10.09.2026 yildagi PF-188-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.09.2026 yildagi PF-188-son
Date of entry into force
11.09.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FARMONI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasiga muvofiq Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatiga oid birinchi navbatdagi zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Toshkent xalqaro moliya markazining organlari va mansabdor shaxslari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent xalqaro moliya markazi (keyingi oʻrinlarda — Moliya markazi) boshqaruvchisi uchun davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining milliy darajadagi siyosiy guruhi uchun belgilangan mehnat shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar esa mehnat shartnomasida koʻrsatilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Moliya markazi boshqaruvchisining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Moliya markazi faoliyatini boshlashga tayyorlash uchun zarur boʻlgan birinchi navbatdagi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Moliya markazi maʼmuriyati va Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi nizomlari, ularning tashkiliy tuzilmasi va mansabdor shaxslari nomzodlari hamda Bosh sudya nomzodi yuzasidan takliflarni Moliya markazi kengashiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan zarur chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunida (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiyaviy Qonun) Moliya markazi boshqaruvchisi zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Toshkent xalqaro moliya markazi kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan Toshkent xalqaro moliya markazi qarorlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatining dastlabki bosqichida qabul qilinishi lozim boʻlgan markaz qarorlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliya markazi boshqaruvchisi ushbu Farmon rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida Moliya markazi kengashining birinchi majlisini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya markazi maʼmuriyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmonning 2-ilovasida belgilangan qarorlar 2026-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ushbu Farmonning 3-ilovasida belgilangan qarorlarning ishlab chiqilishi va Moliya markazi kengashiga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Moliya markazi organlarini davlat axborot tizimlariga ulash, shuningdek, ular tomonidan beriladigan elektron hujjatlarni axborot tizimlarida qabul qilish va tan olish tartibini belgilovchi idoraviy hujjatlarni qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Moliya markazi maʼmuriyati bilan birgalikda uch oy muddatda Moliya markazi organlari va ishtirokchilari xodimlari, investitsiyaviy soliq rezidentlari hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va undan chiqish, shuningdek, soddalashtirilgan migratsiya hisobini yuritish tartibini oʻrnatishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 10-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-188-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-188-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent xalqaro moliya markazi kengashi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiyaviy Qonun) 25-moddasining yettinchi qismiga muvofiq, Toshkent xalqaro moliya markazi kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) huquqiy maqomi, tarkibi, vakolatlari va funksiyalarini, uning aʼzolarini lavozimga tayinlash va ularning vakolatlarini tugatish tartibini, majlislar oʻtkazish va qarorlar qabul qilish qoidalarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkiliy, axborot, tahliliy va boshqa jihatdan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda qoʻllanilgan atamalar Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan maʼnolarda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Konstitutsiyaviy Qonunga, mazkur Nizomga va Toshkent xalqaro moliya markazining (keyingi oʻrinlarda — Moliya markazi) qarorlariga, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladigan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kengash va uning aʼzolari samaradorlik, shaffoflik, halollik, professionallik, huquqiy aniqlik, tartibga solishni oldindan koʻra bilish, sud mustaqilligi prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengashda ish yuritish ingliz tilida tashkil etiladi, Kengash majlislari zaruratga koʻra oʻzbek tiliga tarjima qilgan holda oʻtkaziladi. Kengash koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan hujjatlar, bayonnomalar, qarorlar, koʻrsatmalar va Kengashning boshqa hujjatlari ingliz tilida rasmiylashtiriladi. Zarur hollarda Kengash hujjatlarining davlat tili yoki boshqa tillardagi tarjimalari tayyorlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kengashning huquqiy maqomi va vazifasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash Moliya markazining oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Kengash doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ boʻlib, kamida besh nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengash Moliya markazining umumiy strategiyasi, yoʻnalishi va boshqaruvini belgilash hamda Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan Moliya markazining maqsadlari, vazifalari va prinsiplari amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda mustaqil faoliyat yuritadi. Davlat organi, mansabdor shaxs, Moliya markazining ishtirokchisi yoki boshqa shaxs Kengash faoliyatiga aralashishi mumkin emas, bundan Konstitutsiyaviy Qonunda bevosita nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash oʻz vakolatlarini Moliya markazining boshqa organlari mustaqilligi va lozim darajada faoliyat yuritishini taʼminlagan holda amalga oshiradi. Kengashning hech bir qarori, buyrugʻi, koʻrsatmasi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasining litsenziyalash, tartibga solish, nazorat, tekshiruv, huquqni qoʻllash va kundalik tartibga solish faoliyatidagi operatsion mustaqilligiga yoki Toshkent xalqaro tijorat sudining odil sudlovni amalga oshirishdagi sud mustaqilligiga zarar yetkazmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengash individual tartibda litsenziyalash, nazorat, huquqni qoʻllash, tekshiruv yoki sud masalalari boʻyicha qaror qabul qilmaydi, bundan Konstitutsiyaviy Qonun, mazkur Nizom yoki Moliya markazining qarori bilan Kengashga muayyan vakolat bevosita berilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Kengashning qarzlari, majburiyatlari, harakatlari yoki harakatsizligi uchun javobgar boʻlmaydi, Kengash esa Moliya markazining ishtirokchilari yoki boshqa har qanday shaxsning qarzlari, majburiyatlari, harakatlari yoki harakatsizligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan qoʻllaniladigan qonunchilikda javobgarlik bevosita nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kengashning funksiyalari va vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kengash Moliya markazini boshqarish, strategik rivojlantirish, institutsional jihatdan mustahkamlash, samarali faoliyat yuritishini va xalqaro maydondagi mavqeyini taʼminlash uchun zarur umumiy vakolatlarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kengash Moliya markazini rivojlantirishning umumiy yoʻnalishi va strategiyasini belgilaydi, oʻrta muddatli va yillik strategik rejalarni, asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini, ularni amalga oshirish “yoʻl xarita”larini hamda muayyan sektorlar, faoliyat turlari, xizmatlar, institutlar, huquqiy rejimlar yoki tartibga solish asoslarini ishga tushirish boʻyicha reja-jadvallarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kengash Moliya markazi va Moliya markazi organlarining yillik budjetlarini, jamlanma budjetlarini, auditorlik xulosalarini, yillik faoliyat hisobotlarini, auditdan oʻtkazilgan moliyaviy hisobotlarini va boshqa hisobotlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar tegishli vakolat Moliya markazining boshqa organiga bevosita berilmagan boʻlsa, Kengash tegishli masala yuzasidan Moliya markazining