11.09.2026 yildagi PF-193-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2026 yildagi PF-193-son
Date of entry into force
12.09.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy faollikni oshirish, kichik biznesni rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlari va barqaror ish oʻrinlarini yaratish, biznes yuritish xarajatlarini kamaytirish hamda ushbu choralar natijasida aholi daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Tashkiliy chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha tegishlicha hududiy shtablar, tuman (shahar) hokimlari rahbarligida — tuman (shahar) shtablari tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hududiy va tuman (shahar) shtablarining asosiy vazifalari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hududiy va tuman (shahar) shtablarining oʻz vakolati doirasidagi qarorlari davlat organlari, tashkilotlar va davlat ulushi mavjud banklar hamda ularning boʻlinmalari uchun majburiy etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Moliyalashtirish mexanizmlari va manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2026-yil yakuniga qadar tuman (shahar) shtablari ixtiyoriga quyidagi manbalar hisobidan jami 3,2 trillion soʻm resurs yoʻnaltirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari boʻyicha 1 trillion 370 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) yoshlar tadbirkorligi dasturlari boʻyicha 450 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasidan foiz xarajatlari kompensatsiyasi uchun nazarda tutilgan 300 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining 760 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining 240 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining 100 milliard soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman (shahar) shtabi qaroriga asosan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan lider tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha (jalb qilingan har bir oila uchun 50 million soʻm hisobda) garov taʼminotisiz kredit ajratilishiga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligi dasturlarining imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman (shahar) shtablariga oʻtkazilsin. Bunda ular mahalliy sharoit va loyiha xususiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish yoʻnalishi va miqdorini, naqd yoki naqdsiz shaklini, muddati, imtiyozli davri va toʻlov grafigini, ularni asoslangan hollarda uzaytirish yoki qayta koʻrib chiqishni, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan aholi uchun maxsus shartlarni mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga tuman (shahar) shtablari qarorlari asosida tijorat banklari kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan yoki belgilangan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmi joriy qilinsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) tuman (shahar) shtablari mahalliy sharoit, loyihalarning samaradorligi va ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, kompensatsiyadan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tuman (shahar) shtablarining qarorlari kompensatsiya taqdim etish uchun asos hisoblanadi. Kompensatsiya taqdim etishda kredit tarixi, tadbirkor toifasi, barqarorlik reytingi va boshqa talablarning joriy etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda belgilangan umumiy tartibda Kompaniyaga kompensatsiya olish uchun bevosita murojaat qilish huquqi saqlab qolinadi. Bunda kompensatsiya xarajatlari tuman (shahar) shtablariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) bir moliyalashtirish boʻyicha bir xil foiz xarajatlarini ikki marta kompensatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublikadan biriktirilgan masʼullar mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilib boradi va har chorakda tahlil qilib hududiy shtablarga axborot kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, biznes-reja asosida faoliyat yuritayotgani, ish oʻrinlari tahlillarini amalga oshiradi va shular asosida keyingi davrlar uchun sunʼiy intellektdan keng foydalangan holda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, kredit, subsidiya, ssuda va kompensatsiya mablagʻlaridan foydalanish shartlari va qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari bilan belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank ushbu mablagʻlarni moliyalashtirish shartlari va qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek, zaruratga koʻra, hududlar salohiyatidan kelib chiqqan holda har chorakda oʻzgartirishlar kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari saqlab qolingan holda ularning mablagʻlarini tasarruf etish hamda ular hisobidan ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish vakolatlari tuman (shahar) shtablariga oʻtkazilsin. Bunda “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanishning quyidagi yangi tartibi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining amaldagi moliyaviy instrumentlari saqlab qolingan holda ularning mablagʻlari hisobidan kambagʻal va kambagʻallikka tushish xavfi bor hamda boshqa ehtiyojmand oilalarga tuman (shahar) shtablari qarorlari asosida ushbu va boshqa turdagi ijtimoiy yordam koʻrsatish va tadbirlarni amalga oshirish yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan yordam va tadbirlarning yangi yoʻnalishlari hamda ularning miqdorlari va tartiblari, shu jumladan, amaldagi moliyaviy instrumentlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tartibi Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov hamda Bosh prokuror oʻrinbosari I.M. Adxamov uch kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan resurslarni kambagʻal va ishsiz aholi soni, hududning iqtisodiy salohiyati hamda loyihalarning tayyorlik darajasidan kelib chiqib tuman (shahar)lar kesimida taqsimlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) hududiy va tuman (shahar) shtablari, “mahalla yettiligi”, hokim yordamchilari, mahalla bankirlari va boshqa masʼullarning har bir oila va loyiha bilan ishlashi boʻyicha yagona amaliy koʻrsatmani tasdiqlasin. Bunda koʻrsatmada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) moliyalashtirishdan oldin real bozor, xaridor, buyurtma va qaytarish manbasini aniqlash, tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi va kichik biznesni ular bilan kooperatsiya va yetkazib berish zanjirlari orqali bogʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) davlat resurslari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha shtabning qaror qabul qilish vakolati va tavakkalchiligi, tijorat bankining moliyaviy operator sifatidagi vazifalari, shuningdek, bankning oʻz mablagʻlari va tavakkalchiligi hisobidan moliyalashtirish masalasida mustaqilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) loyihaning xususiyati va pul oqimidan kelib chiqib, moliyalashtirish vositasi, muddati, imtiyozli davri va toʻlov grafigini tanlash, istiqbolli loyihalarning zaruratga qarab toʻlov grafigini oʻzgartirish, muddatni uzaytirish (prolongatsiya) va restrukturizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) yer, infratuzilma, elektr energiyasi, ruxsat berish, xomashyo, bozor bilan bogʻliq hamda boshqa muammolarni masʼul organlar tomonidan tezkor bartaraf etish hamda quyi darajada hal etilmagan masalalarni yuqori bosqichga olib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) natijani ajratilgan mablagʻ yoki berilgan kredit hajmi bilan emas, ishga tushgan loyihalar, faoliyati kengaygan bizneslar, yaratilgan barqaror ish oʻrinlari va daromadi oshgan oilalar soni asosida baholash nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilangan