Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash boʻyicha ixcham xizmat koʻrsatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoniga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini raqamlashtirish hisobidan zamonaviy xizmatlar orqali ixcham boshqaruv tizimini joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2026-yil oktabr — dekabr oylarida tajriba-sinov tariqasida Pensiya jamgʻarmasining Andijon viloyati Andijon shahri va Oltinkoʻl tumani, Samarqand viloyati Samarqand shahri, Xorazm viloyati Urganch va Xiva shaharlari hamda Shovot va Yangiariq tumanlari, shuningdek, Sirdaryo viloyati tuman (shahar) boʻlimlarining (keyingi oʻrinlarda — tajriba hududlari) pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash) bilan bogʻliq vazifalari va funksiyalari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalariga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil oktabr — dekabr oylarida tajriba hududlarining hududiy boshqarmalarida har bir tuman (shahar) uchun pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash boʻyicha 3 kishidan iborat komissiya, shuningdek, tuman (shahar) boʻlimlarida fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faoliyati tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash boʻyicha 3 kishidan iborat komissiya tarkibiga tajriba hududlarida ishlovchi rahbarlar va ularning xodimlari jalb qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba hududlarida fuqarolarga pensiya taʼminotiga oid xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 25-oktabrga qadar tajriba hududlarining hududiy boshqarmalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni, asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu tajribani tahlil qilib borish, tajriba hududlarining hududiy boshqarmalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning faoliyatini monitoring qilish maqsadida Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatida ishchi guruhni tashkil etsin hamda uning vazifalarini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi joriy etiladigan tizimning mohiyati va samarali faoliyat koʻrsatishi boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 15-dekabrga qadar tajriba loyihasini amalga oshirishning tahlili natijalarini hisobga olgan holda, 2027-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning barcha hududida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalarida har bir tuman va shaharlardagi biznes jarayonlarni va funksiyalarni qamrab oluvchi ixcham xizmat koʻrsatish ofislarini tashkil etishni nazarda tutuvchi tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pensiya jamgʻarmasi “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlib turgan pensionerlarning pensiya toʻlovlarini olish huquqini tasdiqlashda “MyID” axborot tizimi orqali shaxsni tasdiqlash jarayonidan oʻtib foydalanish imkonini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2027-yil 1-yanvarga “mahalla yettiligi” bilan birgalikda fuqarolarning mehnat daftarchasi maʼlumotlarini tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari orqali raqamlashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini yanada jadallashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
576-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 576-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tajriba hududlarida fuqarolarga pensiya taʼminotiga oid xizmatlar koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro quyidagi xizmatlardan foydalanish uchun Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimidagi fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi xodimiga ariza (alohida murojaat talab etmagan holda, proaktiv shaklda pensiya tayinlash bundan mustasno) bilan murojaat qiladi:
pensiyani tayinlash, qayta hisoblash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish (oʻzgartirish);
pensiyani toʻlash, toʻlashni tiklash yoki davom ettirish;
pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani toʻlash;
xorijiy davlatga doimiy yashash uchun joʻnab ketishdan avval pensiya toʻlash;
uy-joy kommunal xizmatlari toʻlovlari boʻyicha har oy kompensatsiya pulini olish;
avtobenzin sotib olish boʻyicha har oy kompensatsiya pulini olish;
pensiyadan chegirma qilish;
pensiyaga boʻlgan huquqni tasdiqlash;
pensiya guvohnomasini olish.
Bunda arizaga raqamlashmagan maʼlumot va hujjatlar ilova qilinadi.
Tuman (shahar) boʻlimlarida fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi xodim
1. Fuqaroning arizasi va unga ilova qilingan raqamlashmagan maʼlumot va hujjatlarni qabul qiladi, shuningdek, “Face-ID” orqali elektron roʻyxatga oladi.
2. Fuqaroning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarning qabul qilgani boʻyicha tilxat beradi.
Ariza qabul qilingan vaqtda
3. Fuqarolardan qabul qilgan raqamlashmagan maʼlumot va hujjatlarni (skaner qilib) axborot tizimi orqali hududiy boshqarmadagi Pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash boʻyicha komissiyaga yuboradi.
Ariza berilgandan kunda
4. Hududiy boshqarmadagi Pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash boʻyicha komissiyaning tegishli qaroriga muvofiq ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslangani va ishonchliligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazadi.
5. Fuqarolardan qabul qilgan raqamlashmagan maʼlumot va hujjatlar hamda oʻtkazilgan oʻrganish dalolatnomasining asl nusxasini “Oʻzbekiston pochtasi” AJ kuryerlik xizmati orqali hududiy boshqarmadagi Pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash boʻyicha komissiyaga yuboradi.
