 foizni tashkil etish kerak. Konsern “Oʻzdavjamgʻarma” bilan kelishgan holda korxonalarni rivojlantirish uchun davlatga mansub aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini ularga berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konsern tomonidan ishlab chiqiladigan maqsadli dasturlarni amalga oshirishda konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning birgalikdagi faoliyati ixtiyoriylik, manfaatdorlik, foydani oʻzaro manfaatli shartlarda taqsimlash asosiga quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Hisobga olish, hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Konsern oʻz faoliyati natijalarining operativ va buxgalterlik hisobini olib boradi, shuningdek qonunchilik bilan belgilangan tartibda statistika hisobotini amalga oshiradi. Konsern moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining natijalari yillik buxgalterlik hisoboti asosida belgilanadi. Konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalar belgilagan tartibda oʻzlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatlari natijasi toʻgʻrisida konsernga hisobot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsernning, uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulkidan hamda mablagʻlaridan foydalanishni, uning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilishni taftish komissiyasi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv hamda konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliyaviy- xoʻjalik faoliyati konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning talabiga koʻra bir yilda kamida 1-marta taftish qilinadi, navbatdan tashqari taftishlar esa konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning talabi boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsern qatnashchisi boʻlgan korxonalarning davlat hisobotini buzib koʻrsatgan mansabdor shaxslari qonunchilik bilan belgilangan intizomiy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Konsern faoliyatining toʻxtatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Konsernning faoliyati quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashining qarori bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoxud qonun bilan belgilangan hollarda xoʻjalik sudining qarori bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konsern faoliyatining toʻxtatilishi uni qayta tashkil etish yoki tugatish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilgan holda Konsernning huquqlari, majburiyatlari va mol-mulki uning huquqiy vorisi boʻlgan yangidan tashkil etilayotgan tashkilotga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsernni tugatish qonun bilan belgilangan tartibda Konsern Kengashi tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kreditorlarning tugatilayotgan konsernga oʻz daʼvolari haqidagi arizalarini berish muddati Konsern Kengashi tomonidan belgilanadi, ammo bu muddat bir oydan kam boʻlmasligi kerak. Tugatilayotgan Konsernga bildirilgan daʼvolar amaldagi qonunchilikka muvofiq undirilishi mumkin boʻlgan unga qarashli mol-mulk hisobiga qondiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konsern tugatilgan taqdirda uning mol-mulki bank, davlat budjeti, boshqa kreditorlar bilan hamda boshqaruv aʼzolari va apparat xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar qilingandan keyin qonunchilik bilan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Konsern qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda ishdan boʻshatilgan xodimlarning huquq va manfaatlari belgilangan tartibda kafolatlanadi.