tartib-taomillarga rioya etilgan, korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqa noqonuniy harakatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, loyiha boʻyicha kredit yoki tadbirkorlik tavakkalchiligining yuzaga kelishi, jumladan, mablagʻning qaytmasligi, loyihadan kutilgan natijaga erishilmasligi, muddatining uzaytirilishi yoki restrukturizatsiya qilinishi oʻz-oʻzidan qaror qabul qilgan shaxsni javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanmasligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilishning yangi mexanizmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholining ijtimoiy yordam va xizmatlarga muhtojligini oʻrganish hamda Ijtimoiy reyestrga kiritish ularning moliyaviy holatidan tashqari oila aʼzolaridagi surunkali kasalliklar, nogironlik, tashqi mehnat migratsiyasi, oilaning koʻp bolali ekanligi kabi mezonlar asosidagi koʻp oʻlchovli baholash tizimi orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) koʻp oʻlchovli baholash tizimi doirasida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati balli skoring tizimi orqali baholanib, uning natijalariga koʻra oilalar tegishli toifalarga ajratilgan holda ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar oilalarni koʻp oʻlchovli baholash tizimi orqali Ijtimoiy reyestrga kiritish, ularni toifalarga ajratish va tegishli xizmatlarga yoʻnaltirishning yangi tizimini amaliyotga joriy etishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xotin-qizlarga ularga berilgan homiladorlik va tugʻish taʼtili tugagan kundan boshlab farzandi bir yoshga toʻlgunga qadar Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan bolani parvarishlash nafaqasini toʻlash tartibi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) mazkur Farmonning 2-ilovasida nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari vaucher orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Belgilab qoʻyilsinki, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar aʼzolariga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2026-yilda qoʻshimcha ravishda 100 milliard soʻm, 2027-yilda 300 milliard soʻm foizsiz kreditlar ajratiladi. Bunda ajratilgan kreditlarning foiz xarajatlarini tijorat banklariga qoplash uchun Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat budjetidan 50 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov ikki hafta muddatda korxonalarning xodimlari, birinchi navbatda, Ijtimoiy reyestrga kirgan xodimlari uchun amalga oshirgan quyidagi xarajatlari foyda soligʻi bazasidan chegirilishini hamda yer va mol-mulk soliqlaridan ozod etilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) xodimlarining farzandlari uchun maktabgacha taʼlim obyektlarini qurish va ushbu obyektlarni topshirilgandan keyin 3 yil muddatgacha saqlash xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xodimlari uchun korxonada ishlagan davrida vaqtinchalik yashash uchun uy-joylarni qurish, shuningdek, ushbu xodimlarning ijara va uy-joydan foydalanish toʻlovlarini qoplab berish xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlariga — ushbu Farmon ijrosi hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi ustidan muntazam parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi kompensatsiyadan foydalanishning natijadorligi va samaradorligini muntazam monitoring qilib borsin. Bunda tadbirkorlik subyektlarining faoliyat koʻrsatkichlari, tushumi va ish oʻrinlari soni hamda faoliyati kengayganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Belgilansinki, mazkur Farmonda nazarda tutilgan moliyalashtirish mexanizmlari qonunchilikda nazarda tutilgan davlat tomonidan moliyalashtirish dasturlarining umumiy nizom va tartiblarida oʻzgacha qoidalar va cheklovlar belgilangan holatlarda ham toʻgʻridan-toʻgʻri va soʻzsiz qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Markaziy bank va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari, Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov hamda davlat ulushi mavjud tijorat banklari boshqaruvi raislari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Farmon ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-193-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha hududiy shtablarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ASOSIY VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tuman (shahar) shtablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ular uchun hududiy maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash va resurslarning natijadorligini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuman (shahar) darajasida hal etib boʻlmaydigan hududlararo, infratuzilmaviy, yer, muhandislik tarmoqlari va ruxsat berish bilan bogʻliq masalalarni joyida hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hokim yordamchilari faoliyatini qayta baholash va lavozimga tayinlash jarayonini tashkil etish, mahalla bankirlari faoliyati boʻyicha banklarga majburiy koʻrib chiqiladigan takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuman (shahar) shtablari qarorlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va qonuniylik hamda mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligi dasturlari doirasidagi resurslarni taqsimlash, umumiy shartlarini belgilash, shundan resurslarni naqd yoki naqdsiz berish masalasini hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Har oy yakuni boʻyicha ish oʻrinlari, aholi daromadi va kambagʻallikdan chiqarilgan oilalar natijalarini tanqidiy muhokama qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tuman (shahar) shtablariga belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilish holatini doimiy tahlil qilish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalarning natijadorligini baholash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoniga
1a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha tuman (shahar) shtablarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ASOSIY VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har bir ehtiyojmand oila va ishsiz fuqaro boʻyicha ishga joylashtirish, kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish yoki boshqa daromad manbasini yaratishga qaratilgan individual rejani (manzilli roʻyxatni) tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Subsidiya, foizsiz ssuda, kompensatsiya, kafolat va boshqa davlat koʻmagini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Lider tadbirkorlar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladigan loyihalar va ularga biriktiriladigan oilalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarining tashabbuskori va bevosita buyurtmachisini belgilash, ularning loyihalashtirilishi, qurilishi, sifat nazorati va foydalanishga topshirilishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Mahalla yettiligi”, hokim yordamchilari va mahalla bankirlarining ishini muvofiqlashtirish, har bir loyiha boʻyicha masʼul shaxsni belgilash va natijagacha kuzatib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shtabga ajratilgan resurslar hisobidan yil yakuniga qadar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻyicha aniq majburiyatlarni qabul qilish hamda ularning bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Samaradorligi past loyihalarni toʻxtatish yoki qayta koʻrib chiqishni taklif qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vakolatlari doirasida hal etish imkoni boʻlmagan tizimli masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni hududiy shtablarga kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaucher orqali taqdim etiladigan davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chorasining nomi