Har hafta oxirgi ish kunida
3-bosqich
Hududiy boshqarmadagi Pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash boʻyicha komissiya
1. Pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish bilan bogʻliq vazifalarni interaktiv va proaktiv shaklda amalga oshiradi.
1 — 10 ish kunida
2. Fuqaroning arizasi boʻyicha raqamlashmagan maʼlumot va hujjatlarni qabul qiladi hamda maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi.
Qabul qilingan kunda
3. Pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarning asoslangani va ishonchliligi yuzasidan oʻrganish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5 — 10 ish kunida
4. Zaruratga koʻra tanlov asosida joylarga chiqqan holda oʻrganishlar oʻtkazadi.
Zarur hollarda
5. Fuqarolarga qaytarish kerak boʻlgan tegishli hujjatlarning asl nusxalarini pochta orqali yuboradi.
Qaror qabul qilgandan soʻng 10 kunda
6. Pensiya, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar uchun toʻlov qaydnomalarini shakllantiradi, axborot tizimi orqali tijorat banklariga yuboradi.
Har oyning 5-sanasiga qadar
4-bosqich
Hududiy boshqarma
Axborot tizimida avtomatik ravishda hisoblash imkoni boʻlmagan oʻtgan davr uchun qoʻshimcha toʻlovlarni kiritadi va tasdiqlaydi.
Zarur hollarda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 576-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashash joyi — shaxs mulkdor sifatida, ijara (ikkilamchi ijara), tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra doimiy ravishda (asosan) yashaydigan hamda oʻzi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan uy, kvartira, xizmat turar joyi, maxsus uy (yotoqxona, vaqtincha uy-joy fondi uyi yoki nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, shuningdek, bolalar uyi yoki boshqa maxsus maqsadli uy) yoxud boshqa turar joy”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“turgan joyi — shaxs qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda vaqtincha yashaydigan joylashtirish vositasi, davolash muassasasi yoki shaxsning yashash joyi hisoblanmaydigan turar joy”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-band “shartlar va meʼyorlar asosida” soʻzlaridan keyin “yashash joyidagi, yashash joyi mavjud boʻlmaganda esa turgan joyidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 10-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shuningdek, quyidagi xizmatlar fuqaroning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlik pensiyasini oluvchilarga nogironlik guruhi qayta belgilangan yoki muddati uzaytirilganda, pensiya toʻlovini davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I guruh nogironligi belgilanganda, pensiyani qayta hisoblash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi oila aʼzolari soni oʻzgarganda pensiya toʻlovini davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 yoshga toʻlgan fuqarolarga axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida qoʻshimcha toʻlovni tayinlash va toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) muddati tugashi sababli yoki muddatidan oldin yangilanishi munosabati bilan pensiya toʻlovini davom ettirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Axborot tizimida raqamlashtirilmagan maʼlumotlar yoki hujjatlar pensiyani tayinlash va/yoki qayta hisoblash uchun ham asl nusxada, ham tasdiqlangan koʻchirma nusxada taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusxalarda taqdim etiladigan maʼlumotnomalar (ish haqi va boshqa maʼlumotnomalar) bundan mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“56. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-iyundan boshlab pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida qoʻshimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda, ish stajini tasdiqlash uchun (band shaxsning ish stajidan tashqari) maʼlumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maʼlumotnomada ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, ish (lavozim) boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi va asoslari koʻrsatilgan holda mehnat shartnomasining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Maʼlumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek, maʼlumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va maʼlumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish stajini arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan aniqlashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yildan avvalgi davr uchun — “YAMMT” IDAKda mavjud tasdiqlangan maʼlumotlardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005 — 2016-yillar davri uchun — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan, bunda ish beruvchi yuridik shaxs tomonidan fuqaroning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga kalendar yil uchun kamida bir marotaba majburiy badallar oʻtkazilgan taqdirda, mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarchasida) mazkur ish beruvchi yuridik shaxsda ushbu kalendar yilda ishlaganligi haqida mavjud yozuvlar asosida inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol: fuqaroning 2014-yil martdan 2015-yil fevralga qadar tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan davri mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarchasida) mavjud boʻlib, 2014-yil dekabr oyida ushbu tashkilotdan fuqaroning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy badallar oʻtkazilgan. Bunda fuqaroning 2014-yil mart — dekabr oylarida tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan davri ish stajida inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016 — 2018-yillar davri uchun — fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan kelib chiqib foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri yoki ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu bandning yettinchi xatboshisida belgilangan tartibda ish staji inobatga olinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turish vaqti Agentlik tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga axborot tizimi orqali yuborilgan elektron maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik avtomatik tarzda fuqaroning I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan fuqaroning I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turganligi toʻgʻrisidagi elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar fuqaroga pensiya hisoblashda ish staj sifatida inobatga olish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaga qarab turgan davrini pensiyani hisoblashda ish staji sifatida inobatga olish uchun elektron tibbiy xulosa asos hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 77 va 78-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“77. Ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqini guvohlar koʻrsatmasi asosida aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Shtat jadvalidan koʻchirmalar va jamoat tashkilotlarining aʼzolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat oʻrnini bosa olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqini arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan aniqlashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005 — 2016-yillar davri uchun — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016 — 2018-yillar davri uchun — fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning toʻrtinchi — oltinchi va ushbu Nizomning 56-bandi oltinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan davrlar uchun arxiv maʼlumotlaridan faqat tizimlarda zarur maʼlumotlar qisman mavjud boʻlganda yoki noaniq maʼlumotlar mavjud boʻlganda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining soʻrovi yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqini aniqlash uchun quyidagi hollarda mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olinmasdan, qonunchilik hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qisman yoki umuman mavjud boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli ish staji sud tartibida belgilanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qatʼi nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun oylik ish haqi olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fuqaroning oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori axborot tizimidagi yoki fuqaro tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan avtomatik ravishda aniqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yillik davrida ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan davrlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtash vaqti, shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan vaqt mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu davrlar mazkur Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “k” kichik bandlarida koʻrsatilgan davrlarga almashtirilishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) ushbu Nizomning 101-bandi “a” yoki “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 101-bandi “z” — “l” kichik bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan eng yuqori miqdordagi biri qoʻshib hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu Nizomning 101-bandi “v”, “g” yoki “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 101-bandi “e” — “l” kichik bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan eng yuqori miqdordagi biri qoʻshib hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 1051-band quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“l) Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotinlari) halok boʻlgan ota-onalar (bevalar)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 1052-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “v” — “k” kichik bandlarida” soʻzlari “v” — “l” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 1053-bandning birinchi xatboshisidagi “a” — “j” va “i” kichik bandlaridagi” soʻzlari “a” — “j”, “i” va “l” kichik bandlaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“108. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birgalikda pensiya va/yoki kompensatsiya pul toʻlovini tayinlash toʻgʻrisidagi ariza tushgandan keyin oʻn kun ichida tegishli qaror qabul qiladi (pensiya va/yoki kompensatsiya pul toʻlovini tayinlash, pensiya va/yoki kompensatsiya pul toʻlovini tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganini tekshirish va boshqalar toʻgʻrisida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi komissiya qarorlari hududiy boshqarmalarning Ichki nazorat, pensiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash monitoringi shuʼbasi tomonidan uch kun muddatda axborot tizimida kelishilgandan soʻng qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 10 — 14-moddalarida belgilangan pensiyalarni tayinlash haqidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya miqdorining oshishiga olib kelgan hollarda pensiyani qayta hisoblash haqidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organlar hamda Pensiya jamgʻarmasining ichki audit xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan pensiyadan ortiqcha toʻlovni undirish uchun qoʻllanilgan chegirmalar yopilishi haqidagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar yoki elektron maʼlumotlarda, hisob-kitoblarda xato yoki kamchiliklar aniqlanganda, qaror masʼul xodim tomonidan ularni bartaraf etish uchun qaytariladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“119. Pensiya jamgʻarmasi masʼul xodimi pensiya oluvchining soʻroviga asosan axborot tizimidagi maʼlumotlar asosida ushbu Nizomga 23-ilovaga muvofiq shaklda pensiya guvohnomasini rasmiylashtiradi. Pensiya guvohnomasini rasmiylashtirish uchun pensiya oluvchining tegishli fotosurati axborot tizimi orqali chop etiladi. Pensiya guvohnomasining elektron shakli fuqaroning YIDXPdagi yoki Agentlikning “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda shakllanadi. Pensiya guvohnomasining elektron nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya guvohnomasi blanki qatʼiy hisobda turuvchi rasmiy hujjat hisoblanadi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi tomonidan tayinlangan masʼul xodimda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya guvohnomasi berilishining hisobi axborot tizimi orqali masʼul xodim tomonidan yuritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“125. Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo boʻlgan taqdirda, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyani har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblash proaktiv shaklda ushbu Nizomning 1251-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda nogironlik pensiyasini qayta hisoblash axborot tizimda avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim boshligʻi elektron shaklda roʻyxatdan oʻtgan pensiyani qayta hisoblash toʻgʻrisidagi arizani ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tegishli hudud mutaxassisiga ijro uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza kerakli hujjatlar bilan birga roʻyxatga olinganidan soʻng masʼul xodim pensiyaning yangi hisob-kitobini (qayta hisoblashni) amalga oshiradi va komissiyaga qaror qabul qilish uchun taqdim qiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 140-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” soʻzlari “yashash yoki turgan joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1463. Qaydnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki tijorat banki filialining boshqaruvchisi (BXM rahbari), bosh buxgalteri (shtat birligi mavjud boʻlsa) va masʼul boʻlim boshligʻi tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaydnomalarni rasmiylashtirishda har qanday tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaydnomalar va ularga ilova qilingan elektron hujjatlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida sayyor kassalarga axborot tizimi orqali joʻnatishdan avval masʼul boʻlim boshligʻi qaydnomaning tasdiqlanganini tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) yetkazib berish uchastkasining joylashgan joyini hisobga olgan holda, pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) jadvaliga muvofiq yetkazib berish (topshirish) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) jadvaliga muvofiq ularni yetkazib berish (topshirish) sanasida masʼul boʻlim qaydnomalarni axborot tizimida rasmiylashtirib, tegishli sayyor kassa xodimiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish)da sayyor kassa xodimi ushbu Nizomning 1401-bandida belgilangan tartibda pensiya toʻlovini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya toʻlovini amalga oshirishning imkoni boʻlmagan holda pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki tijorat banki filiali tomonidan Pensiya jamgʻarmasi tegishli boʻlimiga axborot tizimi orqali yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi koʻrsatilgan holda joriy toʻlov oyining 27-sanasidan kechiktirmasdan maʼlumot beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va boshqa toʻlovlar yetkazib berilmagan (topshirilmagan) hollarda sayyor kassa xodimi yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnomada pensiya oluvchining pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildining raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiya va boshqa toʻlovlar qaysi oy uchun yetkazib berilmagani (topshirilmagani), shuningdek, yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi koʻrsatiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. 1464-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1465. Pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki tijorat banki filialida operatsiya kuni yakunlangandan soʻng masʼul boʻlim xodimi qaydnomalarni koʻrib chiqadi hamda joriy operatsiya kunida yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarni hisoblab chiqadi. Operatsiya kunida barcha qaydnomalar boʻyicha yetkazib berilgan (topshirilgan) umumiy summa masʼul boʻlim xodimi tomonidan kassa hujjatlariga kiritiladi. Qaydnomalar toʻgʻri rasmiylashtirilgani, yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarning hisobi va ularning kassa hujjatlaridagi yozuvlarga mos kelishi masʼul boʻlim xodimi tomonidan kunlik tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy toʻlov oyi uchun pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) tugaganda, sayyor kassa xodimi qaydnomalarni toʻldirishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaydnomadagi “Yetkazib berish sanasi yoki yetkazib berilmaganlik sababi” ustunida yetkazib berilgan (topshirilgan) sana (kun, oy) yoki yetkazib berilmagan (topshirilmagan)lik sababi (kodi)ni raqamlar bilan koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berilmagan (topshirilmagan)lik sababini (kodi) ushbu Nizomning 1466-bandida nazarda tutilgan tartibda toʻldiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaydnomadagi pensiya va boshqa toʻlovlar yetkazib berilmagani (topshirilmagani) sababi koʻrsatilgan (kodi qoʻyilgan) yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiya va boshqa toʻlovlarning soni va ularning summasini hisoblab chiqadi hamda axborot tizimida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaydnomalar sayyor kassa xodimi tomonidan masʼul boʻlim boshligʻiga tekshirish va tasdiqlash uchun yuboriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. 1467-bandning uchinchi xatboshisi “imzosi va bank muhri izining mavjudligi” soʻzlari “tomonidan tasdiqlanganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“147. Pensiya va boshqa toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha toʻlanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjat rasmiylashtirilgan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qoʻyilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi konvensiyaning (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) (keyingi oʻrinlarda — Minsk konvensiyasi) ishtirokchi davlatlari — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishonchnoma bergan shaxs Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan biriga ishonchnoma orqali pensiya va boshqa toʻlovni toʻlash boshlangan oydan boshlab bir yilda kamida bir marta kelib tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensionerning kelishi imkoniyati mavjud emasligi (sogʻligʻi tufayli, davolash muassasalarida, shu jumladan, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun statsionar davolanishda boʻlish) toʻgʻrisida maʼlumotlar olinganda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari xodimlari tayinlangan pensiyaga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun pensioner turgan joyga chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatda boʻlgan