19.08.1999 yildagi 813-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 19.08.1999 yildagi 813-I-son
Date of entry into force
01.01.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga monelik qilish, fuqarolar sogʻligʻini saqlash hamda davlat xavfsizligini taʼminlashni maqsad qilib qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik (narkotik) vositalari — giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixotrop moddalar — psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga oʻxshash, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
preparat — moddalarning har qanday fizik holatdagi, tarkibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar boʻlgan aralashmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi — giyohvandlik vositalari, — psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida oʻtkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, joʻnatish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik (narkomaniya) — giyohvandlik vositalariga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bogʻliq kasallik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaharvandlik (toksikomaniya) — psixotrop moddalarga, shuningdek dorilik xususiyatiga ega boʻlmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga oʻxshash ruhiyatga faol taʼsir etuvchi moddalarga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bogʻliq kasallik.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi roʻyxatlarga kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari roʻyxati (bundan buyon matnda I roʻyxat deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxati (bundan buyon matnda II roʻyxat deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar roʻyxati (bundan buyon matnda III roʻyxat deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar roʻyxati (bundan buyon matnda IV roʻyxat deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BOʻLISHI BILAN BOGʻLIQ FAOLIYAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishiga ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada boʻlishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning asosiy turlariga boʻlgan davlat monopoliyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Litsenziya berishni rad etish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning xavfsizligini taʼminlash uchun sharoitlar yoʻqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surunkali ruhiy holatining buzilganligi, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi xodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;
(8-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud esa oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish va litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
(91-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
(91-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etilgan faoliyat turini amalga oshirish qoidalariga rioya etish yuzasidan majburiyatlar litsenziat tomonidan bir yil ichida takroran bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
(91-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning arizasiga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar litsenziat litsenziya berganlik uchun davlat bojini unga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida toʻlamagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa;
(91-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani bekor qilish ushbu modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
(91-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BOʻLISHI BILAN BOGʻLIQ FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI AMALGA OSHIRISH SHARTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Ayrim giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishini cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I roʻyxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu Qonunning 21, 211, 27 — 29-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II va III roʻyxatga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishiga shifokor koʻrsatmasi boʻyicha tibbiy maqsadlarda, shuningdek ushbu Qonunning 26—29-moddalarida nazarda tutilgan maqsadlarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirishga (olib chiqishga) litsenziya, shuningdek, olib kirish (olib chiqish) huquqi toʻgʻrisida maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan sertifikat boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni maxsus vakolatli organ ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada belgilangan talablar buzilgan taqdirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qonunchilikka muvofiq musodara etiladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, realizatsiya qilish, foydalanish uchun, shu jumladan tibbiy va boshqa maqsadlarda olish yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi OʻRQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni joʻnatish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta joʻnatmalarida, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarida joʻnatish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish faqat davlat ehtiyojlari uchun buyurtmaga muvofiq amalga oshiriladi va bu ish davlat ilmiy-tadqiqot muassasalariga mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II roʻyxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarini ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat muassasalari tomonidan, muayyan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(19-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III roʻyxatga kiritilgan psixotrop moddalarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan, muayyan psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV roʻyxatga kiritilgan prekursorlarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat muassasalari tomonidan, muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(19-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV roʻyxat doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash yuridik shaxslar tomonidan ularda muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash uchun litsenziyalar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida amalga oshiriladi.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 03/24/928/0384-son — 2024-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-oʻrash va ularga belgi qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-oʻrash va ularga belgi qoʻyish qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi shart.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sirtqi oʻrovi mazkur oʻrov butligini buzmay turib ularni olish imkoniyatini istisno etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ichki oʻrovi ikkita qizil chiziq bilan belgilangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning oʻrovi va ularga belgi qoʻyish ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan, I roʻyxatga kiritilgan oʻsimliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat muassasalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarning sanoat maqsadlarida yetishtirilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada boʻlishiga ruxsat etilgan kannabis oʻsimligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada boʻlish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(211-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar IV roʻyxatga kiritilgan prekursorlarni oʻz ishlab chiqarishida foydalanish uchun mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda, yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan koʻp boʻlmagan miqdorda olishlari mumkin va olingan yoki buyurtma berilgan prekursor miqdori ushbu ehtiyojlardan oshib ketgan har bir holat toʻgʻrisida maxsus vakolatli organni xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV roʻyxatga kiritilgan prekursorlarning muomalada boʻlishini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning yaroqlilik muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositasi, psixotrop modda yoki prekursor ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik taʼsirga uchraganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorlar vafotidan soʻng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklar oʻsayotgan yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari yoki foydalanuvchilari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslar bu oʻsimliklarni yoʻq qilib tashlashga majbur. Bundan bosh tortilgan taqdirda mazkur oʻsimliklar ularning hisobidan yoʻq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. GIYOHVANDLIK VOSITALARI. PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN FOYDALANISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II, III va IV roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismi tatbiq qilinadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan tranzit tarzida oʻtayotgan yoʻlovchilarni davolash uchun foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida oʻtayotgan bemor II va III roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib oʻtishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qoʻshimcha ravishda olishga muhtoj boʻlgan taqdirda bunday vositalar yoki moddalarni berish Oʻzbekiston Respublikasida yozib berilgan retsept asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veterinariyada foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxati, shuningdek ulardan foydalanish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish uchun ruxsat yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertizalar oʻtkazish maqsadida foydalanish uchun ruxsat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ularni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish, boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II, III va IV roʻyxatlarga kiritilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga tibbiy maqsadlarda berish bunday faoliyat turi uchun litsenziyalari boʻlgan dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat toʻgʻrisida hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslar oʻz faoliyatlari toʻgʻrisida maxsus vakolatli organga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etadilar.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni inventarizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslar oʻz tasarruflaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni har oyda inventarizatsiya qilishlari hamda tovar-moddiy qimmatliklar balansini tuzishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balansdagi tafovutlarga oid maʼlumotlar yoki balans maʼlumotlarining oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida bu holat aniqlanganidan soʻng uch kunlik muddat ichida ichki ishlar organlariga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori va holatiga taalluqli barcha oʻzgarishlar maxsus daftarlarga qayd etiladi. Bunday daftarlarni yuritish va saqlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. GIYOHVANDLIK VOSITALARI. PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALADA BOʻLISHIGA MONELIK QILISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga monelik qilish choralarini moliyalash davlat budjeti mablagʻlari va boshqa moliyalash manbalari hisobidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻibotining taqiqlanishi hamda reklamasining cheklanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻiboti, yaʼni Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, tayyorlash va ulardan foydalanish usullari, uslublari toʻgʻrisidagi, ularni olish joylari haqidagi maʼlumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyat taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II va III roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar reklamasi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga moʻljallangan ixtisoslashgan bosma nashrlardagina amalga oshirilishi mumkin. Tarkibida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari boʻlgan dori vositalarining namunalarini reklama maqsadlarida tarqatish taqiqlanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Tibbiy koʻrikdan va tekshiruvdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs giyohvandlik bilan kasallangan, giyohvandlik vositalari taʼsirida mast holatda yoxud shifokor koʻrsatmasi boʻlmagani holda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda isteʼmol etgan deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa, u tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs oʻz tanasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib oʻtayotir deb hisoblashga asoslar boʻlsa, u tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada koʻrsatilgan shaxslar tibbiy koʻrikdan va tekshiruvdan oʻtkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov organlari va sudning qaroriga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda yuboriladi.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy koʻrikdan va tekshiruvdan oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(35-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Giyohvandlikka yoʻliqqan shaxslar uchun kasb faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishning cheklanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlikka yoʻliqqan shaxslar shugʻullanishi uchun cheklov belgilangan kasb faoliyati turlari roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi.
(36-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni musodara etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlganligi uchun olib qoʻyilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun moʻljallangan asbob va uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda musodara etiladi yoki yoʻq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat natijasida olingan yoki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qonunchilikka muvofiq musodara etiladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin ular ustidan qonunchilikka muvofiq maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi mumkin.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, bartaraf etish va ochish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda egadir.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxsni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishidan kelgan daromadlarni legallashtirishda ishtirok etayotgan yuridik shaxsni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi natijasida olingan daromadlarni legallashtirish maqsadida moliyaviy operatsiyani amalga oshirgan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Ushbu Qonun talablari ijrosini tekshirish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi organlar mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga oid tartib buzilganligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda prokuratura, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
(42-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklar yetishtirilishi ehtimoli bor yer uchastkalarini, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, foydalanish va yoʻq qilish joylarini koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash jarayonlarining belgilangan qoidalarga muvofiqligini tekshirish, zarurat boʻlganda ekspertlik tadqiqoti uchun namunalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olishga monelik qilish maqsadida xonalarni muhrlab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat vazifalarini bajarish uchun zarur tushuntirish va hujjatlar taqdim etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishning boshqa choralarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov yoki prokuratura organlarining mansabdor shaxslari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilayotgan har qanday joyga kirishi va uni koʻzdan kechirishi mumkin.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(43-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bob Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-644-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 19-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
813-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 210-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 02.06.2022-y., 03/22/774/0467-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)