qarorlarini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kengash Moliya markazining huquqiy va institutsional asoslarini, shu jumladan, Moliya markazi qarorlarini ishlab chiqish va eʼlon qilish, jamoatchilik muhokamalari oʻtkazish, tartibga solish taʼsirini baholash toʻgʻrisidagi qarorlarni, Angliya va Uels huquqini qoʻllashga oid qarorlarni, Moliya markazi qarorlarining rasmiy reyestri, ish yurituv tiliga oid qoidalar, boshqaruv standartlari va umumiy institutsional muvofiqlashtirish masalalariga oid qarorlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kengash shaxslarni Moliya markazining ishtirokchilari deb eʼtirof etish, yuridik shaxslarni taʼsis etish, roʻyxatdan oʻtkazish va ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tartibga solinmaydigan va qoʻshimcha faoliyat turlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, Moliya markazi doirasida biznesni roʻyxatdan oʻtkazish va korporativ boshqaruvning umumiy asoslariga oid Moliya markazining qarorlarini Moliyaviy xizmatlar boshqarmasining tartibga solish vakolatlariga daxl qilmagan holda qabul qiladi, tasdiqlaydi yoki muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kengash Moliya markaziga boʻysunuvchi yoki u bilan bogʻliq tuzilmalar, institutlar, qoʻmitalar, komissiyalar, ishchi guruhlar, vakolatxonalar va boshqa organlarni tashkil etadi, ularning tashkiliy shakli, vakolatlari, funksiyalari, hisobdorligi hamda ularni qayta tashkil etish yoki faoliyatini tugatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kengash investorlarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Moliya markazini targʻib qilish va Moliya markazi organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Moliya markazining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida vakolatxonalarini tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kengash Moliya markazining boshqaruv asoslarini, Moliya markazi maʼmuriyati toʻgʻrisidagi nizom, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek, boshqa organlar yoki institutlarning ichki hujjatlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agar tegishli masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki boshqa organ vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, Kengash Moliya markazi organlarining yuqori lavozimli mansabdor shaxslarini lavozimga tayinlash, ularga haq toʻlash, lavozimidan ozod etish va hisobdorligi haqidagi qarorlarni tasdiqlashi mumkin. Lavozimga tayinlash yoki lavozimdan ozod etish boshqa organ vakolatiga kiritilgan hollarda, Kengash nomzodlar yuzasidan tavsiyalar berishi, fikr bildirishi yoki ular uchun kasbiy va mustaqillik mezonlarini belgilashi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Prezident Administratsiyasi Rahbari tomonidan lavozimga tayinlangan davlat fuqarolik xizmatchilari Kengash aʼzosi yoki Moliya markazi organi rahbari sifatida faoliyat yuritish huquqi ega hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kengash Moliya markazi boshqaruvchisining (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruvchi) asoslantirilgan tavsiyasiga koʻra Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi kengashi raisi va aʼzolarini tayinlash, qayta tayinlash, ularning faoliyat shartlarini belgilash, vakolatlarini toʻxtatib turish yoki tugatish boʻyicha qarorlarni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kengash Moliya markazida qoʻllaniladigan yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar, maʼmuriy sanksiyalar va boshqa toʻlovlarni tasdiqlaydi yoki ular vakolatli Moliya markazi organlari tomonidan tasdiqlanishini taʼminlaydi. Bunda Konstitutsiyaviy Qonunning 28-moddasiga muvofiq Moliyaviy xizmatlar boshqarmasining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash vakolatlariga daxl qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kengash Moliya markazining maxsus huquqiy rejimi doirasida berilgan soliq, bojxona, viza, mehnatga oid yoki boshqa imtiyozlarni kamaytirishi, cheklashi yoki ularga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan takliflarni koʻrib chiqadi hamda Kengash roziligi talab etilgan hollarda rozilik berishi yoki rozilik berishni rad etishi mumkin. Kengash Konstitutsiyaviy Qonunning 18-moddasiga muvofiq Moliya markazi maʼmuriyati tomonidan taqdim etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini davriy qayta koʻrib chiqish haqidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kengash Toshkent xalqaro tijorat sudining Bosh sudyasi lavozimiga tayinlash uchun nomzod yuzasidan taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi, Bosh sudya tomonidan kiritilgan taklif asosida Toshkent xalqaro tijorat sudi sudyalarining mehnatiga haq toʻlash va boshqa xizmat shartlarini qaror bilan belgilaydi, shuningdek, bunday vakolatlar Kengashga berilgan hollarda sud mustaqilligini saqlagan holda boshqa yuqori lavozimlarga nomzodlarni koʻrsatadi yoki tavsiya qiladi. Boshqaruvchi Kengashga koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif etish uchun Toshkent xalqaro tijorat sudining Bosh sudyasi lavozimiga nomzodlarni tavsiya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kengash Moliya markazini barqaror rivojlantirish, uning organlari va institutlarini moliyalashtirish, uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish, salohiyatni oshirish, xalqaro miqyosda targʻib qilish, raqamli transformatsiya va Moliya markazi maqsadlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun jamgʻarmalar, zaxiralar yoki boshqa moliyaviy mexanizmlarni tashkil etish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kengash Moliya markazi va Moliya markazi organlarining jamlanma yillik moliyaviy hisobotlarini auditdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasida va xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy malakaga ega boʻlgan bir yoki bir nechta mustaqil auditorni tayinlaydi, ularni jalb qilish shartlarini belgilaydi va ularning hisobotlarini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishgan holda Moliya markazi organlari faoliyati uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Kengash Moliya markazining yetakchi xalqaro moliya markazi sifatida eʼtirof etilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasining ilgʻor, samarali, shaffof va ishonchli xalqaro moliyaviy yurisdiksiya sifatida targʻib qilinishini ragʻbatlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kengash Moliya markazi organlariga institutsional muvofiqlashtirish, maʼmuriyatchilik, strategik va idoralararo hamkorlik masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi va siyosiy koʻrsatmalar berishi mumkin, bunda bunday koʻrsatmalar individual tartibga solish, nazorat, huquqni qoʻllash yoki sud qarorlarini qabul qilishga taʼsir qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kengash Moliya markazining maqsadlariga muvofiq boʻlgan hamda Konstitutsiyaviy Qonunga, mazkur Nizomga yoki qoʻllaniladigan qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kengash tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kengash Rais va Kengashning boshqa aʼzolaridan iborat boʻlib, aʼzolarning umumiy soni besh nafardan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga koʻra Kengash raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kengash aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Kengash aʼzolarining kamida uchdan biri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimida ilgari yoki hozirgi paytda hech qanday lavozimni egallamagan, xalqaro moliya, tijorat huquqi sohasidagi mutaxassislardan iborat boʻlishi kerak. Moliya markazi kengashining raisidan tashqari Moliya markazi kengashining aʼzolari qayta tayinlanish huquqi bilan besh yil muddatga tayinlanadi. Mazkur tartibda tayinlangan Moliya markazi kengashi aʼzosining vakolatlari besh yillik muddat tugaguniga qadar faqat asoslar mavjud boʻlganda Moliya markazi kengashi aʼzolari koʻpchiligining yozma qarori bilan tugatilishi mumkin, bunda ushbu qarorning sabablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yozma ravishda taqdim etiladi. Kengash aʼzoligiga nomzodlarni aniqlashda kasbiy obroʻ-eʼtibor, halollik, malaka hamda xalqaro