pensiya va boshqa toʻlovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxs Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisiga chiqqan yoki pensiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlagan oydan boshlab har uch oyda bir marta “MyID” biometrik identifikatsiya tizimi orqali pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi lozim. Bunda pensioner Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqqan oydan boshlab bir yilda kamida bir marta Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan biriga kelib yoki ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan tartibda pensiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlasa, pensiya va boshqa toʻlovni toʻlash keyingi 12 oyga davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner xorijiy davlatda boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelish imkoniyatiga ega boʻlmagan holatlarda pensioner Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga murojaat etishi mumkin va xorijiy davlat hududida doimiy yashash holati mavjud emasligini, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligini tasdiqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Minsk konvensiyasining ishtirokchi davlatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan ijtimoiy taʼminot (pensiya taʼminoti) toʻgʻrisida shartnomaga ega davlatlarda (keyingi oʻrinlarda — hamkor davlatlar) boʻlib turgan pensionerlarning xorijiy davlat hududida yashash joyi mavjud emasligi, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan hamkor davlatlarning vakolatli organiga soʻrov yuborish orqali aniqlanadi. Soʻrovga hamkor davlatlarning vakolatli organi tomonidan berilgan javob Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushguniga qadar pensiya toʻlovi toʻxtatib turiladi. Agar pensionerning xorijiy davlat hududida yashash joyi mavjud emasligi, shuningdek, pensiya yoki ijtimoiy nafaqa olmasligi aniqlansa, javob kelib tushgan kundan boshlab Qonunning 59-moddasida belgilangan muddat asosida pensiya toʻlovi ariza talab etmasdan proaktiv shaklda tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli vakil hamda xorijiy davlatda boʻlgan naqd pulsiz shaklda pensiya oluvchi shaxs pensiya toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning boʻlinmasida saqlanadi. Bunda pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning boʻlinmasi ishonch bildirilgan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot boʻlinmasining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya oluvchilarga xizmat koʻrsatuvchi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi xodimi va pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish yuklangan tashkilot yoki tijorat banki filiali xodimiga ishonchnoma orqali pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) qatʼiy taqiqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. 153-banddagi “vaqtincha turgan joyi” soʻzlari “turgan joyi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 155-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan” soʻzlari “oʻquv yilining 1-sentabridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. 156-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Biroq pensiya hamda kompensatsiya pul toʻlovi ushbu Nizomda belgilangan asoslar boʻyicha toʻxtatilib, fuqaro vafot etgunga qadar tiklanmagan hollarda toʻlanmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “yoki xorijiy davlatda boʻlgan naqd pulsiz shaklda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Har oyning 25-sanasida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisiga chiqib uch oydan ortiq vaqt mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelmaganligi uchun pensiya toʻlovi toʻxtatilgan, biroq bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytib kirgan pensionerlar haqidagi elektron maʼlumotni Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi hamda ularning pensiya toʻlovi ariza talab etmasdan proaktiv shaklda tiklanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1591. Pensioner pensiya toʻlashni toʻxtatib turishni soʻrab Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib yoxud YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya toʻlashni toʻxtatib turish ushbu Nizomga 25-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelganida Davlat xizmatlari markazi xodimi pensionerning nomidan, pensioner YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 27-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng murojaatchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“163. Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya yoki 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan pensiya oluvchilarga qoʻshimcha toʻlov (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) pensioner Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ketish toʻgʻrisida bevosita kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza berilgan kundagi pensiya yoki qoʻshimcha toʻlov miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan 6 oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“164. Olti oy avval pensiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — Migratsiya boʻlinmalari) tomonidan avtomatlashtirilgan axborot manzil tizimidan (keyingi oʻrinlarda — manzil tizimi) olingan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza, xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur boʻlsa) boʻlganda va Migratsiya boʻlinmalari tomonidan manzil tizimidan olingan “Yashash joyidan roʻyxatdan chiqarilganligi” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida xorijiy fuqaroga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza, xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur boʻlsa) boʻlganda va Migratsiya boʻlinmalari tomonidan manzil tizimidan olingan maʼlumotlar asosida fuqaroligi boʻlmagan shaxsga toʻlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“165. Olti oy avval pensiya toʻlash naqd pul shaklida pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali bir martalik toʻlov qaydnomasi asosida amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan berilgan hujjat pensioner doimiy (asosan) yashaydigan davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi kerak, bunday muassasa boʻlmagan taqdirda esa, pensioner doimiy (asosan) yashaydigan davlatning Tashqi ishlar vazirligi, ushbu mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan legalizatsiya qilinishi, keyinchalik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida tasdiqlanishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida mazkur lavozimlar vakant boʻlgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga ushbu lavozim boʻyicha tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganligi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi “fuqaro” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganligi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish (toʻxtatish) toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi” soʻzlari “pensiyani toʻlash axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatib turiladi (toʻxtatiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“181. Masʼul xodim Pensiya jamgʻarmasi “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan yoki yozma ravishda pensiya va boshqa toʻlovlar yetkazilishi boʻyicha qilingan murojaatlarga asosan yoxud pensiya va kompensatsiya toʻlovlari qaydnomalarga elektron imzo qoʻyish orqali toʻlangan fuqaro yashayotgan hududga borib, fuqaro bilan uchrashgan holda (keyingi oʻrinlarda — oʻrganish) oʻrganish oʻtkazadi. Mazkur murojaat hamda pensiya va kompensatsiya toʻlovlari elektron imzo qoʻyish orqali toʻlangan fuqarolar boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishda huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda, ushbu fuqaro yashayotgan hudud (koʻcha, uy yoki mahalla fuqarolar yigʻini) toʻliq oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha har oyda Pensiya jamgʻarmasi va tijorat bankining hududiy filiallari oʻrtasida ikki tomonlama solishtirma dalolatnoma imzolanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“187. Axborot tizimida quyidagilar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi tomonidan login va parol bilan himoyalangan shaxsiy kabinetda elektron tarzda rasmiylashtiriladi, yuritiladi va saqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya oluvchilarning pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani qayta hisoblash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza yoki soʻrovnomani roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya tayinlashni rad etish, qoʻshimcha tekshirish oʻtkazish va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi komissiya qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya oluvchining yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya yoki ijro hujjatlariga asosan pensiyadan chegirma qilish toʻgʻrisida qarorlarni roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya oluvchilarga berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash, nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda qayta hisoblash va kompensatsiya pul toʻlovini proaktiv shaklda tayinlash axborot tizimida avtomatik tarzda roʻyxatga olinadi. Bunda shaxsning maʼlumotlari vazirlik va idoralar tomonidan axborot tizimi tomonidan yuborilgan soʻrovga muvofiq olingan maʼlumotlar asosida shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalar axborot tizimida roʻyxatga olishda, avtomatik tarzda raqamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimida shaxsning arizasini rasmiylashtirishda quyidagi maʼlumotlar boʻlim boshligʻi tomonidan kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining shaxsga doir va identifikatsiya qilish mumkin boʻlgan maʼlumotlari, shu jumladan, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizaning mazmuni va ariza taqdim qilingan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining mobil telefon raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim boshligʻi ish yurituvidagi pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va yuritilishi tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimida pensiyani tayinlash va toʻlash bilan bogʻliq barcha jarayonlar xodimning shaxsiy kabinetida uning yuzini biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali amalga oshiriladi hamda har bir tasdiqlangan jarayon uchun javobgar hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1871. Pensiya yoki kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash uchun pochta orqali yuborilgan ariza va hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan qabul qilinadi va axborot tizimida rasmiylashtirilib, roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs pensiya yoki kompensatsiya pul toʻlovini tayinlashni soʻrab Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga bevosita kelib murojaat qilganda, boʻlim boshligʻi u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va koʻrsatmalar asosida axborot tizimida shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda ushbu Nizomga 22 va 24-ilovalarga muvofiq shakldagi arizani shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada keltirilgan maʼlumotlar pensiya yoki kompensatsiya pul toʻlovini tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan tekshiriladi. Arizadagi maʼlumotlarda xato yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda, boʻlim boshligʻi mazkur xato yoki kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizani qayta shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs arizadagi maʼlumotlar toʻgʻri shakllantirilganini bildirganidan soʻng boʻlim boshligʻi ariza shaxs tomonidan berilganini tasdiqlash maqsadida shaxsning yuzini biometrik identifikatsiyadan (Face-ID yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa elektron tasdiqlash usulidan) oʻtkazgan holda elektron maʼlumotlarni oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olingan elektron maʼlumotlarni solishtirish maqsadida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimiga elektron soʻrov yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Migratsiya va personallashtirish departamenti axborot tizimi orqali kelib tushgan elektron soʻrovga asosan pensiya yoki kompensatsiya pul toʻlovi tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs yuzining biometrik maʼlumotlarini axborot