Vaucher taqdim etish tartibi

Masʼul idora

1.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bola taʼminoti uchun belgilangan toʻlovlarni qoplash.

a) vaucher “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlanadigan individual reja yoki bolaning qonuniy vakili tomonidan qilingan murojaat asosida shakllantiriladi;

b) vaucher asosida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bola taʼminoti uchun toʻlovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;

v) vaucherning amal qilish muddati oʻn ikki oy etib belgilanadi va oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda ham oilaga vaucher amal qiladigan muddat davomida undan foydalanish huquqi beriladi;

g) vaucher orqali maktabgacha taʼlim tashkilotiga u joylashgan hududda bola taʼminoti uchun belgilangan toʻlovga teng miqdorda mablagʻ ajratiladi;

d) bola taʼminoti uchun belgilangan toʻlovlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatgan tashkilotga qoplab beriladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi farzandlarini qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish hamda ularning yoʻlkira (borish-kelish) xarajatlarini qoplash.

a) vaucher “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlanadigan individual reja yoki bolaning qonuniy vakili tomonidan qilingan murojaat asosida shakllantiriladi;

b) bolalar vaucher asosida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar qoʻshimcha taʼlim xizmatini taklif etuvchi tashkilotga qabul qilinadi;

v) vaucherning amal qilish muddati oʻn ikki oy etib belgilanadi va oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda ham oʻquvchiga vaucher amal qiladigan muddat davomida undan foydalanish huquqi beriladi;

g) qoʻshimcha taʼlimga borish va kelish yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratiladi. Mablagʻ oʻquvchining qonuniy vakili nomiga ochilgan ijtimoiy karta orqali toʻlanadi;

d) oʻquvchini qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish xarajatlari maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatgan tashkilotga, oʻquvchining qoʻshimcha taʼlimga borish va kelish yoʻlkira xarajatlari oʻquvchining qonuniy vakiliga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

3.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlarining davlat oliy taʼlim tashkilotlaridagi talabalar turar joylaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan talabalar turar joylarida yashash va ijara asosida xususiy uy-joylarda yashovchi talabalarning ijara xarajatlarini qoplash.

a) vaucher “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlanadigan individual reja yoki bolaning qonuniy vakili tomonidan qilingan murojaat asosida shakllanadi;

b) vaucherning amal qilish muddati oʻn ikki oy etib belgilanadi, oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganda ham talabaga vaucher amal qiladigan muddat davomida undan foydalanish huquqi beriladi;

v) talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari talaba nomiga ochilgan ijtimoiy kartaga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 06/26/193/0925-son)