moliya, kapital bozorlari, moliyaviy tartibga solish, bank ishi, sugʻurta, raqamli aktivlar, fintex, tijorat huquqi, nizolarni hal etish, korporativ boshqaruv, davlat boshqaruvi, infratuzilma, texnologiyalar yoki investitsiyalarni targʻib qilish sohasidagi tajriba inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kengash aʼzoligi shaxsan amalga oshiriladigan lavozim hisoblanadi. Kengash aʼzosi oʻz aʼzoligini, majlisda ishtirok etishini yoki ovoz berish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kengash raisi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Rais Kengashga umumiy rahbarlik qiladi, majlislarni chaqiradi va ularga raislik qiladi, kun tartibini tasdiqlaydi, oʻzi raislik qilgan majlislarning qarorlarini imzolaydi, Kengashning strategik yoʻnalishini taʼminlaydi hamda raisga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Kengash majlisida ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Rais Kengash majlisida ishtirok etmagan taqdirda, majlisga Boshqaruvchi raislik qiladi. Boshqaruvchi raislik qilganda Kengash raisining protsessual vakolatlarini amalga oshiradi, biroq ovozlar teng boʻlgan taqdirda hal qiluvchi ovozga ega boʻlmaydi va bunda masala qabul qilinmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Kengashga aʼzolikni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Kengash aʼzosini lavozimidan muddatidan oldin ozod etish uchun asoslar jumlasiga uning majburiyatlarni jiddiy buzishi, aʼzolikni davom ettirishga mos kelmaydigan xatti-harakatlar sodir etishi, qasddan huquqqa xilof harakat qilishi, qoʻpol ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻyishi, konfidensiallik yoki manfaatlar toʻqnashuviga oid talablarni jiddiy buzishi, jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik haqidagi hukmning qonuniy kuchga kirishi, mustaqil aʼzo uchun belgilangan mustaqillik maqomini yoʻqotishi, oʻz funksiyalarini uzoq muddat davomida bajara olmasligi yoki uning Moliya markazi manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritishiga jiddiy toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Kengash aʼzosining vakolatlari, agar aʼzo qayta tayinlanmagan boʻlsa, tayinlash muddati tugaganda, raisga yozma ravishda isteʼfo arizasi taqdim etilganda, asoslar boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimdan ozod etilganda, vafot etganda yoki qoʻllaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganda ham tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Boshqaruvchining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan lavozimidan ozod etilishi, agar farmonda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uning Kengash aʼzosi sifatidagi vakolatlari ham bir vaqtning oʻzida tugatilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Agar qolgan aʼzolar soni belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmasa, Kengashning ayrim aʼzolari vakolatlarining tugatilishi Kengash faoliyatini toʻxtatishga olib kelmaydi. Aʼzolar soni besh nafardan kamayganda, yangi aʼzolarni tayinlash choralari kechiktirilmasdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Aʼzolar soni besh nafardan kamaygan hollarda yangi aʼzolar tayinlangunga qadar Kengash muhim ahamiyatga ega Moliya markazi qarorlarini qabul qilmaydi, bundan Moliya markazi manfaatlari, ishchanlik obroʻsi, faoliyatining barqarorligi, bozor yaxlitligi yoki huquqiy aniqlikni taʼminlash uchun kechiktirib boʻlmaydigan qaror qabul qilish zarur boʻlgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Moliya markazining boshqaruvchisi — Bosh kotib
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Boshqaruvchi Kengashning Bosh kotibi sifatida faoliyat yuritadigan Kengash aʼzosi hisoblanadi. Boshqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Boshqaruvchi Kengash majlislarini tayyorlashni tashkil etadi, kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, ish hujjatlari oʻz vaqtida yuborilishini taʼminlaydi, rais qatnashmagan majlislarga raislik qiladi, Kengash qarorlari, buyruqlari va koʻrsatmalari ijrosini muvofiqlashtiradi hamda ijro boʻyicha Kengashga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Boshqaruvchi Moliya markazining strategiyasi, umumiy siyosatlari, rejalari, tashkiliy tuzilmasi loyihasi va ijro hisobotlarini Kengash tasdigʻiga kiritadi, bunday hujjatlar boshqa vakolatli organ tomonidan kiritiladigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Boshqaruvchi Moliya markazi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari bilan Moliya markazi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etishda ishtirok etadi. Boshqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqaridagi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, tartibga soluvchi organlar, moliya markazlari, investorlar, taraqqiyot institutlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda Moliya markazi nomidan vakillik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Boshqaruvchi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi ijrochi direktorini lavozimga tayinlash, qayta tayinlash, vakolatlarini toʻxtatib turish yoki lavozimdan ozod etish boʻyicha Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi kengashiga asoslantirilgan tavsiyalar kiritadi. Boshqaruvchi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi kengashi birinchi marta shakllangunga qadar yoki uning majlisi oʻtkazilgunga qadar Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi ijrochi direktorini 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga lavozimga tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Boshqaruvchi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosarlarini lavozimiga tayinlash, qayta tayinlash, vakolatlarini toʻxtatib turish yoki tugatish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Boshqaruvchi Moliya markazi maʼmuriyatining ijrochi direktorini lavozimga tayinlaydi, qayta tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Boshqaruvchi zarur hollarda Moliya markazi organlari bilan kelishgan holda, Moliya markazi manfaatlaridan kelib chiqib, Kengash tomonidan belgilangan vakolatlar doirasida uchinchi shaxslar bilan shartnomalar, bitimlar va oʻzaro anglashuv memorandumlarini tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Boshqaruvchi qoʻmitalar va ishchi guruhlar tuzish, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish, Moliya markazi organlari hamda tegishli davlat organlaridan axborot, muvofiqlashtirish va maʼmuriy koʻmak soʻrash, shuningdek, Kengashning tegishli qarorlari bilan oʻziga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Boshqaruvchi oʻz funksiyalarini bajarishi uchun zarur tashkiliy, maslahat va texnik koʻmakdan foydalanadi, bunday koʻmak Moliya markazi maʼmuriyati tomonidan, tegishli hollarda esa Moliya markazining boshqa organlari tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Kengash aʼzolarining huquqlari, majburiyatlari va odob-axloq qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Kengash aʼzosi majlislarda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etish, kun tartibiga masalalar kiritishni taklif qilish, koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan ish hujjatlarini olish, Moliya markazining organlaridan qoʻshimcha maʼlumot, tushuntirishlar va ekspert baholarini soʻrash, bayonnomada qayd etiladigan yoki unga ilova qilinadigan alohida fikr bildirish hamda mazkur Nizom va Moliya markazi qarorlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Kengash aʼzosi oʻz vazifalarini vijdonan, oqillik, kasbiy mahorat va masʼuliyat bilan bajarishi, faqat Moliya markazi manfaatlari va uning maqsadlariga erishishni koʻzlashi, Kengash ishida shaxsan (masofaviy) va muntazam ishtirok etishi, majlislarga puxta tayyorgarlik koʻrishi, Konstitutsiyaviy Qonun, ushbu Nizom, Moliya markazi qarorlari va qoʻllaniladigan odob-axloq kodeksi talablariga rioya qilishi, konfidensial axborotni saqlashi hamda Moliya markazining ishchanlik obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Kengash aʼzosi manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi shart. Aʼzo tegishli masala koʻrib chiqilishidan oldin Kengash koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masala boʻyicha oʻzining har qanday bevosita yoki bilvosita shaxsiy, moliyaviy yoki kasbiy manfaati mavjudligi haqida Kengashga maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlgan Kengash aʼzosi tegishli masalani muhokama qilishda va u boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmaydi. Biroq Kengash oshkor etilgan holatni koʻrib chiqib, manfaatlar toʻqnashuvini ahamiyatsiz deb topsa yoki u qarorning xolis qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatmaydi deb hisoblasa, bunday aʼzoning muhokama va ovoz berishda ishtirok etishiga ruxsat berishi mumkin. Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumot va Kengashning bu haqidagi qarori bayonnomada qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Kengash oʻz aʼzolari va qoʻmitalari aʼzolari, shuningdek, Moliya markazi organlari xodimlari uchun odob-axloq kodeksini, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi batafsil qoidalarni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Kengashning har bir aʼzosi konfidensial deb belgilangan yoki oʻz funksiyalarini bajarishi munosabati bilan unga oshkor etilgan yoxud u tomonidan olingan barcha axborotni sir saqlashi shart. Bunday axborot uchinchi shaxslarga, shu jumladan, davlat organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlariga oshkor etilmaydi, bundan oshkor qilish qoʻllaniladigan qonunchilik bilan ruxsat etilgan yoki talab qilingan, Toshkent xalqaro tijorat sudining qarori bilan belgilangan, maʼlumot tegishli boʻlgan shaxsning yozma roziligi mavjud boʻlgan yoki tasdiqlangan hamkorlik mexanizmlariga muvofiq vakolatli mahalliy yoki xorijiy organlar bilan hamkorlik qilish maqsadida amalga oshiriladigan hollar yoxud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, sanksiyalarga rioya etish, moliyaviy barqarorlik, soliq maʼmuriyatchiligi uchun, jinoyat ishlari boʻyicha tergov yoki boshqa ommaviy-huquqiy funksiyalarni amalga oshirish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Konfidensiallik majburiyati lavozim tugatilgandan keyin ham saqlanib qoladi. Konfidensiallikni har qanday buzish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Kengash aʼzolari oʻz majburiyatlarini bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda vijdonan sodir etilgan har qanday harakat yoki harakatsizlik uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi. Bunday daxlsizlik qasddan qilingan nojoʻya xatti-harakat yoki qoʻpol ehtiyotsizlikka nisbatan qoʻllanilmaydi, ushbu hollar Toshkent xalqaro tijorat sudi tomonidan Moliya markazining qarorlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Kengash majlislari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Kengash oʻz vakolatlarini majlislarda, mazkur Nizomda ruxsat etilgan hollarda esa yozma tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Kengash majlislari zaruratga koʻra, biroq yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi. Majlislar rais tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra, Bosh kotibning taklifiga koʻra, Kengash aʼzolarining kamida uchdan bir qismi yozma talabiga koʻra yoki Kengash vakolatiga kiradigan masala boʻyicha Moliya markazi organining asoslantirilgan talabiga koʻra chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Majlis haqidagi xabarnoma, kun tartibi loyihasi va ish hujjatlari bilan birga, qoida tariqasida, majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kalendar kun oldin aʼzolarga yuboriladi. Shoshilinch hollarda rais barcha aʼzolar xabardor qilinishi va ularga ishtirok etish uchun oqilona imkoniyat berilishi sharti bilan majlisni qisqaroq muddatda chaqirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Majlis kun tartibi majlis ochilishida Kengash aʼzolarining takliflarini inobatga olgan holda majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi. Yuborilgan kun tartibi loyihasiga kiritilmagan masalalar hozir boʻlgan aʼzolar koʻpchiligining roziligi bilan koʻrib chiqilishi mumkin, Moliya markazining muhim ahamiyatga ega qarorlari loyihalari bundan mustasno. Shoshilinch chora koʻrish zarurati boʻlgan hollardan tashqari muhim ahamiyatga ega qaror loyihalari boʻyicha materiallar oldindan yuborilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Kengash majlisida Kengash aʼzolari umumiy sonining koʻpchiligi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi. Aʼzoning uni eshitish, eshitilish va ovoz berish imkonini beradigan videokonferensaloqa yoki boshqa real vaqt rejimidagi aloqa orqali ishtirok etishi majlisda ishtirok etish deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Kengash qarorlari majlisda ishtirok etayotgan aʼzolar ovozlarining koʻpchiligi bilan qabul qilinadi. Har bir aʼzo bitta ovozga ega boʻladi. Agar Kengash yashirin ovoz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, ovoz berish jarayoni ochiq tarzda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Majlisda muhokama qilishni talab etmaydigan masalalar boʻyicha Kengash qarori yozma tartibda qabul qilinishi mumkin. Moliya markazining muhim ahamiyatga ega qarori yozma tartibda faqat masalaning shoshilinchligi bunday tartibni talab etgan hollarda yoki barcha aʼzolar yozma tartibda qabul qilinishiga rozi boʻlgan hollarda qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Yozma tartibda qaror loyihasi va unga tegishli materiallar ovoz berish muddati koʻrsatilgan holda barcha aʼzolarga yuboriladi, mazkur muddat, yetarlicha asoslantirilgan shoshilinch hollardan tashqari, besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Yozma tartibda qabul qilingan qaror, agar uni aʼzolar umumiy sonining uchdan ikki qismi qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Kengashning har bir majlisi boʻyicha bayonnoma yuritiladi. Bayonnomada majlis joyi, sanasi va shakli, hozir boʻlgan aʼzolar, taklif etilgan shaxslar, kun tartibi masalalari, muhokamaning asosiy jihatlari, qabul qilingan qarorlar, ovoz berish natijalari, alohida fikrlar va berilgan topshiriqlar qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Bayonnoma Bosh kotib yoki Kengash tomonidan belgilangan boshqa shaxs tomonidan, Kengash qarori esa rais yoki Bosh kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Kengash oʻz majlislariga Moliya markazi organlari, davlat organlari, tartibga soluvchi organlar, sudlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, investorlar, ekspertlar va muayyan masalani koʻrib chiqish uchun ishtiroki zarur yoki maqsadga muvofiq boʻlgan boshqa shaxslarni taklif qilishi mumkin. Taklif etilgan shaxslar konfidensiallik talablariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Kengash qabul qilgan qarorlar haqidagi axborot Moliya markaziga nisbatan qoʻllaniladigan eʼlon qilish majburiyati va shaffoflik talablariga muvofiq ommaga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Kengash qarorlari va hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Kengash qarorlar, koʻrsatmalar, buyruqlar, nizomlar, qoidalar, kodekslar, siyosatlar va boshqa majburiy hujjatlar shaklida Moliya markazining qarorlarini, shuningdek, normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarorlar, tavsiyalar va ichki tashkiliy hujjatlarni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Moliya markazining qarorlarini ishlab chiqish, vakolatli organlar bilan kelishish, roʻyxatdan oʻtkazish, kuchga kiritish, eʼlon qilish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi Moliya markazi maʼmuriyati tomonidan taklif etiladigan va Kengash tomonidan tasdiqlanadigan maxsus Moliya markazi qarorlari bilan belgilanadi, bundan Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi tomonidan oʻz maxsus vakolati doirasida chiqariladigan Moliya markazining qarorlari hamda Konstitutsiyaviy Qonunning 29-moddasiga muvofiq Toshkent xalqaro tijorat sudining Bosh sudyasi tomonidan chiqariladigan qoidalar, koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar mustasno boʻlib, ular Kengash tasdigʻisiz kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Moliya markazining muhim ahamiyatga ega qarori qabul qilinishidan oldin Kengash jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi, shuningdek, tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha hisobot tayyorlanishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi. Belgilangan tartibga muvofiq bunday muhokama yoki baholashni oʻtkazish talab etilmagan hollar, shuningdek, shoshilinchlik yoki oʻtish davri mexanizmlari tufayli boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Kengash tomonidan qabul qilingan Moliya markazining qarorlari rasmiy reyestrda ingliz tilida eʼlon qilinadi. Kengashning rasmiy reyestrda ingliz tilida eʼlon qilinmagan hujjati huquqiy kuchga va yuridik taʼsirga ega boʻlmaydi hamda Moliya markazining shaxslari uchun majburiy hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Kengash qarori, agar unda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy reyestrda eʼlon qilingan sanada kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Kengash tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar, buyruqlar va koʻrsatmalar ular yoʻnaltirilgan Moliya markazi organlari va Moliya markazining shaxslari uchun majburiydir. Kengash hujjatlari Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda Toshkent xalqaro tijorat sudi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Ishtirokchilarning maslahat qoʻmitasi va boshqa qoʻmitalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Kengash Moliya markazining ishtirokchilari, huquq va moliya sohasidagi mustaqil ekspertlar hamda Kengash munosib deb hisoblaydigan boshqa shaxslardan iborat Ishtirokchilarning maslahat qoʻmitasini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Ishtirokchilarning maslahat qoʻmitasi Moliya markazining muhim ahamiyatga ega qarorlarining loyihalari qabul qilinishidan oldin ular boʻyicha majburiy boʻlmagan maslahat-xulosalar beradi. Qoʻmitaning tarkibi, vakolat muddati, ish tartibi va uning faoliyatini taʼminlash tartibi Kengash qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Kengash Ishtirokchilarning maslahat qoʻmitasi tavsiyalarini lozim darajada koʻrib chiqadi. Kengash bunday tavsiyalardan jiddiy ravishda chetga chiqqan taqdirda, chetga chiqish sabablarini eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Kengash oʻz aʼzolari orasidan yoki tashqi ekspertlarni jalb qilgan holda doimiy yoki vaqtinchalik (ad hoc) qoʻmitalar, komissiyalar va ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Kengash oʻz qoʻmitalari, komissiyalari va ishchi guruhlarining tarkibi, vakolatlari, hisobdorlik va ish tartibini belgilaydi. Kengash tomonidan qoʻmitalarga muayyan vakolatlar bevosita berilmagan hollarda, ular maslahat beruvchi hamda masalalarni Kengash muhokamasiga tayyorlovchi tuzilmalar sifatida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Kengash oʻz qoʻmitalari, Ishtirokchilarning maslahat qoʻmitasi va Kengash tomonidan tashkil etilgan har qanday boʻysunuvchi tuzilmalar yoki institutlardan davriy hisobotlarni soʻrashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Moliya markazi organlari va davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Moliya markazining organlari Konstitutsiyaviy Qonunga, Moliya markazining qarorlariga hamda Kengashning muvofiqlashtiruvchi yoki siyosiy koʻrsatmalariga muvofiq oʻzaro hamkorlik qiladi, bunda bunday hamkorlik Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi yoki Toshkent xalqaro tijorat sudining funksional mustaqilligiga daxl qilmagan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Kengash Moliya markazining maqsadlariga erishish, shuningdek, Moliya markazi organlariga berilgan vakolatlar, vazifalar va funksiyalarni samarali amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi organlar, sudlar, davlat hokimiyati organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Kengash Moliya markazining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan hamkorlik, axborot almashish, tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, texnik yordam, maʼmuriy koʻmak, sudlar bilan hamkorlik va oʻzaro munosabatlarning boshqa shakllarini tartibga soluvchi asosiy qoidalarni belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Kengash oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborot, muvofiqlashtirish va maʼmuriy koʻmakni, konfidensiallik talablariga rioya etgan holda, tegishli organlardan soʻrashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Kengash Moliya markazi va uning organlarining xalqaro hamda idoralararo hamkorligiga oid umumiy ustuvor yoʻnalishlar, minimal talablar, kelishish va tasdiqlash tartiblari, shuningdek, hisobot berish talablarini belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Budjet, audit, hisobot va shaffoflik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Kengash Moliya markazi organlarining jamlanma yillik budjetini va jamlanma yillik moliyaviy hisobotlarini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va taqdim etadi, shuningdek, Moliya markazining yillik budjetlari, auditorlik xulosalari va faoliyat hisobotlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Kengash tasdiqlangan budjetlar ijrosini nazorat qiladi, budjet ijrosini, belgilangan tartibda resurslarni qayta taqsimlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi hamda moliyaviy resurslar samarali, shaffof va Moliya markazining maqsadlariga muvofiq yoʻnalishlarda foydalanilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Kengash mustaqil auditorlarni tayinlaydi, ularni jalb etish shartlarini belgilaydi, auditorlarning zarur hisob hujjatlari, maʼlumotlar va boshqa hujjatlardan foydalanishini taʼminlaydi, audit natijalarini koʻrib chiqadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼul shaxslarga tegishli topshiriqlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Kengash har bir moliyaviy yil tugaganidan keyin toʻrt oy ichida yillik shaffoflik hisobotlari va Moliya markazining jamlanma yillik moliyaviy hisoboti rasmiy reyestrda va tegishli rasmiy veb-saytlarda ingliz tilida bepul ommaviy foydalanish uchun eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bob. Kengash faoliyatini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Kengash faoliyatini tashkiliy, tahliliy, huquqiy, axborot, logistika, moliyaviy va hujjatlar bilan taʼminlash Konstitutsiyaviy Qonun, Moliya markazining qarorlari va Kengash qarorlariga muvofiq Moliya markazi maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Kengash aʼzolariga ular oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni qoplab beriladi. Kengash aʼzolariga ularga yuklatilgan vazifalarni bajarganligi uchun Boshqaruvchi va Kengash aʼzosi oʻrtasida tuziladigan kelishuvga muvofiq haq toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Moliya markazi maʼmuriyati tarkibida Kengash kotibiyati tashkil etilishi mumkin. Kotibiyat majlis hujjatlarini tayyorlaydi, yozuvlarni yuritadi, qarorlar ijrosini monitoring qiladi, hujjatlar aylanishini tashkil etadi, qoʻmitalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi hamda Kengash hujjatlarini eʼlon qilish va arxivlashni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Moliya markazining organlari, tegishli qarorlarda nazarda tutilgan hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlari, qoʻllaniladigan konfidensiallik majburiyatlariga rioya etgan holda, Kengashga oʻz vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur axborot, muvofiqlashtirish va maʼmuriy koʻmakni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Kengash hujjatlar bilan ishlash, arxivlar, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, ommaviy kommunikatsiyalar, rasmiy muhrlar va blanklardan foydalanish, qarorlarni eʼlon qilish, axborotdan foydalanish va konfidensial axborotni himoya qilish boʻyicha ichki qoidalarni tasdiqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Mazkur Nizomning biror-bir qoidasi Konstitutsiyaviy Qonunga zid boʻlgan taqdirda, Konstitutsiyaviy Qonun qoidalari qoʻllaniladi. Bunda mazkur Nizom Konstitutsiyaviy Qonunga zid boʻlmagan qismida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-188-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan Toshkent xalqaro moliya markazi qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Birgalikda qabul qilinadigan qarorlar