tizimidagi mavjud shaxs yuzining biometrik elektron maʼlumotlari bilan solishtiradi hamda elektron maʼlumotlar oʻzaro mos kelgani yoki mos kelmagani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya yoki kompensatsiya pul toʻlovini tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs yuzining biometrik elektron maʼlumotlari Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimidagi mavjud ushbu shaxs yuzining biometrik maʼlumotlari bilan mos kelganda, ariza beruvchi yuzining biometrik elektron maʼlumotlari Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan tasdiqlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim boshligʻi shaxsning arizasini axborot tizimiga yuklanganidan soʻng ariza avtomatik tarzda axborot tizimida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza quyidagi hollarda shaxs tomonidan imzo qoʻyish, shu jumladan, faksimil imzo qoʻyish orqali tasdiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi shaxs yuzining biometrik elektron maʼlumotlari maxsus qurilma orqali olinib, Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimidagi mavjud pensiya oluvchi yuzining biometrik elektron maʼlumotlari bilan mos kelmagani toʻgʻrisida elektron maʼlumot kelib tushganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza berilayotgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati mavjud boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza berilayotgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida internet tarmogʻi tezligi tizimdagi pensiya oluvchi yuzining biometrik elektron maʼlumotlarini elektron shaklda solishtirish uchun talab etiladigan tezlikdan kam boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslar va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni sogʻligʻining holatiga koʻra shaxsning yuzini biometrik identifikatsiyadan (Face-ID yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa elektron tasdiqlash usulidan) oʻtkazish imkoni boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim boshligʻi taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini shaxsga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning pensiyaga boʻlgan huquqi mavjud boʻlmasa, ushbu Nizomda belgilangan qoidalar asosida komissiya tegishli qarorni qabul qiladi va pensiya tayinlash uchun taqdim qilingan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlashni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror hamda xabarnomani shaxsga qaytaradi yoki yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs tomonidan pensiya va kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar pochta orqali yuborilganda, boʻlim boshligʻi shaxsning arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni axborot tizimiga kiritadi va rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yuborilgan hujjatlarning asl nusxalari pensiya va kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Proaktiv shaklda tayinlangan yoki elektron arizaga muvofiq elektron maʼlumotlar asosida shakllantirilgan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari axborot tizimida elektron shaklda saqlanib, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovi yoki fuqaroning arizasi asosida chop etiladi. Fuqaro tomonidan qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar reyestrda saqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. 1872-banddagi “shuʼba mutaxassisi” soʻzlari “masʼul xodim” soʻzlari bilan, “ushbu Nizomning 77-bandida” soʻzlari “ushbu Nizomning 56 va 77-bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. 1874-banddagi “shuʼba mutaxassisi” soʻzlari “masʼul xodim” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijrodagi pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlarini saqlash boʻyicha javobgarlik, shuningdek, pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlarining Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxividan berilishi va qaytarilishini nazorat qilish Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi asosida masʼul xodimga yuklatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“190. Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida pensionerning yashash joyi oʻzgargan taqdirda, pensioner (qonuniy vakil) yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish haqida oʻzi uchun eng qulay boʻlgan Davlat xizmatlari markazi orqali yoxud YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda, ushbu Nizomga 38-ilovada belgilangan sxema boʻyicha ushbu Nizomga 39-ilovada belgilangan soʻrovnomani toʻldirib murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensionerning murojaatiga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining avtomatlashtirilgan axborot manzil tizimidan olingan maʼlumotlar asosida, fuqaroning avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida avtomatik ravishda elektron soʻrov yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi kelib tushgan elektron soʻrovga asosan elektron koʻrinishdagi pensiya ishini axborot tizimi orqali oʻsha kunning oʻzida yangi yashash joyidagi boʻlimga yuboradi. Pensiya hujjatlarining qogʻoz shaklidagi tikilgan yigʻmajildi mavjud boʻlgan taqdirda, u uch ish kuni ichida pochta aloqasi orqali joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi (avval hisobni yuritgan boʻlim) tomonidan koʻchib ketayotgan pensionerga u hisobdan chiqqunga qadar bir oy oldingi pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi (toʻlov toʻxtatilgan hamda pensioner toʻlovni tiklash masalasi boʻyicha murojaat qilmagan holatlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va boshqa toʻlovlar toʻlangan muddat pensioner va boshqa toʻlovlarning pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobdan chiqarish avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan rasmiylashtiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1912. Pensiya oluvchining yangi yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini olgandan soʻng:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlanganiga va/yoki qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblanganiga uch yil boʻlmagan pensiya ishlari boʻyicha nazorat tariqasida pensiya oluvchining avvalgi yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan qabul qilingan komissiya qarori asosida axborot tizimida hisob-kitoblarni (pensiya miqdori, oʻrtacha ish haqi, mehnat staji hisob-kitobi va boshqalar) qaytadan amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlanganiga va/yoki qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblanganiga uch yil va undan ortiq boʻlgan pensiya ishlari boʻyicha qaytadan hisob-kitoblar amalga oshirilmasdan, toʻlovlar amaldagi miqdorda davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va boshqa toʻlovlar pensionerga avvalgi yashash joyi boʻyicha toʻlov toʻxtatilgan muddatdan boshlab, lekin uning tomonidan hisobga qoʻyish maqsadida murojaat etilgan sanadan oldingi Qonunning 59-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida toʻlanishi boshlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. 