Asosiy mazmuni

Oʻzbekiston Respublikasining masʼul davlat organlari

Konstitutsiyaviy Qonunning tegishli moddasi

1.

Faoliyatni Moliya markazi hududiga taalluqli deb eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi qaror

Faoliyatning Moliya markazi hududiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlariga taalluqliligini aniqlash mezonlari va tartib-taomillari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

5-modda

2.

Oʻzbekiston soliq rezidentlariga moliyaviy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida, biroq Moliya markazi hududidan tashqarida joylashgan shaxslarga moliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartlarini belgilovchi tartib.

Markaziy bank,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

5-modda

3.

Moliya markazi va Markaziy bankning hisobot, axborot almashish va valyuta nazorati toʻgʻrisidagi qarori

Soddalashtirilgan hisobot, axborot almashish va nazorat mexanizmlari; valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobot; Moliya markazi organlari va Markaziy bank oʻrtasida axborot almashish; kapitalni erkin repatriatsiya qilish va valyutani erkin konvertatsiya qilish prinsiplari.

Markaziy bank

17-modda

4.

Moliya markazining investitsiyaviy soliq rezidentligi dasturi toʻgʻrisidagi qaror

Dastur qoidalari, investitsiyalarning malakali shakllari, hajmlari va vositalari, eʼtirof etish mezonlari va ishtirok etish tartib-taomillari; halollikka oid maʼlumotlarni oshkor etish va soliq rezidentligiga oid tartiblar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

13 va 18-moddalar

5.

Moliya markazining soliq imtiyozlari, malakali ishtirokchi talablari va daromadlarni alohida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori

Soliq imtiyozlari shartlari, Moliya markazining malakali ishtirokchilariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar, iqtisodiy mohiyat va unga bogʻliq shartlar; soliqdan ozod qilingan daromadlar, soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarni alohida hisobga olish; listingdagi qimmatli qogʻozlar va soliq rezidentligiga oid shartlar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

18-modda

6.

Moliya markazida soliq tizimi va maʼmuriyatchiligi toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazida soliq tizimi va soliq maʼmuriyatchiligi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

18-modda

19-modda

7.

Moliya markazida bojxona maʼmuriyatchiligi toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazida foydalaniladigan yoki isteʼmol qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona maʼmuriyatchiligi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi

18-modda

8.

Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish, axborot almashishi va migratsiya hisoboti tartibi toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi ishtirokchilari va organlariga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish, malaka talablari, kvotalar va axborot almashish tartibi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Adliya vazirligi

21-modda

9.

Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi organlariga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat qilish tartib-taomillari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi

22-modda

10.

Konsolidatsiyalashgan nazorat va prudensial choralar boʻyicha hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi ishtirokchisining Moliya markazi hududida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlarida tartibga solinadigan tashkilotlari yoki filiallari mavjud boʻlgan hollarda Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi va Markaziy bank oʻrtasida konsolidatsiyalashgan nazorat, axborot almashish va prudensial choralar boʻyicha hamkorlik.

Markaziy bank

17 va 28-moddalar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-188-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatining dastlabki bosqichida qabul qilinishi lozim boʻlgan markaz qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Moliya markazi qarori

Asosiy mazmuni

1.

Angliya va Uels huquqini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazida Angliya va Uels umumiy huquqini, shu jumladan adolat huquqi qoidalari va prinsiplarini qoʻllash, shuningdek, Angliyaning muayyan qonun hujjatlari roʻyxati va Moliya markazining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar.

2.

Moliyaviy xizmatlar va bozorlar toʻgʻrisidagi qaror

Moliyaviy xizmatlar va bozorlarning asosiy huquqiy asoslari, shu jumladan avtorizatsiya, litsenziyalash, nazorat, tartibga solish vakolatlari, eʼtirof etilgan tashkilotlar, bozor infratuzilmasi, qimmatli qogʻozlarni taklif etish va listing, jamoaviy investitsiya fondlari, bozorda suiisteʼmol qilish, huquqni qoʻllash hamda moliyaviy xizmatlarga oid huquq va majburiyatlarni oʻtkazish.

3.

Kompaniyalar toʻgʻrisidagi qaror

Kompaniyalar va Moliya markazining boshqa ishtirokchilarini tashkil etish, taʼsis etish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, korporativ boshqaruvi, hisoblari, auditi, hujjatlarni taqdim etishi, korporativ maʼmuriyatchiligi va tugatilishi.

4.

Bankrotlik va restrukturizatsiya toʻgʻrisidagi qaror

Bankrotlik, toʻlovga qobiliyatsizlik, maʼmuriy boshqaruv, tashqi boshqaruv, restrukturizatsiya, kreditorlar bilan kelishuvlar, tugatish va likvidatsiya, toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha mutaxassislar hamda transchegaraviy toʻlovga qobiliyatsizlik.

5.

Koʻchmas mulk va ijara munosabatlari toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻchmas mulk va binolarga egalik qilish, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijara, ipoteka va koʻchmas mulk bilan bogʻliq boshqa bitimlar.

6.

Mehnat munosabatlari toʻgʻrisidagi qaror

Mehnat munosabatlari, mehnat shartnomalari, xodimlarning huquq va majburiyatlari, xodimlarni biriktirish, ish joyida himoya choralari, mehnat munosabatlarini tugatish, huquqiy himoya vositalari va tegishli mehnat standartlari.

7.

Maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qaror

Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va qayta ishlash, maʼlumotlar subyektlarining huquqlari, maʼlumotlar kontrolyorlari va qayta ishlovchilarning majburiyatlari, maʼlumotlarni xalqaro uzatish, nazorat, huquqni qoʻllash va konfidensiallik talablari.

8.

Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qaror

Jamoaviy investitsiya fondlarini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish, boshqarish, korporativ boshqaruv, aktivlarni saqlash, faoliyat yuritish va marketing, shu jumladan investorlarni himoya qilish hamda zarur hollarda fondlarni pasportlash tartiblari.

9.

Professional xizmatlar toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazida professional xizmatlarni tartibga solish, shu jumladan yuridik, buxgalteriya, audit, soliq, korporativ va boshqa professional xizmat koʻrsatuvchilar uchun tegishli malaka, xulq-atvor, boshqaruv va talablarga rioya etish shartlari.

10.

Bank faoliyatini tiklash va sanatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror

Tiklash va sanatsiya qilish, intervensiya, barqarorlashtirish va sanatsiya vakolatlari, himoya choralari, sanatsiyani moliyalashtirish hamda muammoli banklar va tegishli doiraga kiruvchi boshqa moliyaviy institutlarga nisbatan choralar koʻrish.

11.

Maʼmuriy masalalar toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazining tijorat qonunchiligi doirasida qoʻllaniladigan maʼmuriy tekshiruvlar, axborot toʻplash, huquqbuzarliklar, sanksiyalar, jarimalar, huquqni qoʻllash tartib-taomillari, protsessual adolat, kelishuvga erishish vakolatlari va boshqa maʼmuriy choralar.

12.

Benefitsiar mulkdorlik va nazorat toʻgʻrisidagi qaror

Benefitsiar mulkdorlar va nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiya qilish, tekshirish, hisobga olish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish, mulkdorlar va nazorat qiluvchi shaxslar reyestrlari, xabar berish, shaffoflik majburiyatlari va tegishli talablarga rioya etish.

13.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazida chakana tovarlar va xizmatlarni taqdim etishning minimal standartlari, shu jumladan halol muomala, narx belgilash va axborotni oshkor qilish, qaytarish va huquqiy himoya vositalari, shikoyatlar, taqiqlangan amaliyotlar va tartibga soluvchi organ tomonidan huquqni qoʻllash.

14.

Masʼuliyati cheklangan sherikliklar toʻgʻrisidagi qaror

Masʼuliyati cheklangan sherikliklarni tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish, huquqiy maqomi, aʼzolik, boshqaruv, korporativ maʼmuriyatchiligi, hisoblar, hujjatlarni taqdim etish, tugatish va likvidatsiya qilish.

15.

Korporativ nazoratni oʻzgartirish (Takeover) toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazining tegishli kompaniyalari ustidan nazoratni qoʻlga kiritish yoki bunday nazoratni birlashtirishga qaratilgan takliflar, qoʻshib yuborish (olish) va boshqa bitimlarni tartibga solish; axborotni oshkor qilish, teng munosabatda boʻlish hamda bunday bitimlar ustidan maxsus nazoratni amalga oshirish tartibi.

16.

Trastlar toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi huquqi bilan tartibga solinadigan yoki Moliya markazida boshqariladigan trastlarga oid maxsus qoidalar, shu jumladan ishonchli boshqaruvchilar, himoyachilar, saqlab qolingan vakolatlar, huquqni tanlash, huquqni qoʻllash hamda Angliya trast huquqi va adolat huquqi prinsiplari bilan oʻzaro munosabat.

17.

Moliyaviy hisoblar boʻyicha axborotni avtomatik almashish yagona standarti (CRS) toʻgʻrisidagi qaror

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Moliyaviy hisoblar boʻyicha axborotni avtomatik almashish yagona standartini (CRS) joriy etish, shu jumladan moliyaviy hisobvaraqlar boʻyicha lozim darajada tekshirish, identifikatsiya qilish, hisobot berish, hisob va hujjatlarni saqlash, talablarga rioya etish va axborot almashish talablari.

18.

Xorijiy hisobvaraqlar boʻyicha soliqqa rioya etish talablari (FATCA) toʻgʻrisidagi qaror

FATCA doirasida tegishli moliyaviy institutlar va hisobvaraqlarga nisbatan lozim darajada tekshirish, hisobot berish, hisob va hujjatlarni saqlash hamda talablarga rioya etish majburiyatlarini joriy etish.

19.

Tijorat litsenziyalari toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazida tijorat faoliyati va yuridik shaxslarni litsenziyalash va roʻyxatdan oʻtkazish, shu jumladan litsenziya toifalari, shartlar, muddatini uzaytirish, oʻzgartirish, amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish, nazorat qilinadigan faoliyat turlari va filiallarni roʻyxatdan oʻtkazish.

20.

Tijorat ruxsatnomalari toʻgʻrisidagi qaror

Vaqtinchalik va muayyan faoliyat turiga oid tijorat ruxsatnomalari, talablarga muvofiqlik, ariza berish va tasdiqlash tartib-taomillari, shartlar, amal qilish muddati, uzaytirish, toʻxtatib turish, bekor qilish va talablarga rioya etish.

21.

Sharhlash toʻgʻrisidagi qaror

Taʼriflar, talqin qilish qoidalari, umumiy prinsiplar, muddatlarni hisoblash, qonunchilikka havolalar, Moliya markazining quyi darajadagi qarorlarini qabul qilish vakolatlari hamda Moliya markazining huquqiy asoslariga umumiy tatbiq etiladigan boshqa qoidalar.

22.

Elektron bitimlar toʻgʻrisidagi qaror

Elektron imzolar, elektron shartnomalar, elektron yozuvlar va hujjatlar, elektron kommunikatsiyalar hamda texnologiyalarga asoslangan boshqa bitimlar va hujjatlarni taqdim etishning yuridik tan olinishi va ijro etilishi.

23.

Fondlar toʻgʻrisidagi qaror

Fondlarni tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish, boshqaruv, maʼmuriy yuritish, faoliyatni davom ettirish, migratsiya va tugatish, shu jumladan muassislar, kengashlar, vasiylar, benefitsiarlar hamda oilaviy boylikni boshqarish yoki vorislikni rejalashtirish tuzilmalari.

24.

Moliya markazida soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi hududida qoʻllaniladigan soliq va bojxona qoidalari, shu jumladan Moliya markazi organlari va ishtirokchilariga soliq solish, soliq maʼmuriyatchiligi, tovarlar va xizmatlarga nisbatan bojxona tartibi, imtiyozlar va preferensiyalar, hisobot berish va talablarga rioya etish majburiyatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli soliq va bojxona organlari bilan muvofiqlashtirish.

25.

Toshkent xalqaro tijorat sudi toʻgʻrisidagi qaror

Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish, uning tarkibi va yurisdiksiyasi; sud tizimi, sudyalarni tayinlash va intizomi; odil sudlovni amalga oshirish; fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar; sud xarajatlari va zararni qoplash; sud qarorlari va ajrimlari; sud qarorlari va qarzlarni ijro etish.

26.

Moliya markazi qarorlarini qabul qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qaror

Moliya markazi qarorlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish, kuchga kiritish, oʻzgartirish va bekor qilish; rasmiy reyestrni yuritish; jamoatchilik muhokamasi; tartibga solish taʼsirini baholash va qarorlar qabul qilish jarayoniga oid boshqa talablar.

Qoidalar

27.

Bozorlar va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qoidalar

Qimmatli qogʻozlar va moliyaviy vositalarni taklif etish, chiqarish, prospektlar, listing, savdoga qoʻyish va savdo qilish, shuningdek birja, kliring, hisob-kitob va boshqa bozor infratuzilmasi talablari.

28.

Bozor toʻgʻrisidagi qoidalar

Bozordagi xulq-atvorga oid talablar, shu jumladan bozorda suiisteʼmol qilish, insayderlik, manipulyatsiya, chalgʻituvchi xatti-harakatlar, axborotni oshkor qilish majburiyatlari hamda tartibli va shaffof bozorlar standartlari.

29.

Biznesni yuritish toʻgʻrisidagi qoidalar

Mijozlarni tasniflash, muvofiqlik va maqbullik, axborotni oshkor qilish, moliyaviy targʻibot, manfaatlar toʻqnashuvi, mijoz aktivlari, shikoyatlar, investorlarni himoya qilish va tartibga solinadigan firmalar uchun biznesni yuritishning boshqa standartlari.

30.

Virtual aktivlar va raqamli qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qoidalar

Moliyaviy xizmatlar doirasida virtual aktivlar va raqamli qimmatli qogʻozlarni tartibga solish, shu jumladan taʼriflar, ularni chiqarish, saqlash, savdo, birja faoliyati, brokerlik, bozor infratuzilmasi, tegishli derivativlar va texnologik xatarlar.

31.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish va sanksiyalar toʻgʻrisidagi qoidalar

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda sanksiyalarga rioya qilish, shu jumladan mijozlarni lozim darajada tekshirish, benefitsiar mulkdorlikni tekshirish, mablagʻlar va boylik manbaini nazorat qilish, operatsiyalarni monitoring qilish, shubhali faoliyat toʻgʻrisida xabar berish va hisoblarni saqlash.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Mazkur jadvalda keltirilgan qarorlar Moliya markazi faoliyatini dastlabki bosqichda yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan Moliya markazi qarorlari hisoblanadi hamda ular birlashtirilgan holda qabul qilinishi mumkin. Moliya markazi organlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa zarur Moliya markazi qarorlarini qabul qilish huquqiga ega.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2026-y., 06/26/188/0919-son)