192-banddagi “doimiy yashash joyiga” soʻzlari “doimiy yashash uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“194. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida saqlanayotgan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari ularni olish huquqi boʻlgan xodimlarga boʻlim masʼul xodim tomonidan beriladi. Bunda pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari arxivga qaytarilishini nazorat qilish masʼul xodimga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida axborot almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlik asosida, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketgan hamda vafot etgan pensionerlar roʻyxati har kuni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etiladi. Masʼul mutaxassis ushbu roʻyxatga asosan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketgan hamda vafot etgan pensionerlarning pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlarini axborot tizimida yopish ishlarini amalga oshiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1965. Ijro hujjati boʻyicha undirilish tamomlanishi (koʻrsatilgan summaning toʻliq undirilishi, ijro hujjatini yuborgan organ tomonidan qaytarib olinishi yoki sud tomonidan belgilangan muddat boʻyicha alimentlarning undirilishi) yuzasidan Pensiya jamgʻarmasi masʼul xodimi pensionerning Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali amalga oshirilgan chegirmalarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi chegirmalar yopilishining asosliligini va hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirish toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjatlari ijro hujjatini yuborgan tegishli organga qaytariladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 23-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya guvohnomasi (namuna)

”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Quyidagi mazmundagi 38 va 39-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 38-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobdan chiqarish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Murojaat qiluvchi
(shaxs yoki uning qonuniy vakili)
1. Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobdan chiqarish yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobdan chiqarish boʻyicha soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazlari
1. Soʻrovnomani toʻldirib, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari avtomatlashtirilgan axborot manzil tizimidan pensionerning yashash joyi haqidagi maʼlumotni oladi.
2. Soʻrovnomani elektron shaklda fuqaroning avvalgi yashash joyidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) boʻlimiga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. Soʻrovnomani fuqaroning avvalgi yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi.
Avtomatik tarzda,
5 daqiqa ichida
0
3-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi
1. Qonuniy vakil shaxsning vasiysi yoki homiysi ekanligini oʻrganish uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.
2. Koʻchib ketayotgan pensionerga hisobdan chiqqunga qadar bir oy oldingi pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi (toʻlov toʻxtatilgan hamda pensioner toʻlovni tiklash masalasi boʻyicha murojaat qilmagan holatlar bundan mustasno).
3. Axborot tizimida elektron shakldagi pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini pensionerning yangi yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuborib, hisobdan chiqarishni rasmiylashtiradi.
4. Pensionerning yangi yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini pochta orqali yuboradi.
Soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng 30 daqiqa ichida
3 ish kunida
0
4-bosqich
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi
1. Axborot tizimida kelib tushgan elektron shakldagi pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qabul qilib rasmiylashtiradi.
2. Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi kelib tushganligi haqidagi elektron shakldagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaatchining mobil telefon raqamiga pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi kelib tushganligi haqida SMS-xabar yuboradi.
Elektron shakldagi pensiyaga oid hujjatlar kelib tushgandan soʻng 5 daqiqa ichida
Avtomatik tarzda
0
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazlari
Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi kelib tushganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa ichida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 39-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya ishini hisobdan chiqarish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi
5. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
7. Yashash joyi
8. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi
9. Pensiya tayinlangan avvalgi tuman/shahar boʻlimi
10. Avvalgi yashash joyidagi mahalla fuqarolar yigʻini nomi
11. Telefon raqami
12. Pensiya turi
Yoshga doir
□
Nogironlik
□
Boquvchisini yoʻqotganlik
□
II. Murojaat qonuniy vakil tomonidan berilganda
Qonuniy vakil haqida maʼlumotlar:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi
5. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
7. Yashash joyi
8. Vakillik uchun asos (hujjat)
9. Telefon raqami
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2026-y., 09/26/576/1049-son)